Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Tashqi ishlar vazirligining O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan Tojikiston Respublikasi hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risidagi bitimning qo‘llanishi yuzasidan izohi

2018-yilning 9-10-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga tashrifi doirasida fuqarolarning o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi. Unga ko‘ra ikki davlat fuqarolari 30 kungacha vizasiz o‘zaro safar qilishlari mumkin. 

Ommaviy axborot vositalarida ushbu Bitimning amal qilishi boshlangani to‘g‘risida ma’lumot tarqalgani va davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarida fuqarolar uchun noqulayliklar paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu Bitimning qo‘llanishi uchun tomonlarning ichki tartib-qoidalari (tasdiqlash / ratifikatsiya qilish) yakunlanishi kerakligini ma’lum qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston tomoni bilan birgalikda tegishli tartiblarni tezda joriy etish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. 

Shartnoma kuchga kirish sanasi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi. 

UzA
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.