Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Buxoroda an’anaviy qovun sayli

Buxoroda an’anaviy qovun sayli

Buxoroda Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlab “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida an’anaviy qovun sayli bo‘lib o‘tdi. 

Mustaqillik yillarida paxta yakkahokimligiga barham berilib, g‘allachilik, sabzavotchilik va bog‘dorchilik qatorida polizchilikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Buxoro tuprog‘i va tabiiy iqlim sharoitiga xos, ammo unut bo‘lib ketgan qovun navlarini tiklash, sohaga yangi ilmiy asoslangan texnologiyalarni joriy etish, ilg‘or dehqonlarni rag‘batlantirish barobarida ular tajribasini ommalashtirishda viloyat hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan qovun sayli alohida ahamiyatga ega. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ana shunday izlanishlar samarasida istiqlol yillarida 20 dan ziyod qovun navlari tiklanib, ko‘paytirildi. 

Viloyat markazidagi Abu Ali ibn Sino nomi bilan ataluvchi favvoralar xiyoboniga tutash so‘lim hududda o‘rnatilgan pavilyonlar bayram ruhiga mos bezatildi. Bu yerda Buxoro zaminida yetishtirilgan 60 ga yaqin navdagi tilyorar qovunlar namoyish etildi. Ular orasida amiri, bo‘rikalla, ola bo‘rikalla, gulobi, obinovvot, ko‘kcha, temirtirnoq, gulasal, qoraqand, do‘ppi, sherozi, shakarpalak kabilar ayniqsa ishtirokchilar e’tiborini tortdi. Saylda 200 dan ziyod fermer xo‘jaligi xaridorlarga 2 ming tonnadan ortiq mahsulot taklif etdi.  

– 2005-yilda 2 gektar maydonda polizchilik bilan shug‘ullanishni boshlaganmiz, – deydi Jondor tumanidagi “Elmurod Do‘stmurod Shahriyor” fermer xo‘jaligi rahbari Do‘stmurod Boymurodov. – Bugungi kunda 7 gektar yerda dehqonchilik qilamiz. Sidqidildan qilingan mehnat, yaxshi parvarish o‘z natijasini berayotir. 8 xil nav qovundan har yili 100 tonnadan oshirib hosil olamiz. Daromadimiz ham shunga yarasha, yildan-yil oshib borayotir. Kelgusida yetishtirilgan qovunning bir qismini qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymoqchimiz.  

Qovun sayliga ko‘plab xorijlik sayyohlar ham tashrif buyurdi.   

2 (8).jpg

– O‘zbek qovunlari, ayniqsa, Buxoro zaminida yetishtirilgan qovunlarning mazasi haqida ko‘p eshitganman, – deydi Rossiyadan kelgan mehmon L.Bondarenko. – Bu yurtga safarim qovun sayli kunlariga to‘g‘ri kelganidan juda xursandman. Qovun ta’riflaganlaridan ham shirin ekan, asal deysiz-a, asal! Kelgusi yili ham xuddi shu kunlarga mehnat ta’tili olaman va albatta oilam bilan Buxoroga kelaman. 

Qovun saylida asal savdosi ham tashkil etildi. 

O‘ziga xos tanlov maqomidagi saylda ishtirok etgan fermer xo‘jaliklari va tumanlar o‘rtasida g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

UzA

eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
7
8
9
10
11
12
13
21
22
23
24
25
26
27
 
Avgust 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1840531
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.