Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Xo‘ja ilg‘orda Amir Temur tavalludining 682 yilligi ilk bor keng miqyosda nishonlandi

Xo‘ja ilg‘orda Amir Temur tavalludining 682 yilligi ilk bor keng miqyosda nishonlandi

Bu yil buyuk davlat arbobi Amir Temur tavalludining 682 yilligi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda yangi bosqichda, xalqchil ruhda amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohang nishonlanmoqda. 

...9 aprel tongi Amir Temur tavallud topgan qadimiy qishloq – Xo‘ja ilg‘orda har qachongidan-da fayzli, shukuhli bo‘ldi. Bir kun oldin shivalab yoqqan mayin yomg‘ir bu muqaddas zaminga qut-baraka indirgandan so‘ng, ertasiga quyosh charaqlab, qishloq ahli va mehmonlarga quvonch nurlarini ulashdi. 

Qishloqdagi 7 gektar hududda tashkil etilayotgan Amir Temur bog‘i viloyatning tuman va qishloqlaridan, yurtimizning barcha hududlaridan kelgan yurtdoshlarimiz, xorijlik sayyohlarni o‘z bag‘riga chorladi. Eng fayzli va tarixiy go‘sha – buyuk Sohibqiron tug‘ilishi bilan bog‘liq qadimiy quduqqa tutash maydonda joylashgan bog‘da O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi hamkorligida Xalqaro press-klubning “Xo‘ja ilg‘or qayta kashf qilingan tarix – yangi sayyohlik yo‘nalishi” mavzuida sayyor sessiyasi tashkil etildi. 

Tadbirda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro‘ziyev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tariximizni tiklash, buyuk ajdodlarimiz merosini keng targ‘ib qilish, ular bilan yoshlarimizni yaqindan tanishtirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Amir Temur va temuriylar dunyo sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo‘shgan, shu bois, biz ular bilan hamisha faxrlanishimiz, buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lishimiz lozim. 

Xalq sayli bilan uyg‘unlikda o‘tgan tadbirning sahna bezaklari barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi. Milliy hunarmandlik namunalari, xalq o‘yinlari namoyishi, etnografik chiqishlar, Amir Temur davrini eslatuvchi uyg‘un kompozitsiya, o‘tovlar, ayniqsa, xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

5.JPG

 – Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Amir Temur shaxsiga hurmat, Sohibqiron bobomiz va temuriylar davrini qaytadan kashf qilish, Amir Temur davrining nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo xalqlari davlatchiligida tutgan o‘rnining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Xalqaro press-klub raisi Sh.Qudratxo‘jayev. – Biz davlatimiz rahbarining bu g‘oyat muhim ahamiyatli tashabbusi va sa’y-harakatlaridan ilhomlangan holda, Xo‘ja ilg‘or qishlog‘ida sayyor press-klub sessiyasi o‘tkazmoqdamiz. Maqsadimiz siyosiy tahlikali, xalq mo‘g‘ullar istilosidan zulm chekayotgan bir davrda dunyoga kelgan va ozodlik uchun kurashib, buyuk davlatga asos solgan bobomiz siymosini qayta kashf qilish, Xo‘ja ilg‘orda yangi sayyohlik manzilini yaratishdir. 

Tadbir “O‘zbekiston-24” telekanali orqali namoyish etib borildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirda 20 mingdan ziyod aholi ishtirok etdi. Ishtirokchilar Amir Temur sipohlari, o‘sha davr tutumi, askarlar uchun pishirilgan maxsus taomlardan tatib ko‘rdi. Milliy urf-odatlar, polvonlar bellashuvi bilan tanishdi. 

Rivoyatlarga ko‘ra, Amir Temur yoshligida ko‘tarib o‘ynagan “Polvon tosh”ni ko‘targan zamonamiz polvonlari ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu bugun ham yurtimizda bobomizga munosib polvonlar yetishib chiqayotganining amaliy ifodasidir. 

– O‘zbekistonda uchinchi marta bo‘lishim, – deydi shveytsariyalik sayyoh Ernest Fogal. – Bu galgi tashrifim nihoyatda qiziqarli bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im bilan birga keldik. Qarangki, buyuk Amir Temur tavallud kunida u tug‘ilib o‘sgan qishloqda turibmiz. Qashqadaryoliklarning mehmondo‘stligi, taomlari ko‘nglimizni yayratdi. Bir olam taassurotlar oldik. Yurtimizga borgach, bu haqda tanishlarimizga hikoya qilib beramiz. 

Amir Temur hazratlarining bolalik va balog‘at yoshidagi hayoti, vatanini bosqinchilar zulmidan ozod qilish yo‘lidagi shonli yurishlari, davlatchilik asoslari, mamlakat boshqaruvidagi eng muhim falsafiy jihatlar aks etgan teatrlashtirilgan sahnalar namoyish etildi. 

Tadbir doirasida Qashqadaryo viloyati hokimligi va Xalqaro press-klub homiyligida Kitob tumanidagi Varganza qishloq kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi. 

Taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. 

UzA

eStat 2.0.1.1
(19.04.2018)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
 
Aprel 2018
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1830316
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.