Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Shavkat Mirziyoyev: Ertangi kunini o‘ylagan, raqobatbardosh bo‘laman degan davlat ilm bilan hamnafas yashaydi

 

Shavkat Mirziyoyev: Ertangi kunini o‘ylagan, raqobatbardosh bo‘laman degan davlat ilm bilan hamnafas yashaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademik Sobir Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurdi. 

Davlatimiz rahbari dastlab mazkur institutning asosiy yo‘nalishlari, ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishdi. 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida tabiiy birikmalar kimyosi, biologiyasi va texnologiyasi sohasida katta ilmiy maktab shakllangan. Bugungi kunda ushbu muassasada 159 ilmiy xodim tabiiy birikmalar kimyosini o‘rganish, ular asosida tibbiyot va qishloq xo‘jaligi sohalari uchun dori vositalari hamda kimyoviy preparatlar yaratish borasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib bormoqda.  

Istiqlol yillarida bu yerda 500 dan ortiq o‘simlik turlari kimyoviy tarkibi o‘rganilib, ulardan 1 ming 200 dan ziyod modda ajratib olingan. 246 yangi alkaloid, 100 dan ortiq fenol birikmalari, 50 dan ziyod terpenoid birikmalarning kimyoviy tuzilishi isbotlangan. 5 mingdan ortiq geterosiklik birikma sintez qilinib, ularning faolligi o‘rganilgan. 

Institut qoshidagi tajriba ishlab chiqarish korxonasida 20 ga yaqin dori vositasi substansiyalari ishlab chiqarilmoqda, yiliga 100 tonna o‘simlik xomashyosi qayta ishlanmoqda.  2017 yilda Rossiya Federatsiyasi, Fransiya, AQSh kabi davlatlarga 2,5 million dollardan ortiq miqdordagi biologik aktiv substansiya va bioreaktivlar eksport qilingan. Bundan tashqari, mamlakatimiz farmatsevtika korxonalariga biologik substansiyalar yetkazib berilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev mazkur dargoh o‘zining ilmiy salohiyati bilan nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinlarda turishi, bu yerda yaratilayotgan yangiliklar farmatsevtika sanoatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi. 

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 16 sentabrdagi “2016-2020 yillarda respublika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarorida farmatsevtika sohasini rivojlantirish, xorijdan keltiriladigan dori vositalarini mahalliy xomashyodan ajratib olish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni chuqur qayta ishlash asosida yangi dori vositalarini yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgan edi. Shunga muvofiq O‘simlik moddalari kimyosi institutida xalqaro talablarga javob beruvchi GMP zavodi barpo etilmoqda. 

Buning natijasida yiliga 500 tonnadan ziyod o‘simlik xomashyosini chuqur qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. Joriy yildan 30 dan ortiq tabiiy toza, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.  
         Davlatimiz rahbari mazkur korxona bilan tanishdi, olimlar tomonidan tayyorlangan biologik aktiv substansiyalarini ko‘zdan kechirdi. 

 – Dori substansiyalari farmatsevtika sanoatining asosiy omilidir. Buning uchun o‘simliklarni chuqur qayta ishlash, jahon ilmiy yutuqlarini o‘rgangan holda bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan preparatlarni yaratish, mahalliylashtirish darajasini oshirish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezidentimiz institut faollar zalida oliy ta’lim va O‘zFA ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan muloqot qildi. Unda mamlakatimizda olimlar, akademiklar bilan muntazam uchrashib turish an’anaga aylangani, Harakatlar strategiyasi asosida ilm-fanni rivojlantirishga qaratilayotgan katta e’tibor bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda sohani rivojlantirishda muhim omil ekani qayd etildi. 

– Hamma sohaning kelajagi sizlarga, ilm-fanga bog‘liq. Bundan keyin mamlakatimizga kelayotgan har bir xorijiy investitsiyaning muayyan foizi ilm-fanni rivojlantirishga va ilmiy kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladi. Ilm-fan rivojlansagina ertangi kunimiz haqida tasavvur qila olamiz, – dedi davlatimiz rahbari.  

Uchrashuvda so‘zga chiqqan olimlar Prezidentimizning kuni kecha qabul qilingan “Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ularga katta xursandchilik, moddiy va ma’naviy rag‘bat berganini,bundan buyon bor bilim, kuch-g‘ayrat va shijoatini ilm-fan rivojiga qaratishlarini alohida qayd etdilar. 

06d1686c-05d2-ce0e-b792-4b514edfe75c.jpg

UzA

eStat 2.0.1.1
(19.04.2018)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
 
Aprel 2018
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1830306
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.