Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Davlatimiz rahbari muloqot avvalida Rossiya Federatsiyasi Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, Rossiya rahbarining mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishdagi o‘rni va ulkan shaxsiy hissasini alohida ta’kidladi. 

Joriy yil aprel oyida Rossiyaga amalga oshirilgan samarali davlat tashrifi va bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar o‘zaro munosabatlarni mustahkamlab, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

O‘zaro aloqalarning sezilari jadallashgani kuzatilmoqda: keyingi oylarda Rossiya hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraisi I.Shuvalov, Xavfsizlik kengashi kotibi N.Patrushev, qishloq xo‘jaligi vaziri A.Tkachev, sanoat va savdo vaziri D.Manturov, Tatariston rahbari R.Minnixonov va boshqalar tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldilar. Oliy va yuqori darajadagi yana qator tashriflarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

O‘zaro savdo hajmi jadal ortib bormoqda – yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 3 milliard dollardan oshdi. 

Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida neft-gaz va neft-kimyo sohalari, metallurgiya, mashinasozlik, elektr texnikasi sanoati, farmatsevtika, agrosanoat, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. 

Ikki davlat hududlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik faollashdi. Madaniy-gumanitar almashinuv kengayib bormoqda. 

Yaqinda Moskva va Butun rus Patriarxi Kirillning O‘zbekistonga tashrifi ham xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga xizmat qilgani ta’kidlandi. 

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Muloqot so‘ngida davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentini yana bir bor samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq va ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Rossiya xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi. 

Rossiya rahbari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga samimiy tabrik uchun chuqur minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilishi qat’iy ekanini alohida ta’kidladi. 

UzA

eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 
Oktabr 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1828541
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.