Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Prezidentimiz Yashnobod tumanidagi zamonaviy harbiylar shaharchasi qurilishi bilan tanishdi

 

Prezidentimiz Yashnobod  tumanidagi zamonaviy harbiylar shaharchasi  qurilishi bilan tanishdi

Mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.  

Poytaxtimizning Yashnobod tumani «Olmos»  mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli yangi uylar ham o‘nlab harbiy xizmatchilar oilasiga olam-olam quvonch olib kelishi shubhasiz. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu yerda 48 ta besh qavatli uy bunyod etilmoqda.  

Loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda 540 xonadonga mo‘ljallangan 2,3, 4 xonali 18 ta 5 qavatli uy qurilmoqda. 

Buyurtmachi – “Qishloq qurilish invest” IK, loyihalashtirish ishlari – bosh loyihachi “Qishloq qurilish loyixa” instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilish-montaj ishlari  12 ta pudrat tashkiloti tomonidan tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida amalga oshirilmoqda. 

Bunyodkorlik ishlariga 30 dan ortiq texnika, mashina va mexanizmlar hamda 2000 nafarga yaqin malakali muhandis va ishchi xodim jalb qilingan. Bugungi kunga qadar 18 ta uyda g‘isht terish ishlari tugatilib, santexnika, pardozlash ishlari  amalga oshirilmoqda. 

Davlatimiz rahbari hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, uylarda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi. 

– Sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilayotgan harbiy xizmatchilarimiz turmush sharoitini yaxshilash borasidagi islohotlar bundan keyin ham izchil davom ettiriladi, dedi Prezidentimiz. – Ularning farzandlari ta’lim-tarbiyasi va ijtimoiy himoyasi doimiy e’tiborimizda bo‘ladi. 

Ikkinchi bosqich doirasidagi 900 xonadonga mo‘ljallangan 30 ta 5 qavatli uy qurilishi ham qizg‘in davom etmoqda. Buyurtmachi – “O‘zshahar qurilish invest” IK, bosh loyihachi – “Qishloq qurilish loyiha” instituti. 

Barcha sharoitga ega zamonaviy harbiy shaharcha bo‘ladigan ushbu mavzeda bolalar bog‘chasi, maktab, poliklinika va boshqa ijtimoiy obyektlar ham barpo etiladi. Ushbu uylar Vatan himoyachilariga imtiyozli kredit asosida beriladi. 

Shavkat Mirziyoyev uylarni o‘z vaqtida va sifatli qilib yakunlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shu yerda huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari bilan muloqot qildi. 

e8003644-67e3-7d4c-abe2-b2f1f1433de3.jpg

20-.jpg

21-.jpg

UzA

eStat 2.0.1.1
(19.04.2018)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
 
Aprel 2018
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1830330
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.