Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Toshkent Janubiy vokzalidan poyezdlar qatnay boshladi

Toshkent Janubiy vokzalidan poyezdlar qatnay boshladi

Joriy yil 4 aprel kuni Toshkent Janubiy vokzalidan ilk yo‘lovchi poyezdlar qatnovi boshlandi. Shu kuni barcha shaharlararo mahalliy yo‘lovchi poyezdlari, jumladan, Toshkent – Buxoro poyezdi ilk qatnovni qayta rekonstruksiya qilingan vokzaldan amalga oshirdi. 

Shu munosabat bilan jurnalistlar uchun tashkil etilgan media-turda mamlakatimiz rivoji, xalqimiz farovonligi yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, asosiy maqsad aholi manfaatlari uchun xizmat qilish ekani ta’kidlandi. 

Mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy qon tomiri – temir yo‘l transporti hisoblanadi. Bu soha eng ilg‘or tajribalar uyg‘unligida jadal rivojlanmoqda. Bugun mamlakatimiz temir yo‘l sohasi mintaqada o‘z nufuziga ega. Xususan, transmintaqaviy transport koridori sifatida munosib o‘rin egallagan. Tubdan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan Toshkent Janubiy vokzali fikrimiz dalilidir.

8.JPG

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Janubiy vokzal zamonaviy arxitektura talablari asosida tubdan rekonstruksiya qilindi. 

Bunyodkorlik jarayonida 500 nafar quruvchi va 30 dan ziyod texnika ishladi. Poytaxtimizda barpo etilgan ushbu eng ko‘rkam va zamonaviy vokzalning umumiy maydoni 9,2 gektar bo‘lib, 650 metrlik 3 ta perronga ega. Vokzal hududida diametri 14 metrlik ikkita zamonaviy favvora issiq kunlarda havo mo‘tadilligini ta’minlashga xizmat qiladi. 

9.JPG

E’tiborli jihati shundaki, yo‘lovchilarning yo‘l hujjati, pasporti, yuki faqatgina bir marta – vokzal hududiga kirish joyida nazoratdan o‘tkaziladi. Bu yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik, albatta. Hududda bepul aravachalardan foydalanish mumkin. Nogironlar uchun maxsus aravachalar tashkil qilingan. Binoda kutish, VIP zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, mehmonxona, dam olish xonalari, bufet, ko‘chma savdo nuqtalari, gazeta va jurnallar, WiFi internet, planshet xizmati, elektron kutubxona, shirinliklar va milliy sovg‘alar sotish shoxobchasi, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish manbai, elektron ma’lumotlar markazi va tablosi, sayyohlar zali va zamonaviy lift mavjud. 

Qayd etish kerakki, vokzalda sayyohlar uchun maxsus zal barpo etilgan. Bu yo‘lovchilar va yurtimizga kelgan xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududda 170 kuzatuv kamerasi ishlamoqda. Yong‘in xavfsizligi uchun maxsus chiqish yo‘laklari tashkil etilgan. 

10.JPG

Kutish zali ko‘rgazma va televizon axborot vositalari bilan jihozlangan. Bu yerda havo harorati mo‘tadilligini ta’minlovchi maxsus uskunalar muntazam ishlab turibdi. Yo‘lovchilarning vaqtini tejash maqsadida vokzal hududida 12 chiptaxona xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Chiptalarni elektron buyurtirish imkoni mavjud. 

Vokzal kuniga 11 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. 

12.JPG

– Oilamiz bilan Toshkentga sayohat qilish uchun kelgan edik. Bir yil ichida poytaxtimizda katta o‘zgarishlar ro‘y beribdi, – deydi buxorolik Flyura Orziyeva. – Bugun tarixiy kun ishtirokchisi bo‘lib turibmiz. Yangi vokzaldan ilk yo‘lovchi sifatida Buxoroga ketayapmiz. Hammasidan xursandmiz. Vokzal xodimlari xushmuomala, barcha sharoitlar muhayyo ekan. Nasib qilsa, endi tez-tez poyezdda Toshkentga kelib turamiz.

6.JPG

Toshkent Janubiy vokzalida yo‘lovchilar uchun eng zamonaviy va qulay sharoit yaratilgan. 

UzA

eStat 2.0.1.1
(19.04.2018)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
 
Aprel 2018
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1829797
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.