Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




O‘zbekiston-Qozog‘iston: diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi

Toshkentda 2017-yil 31-oktabr kuni “O‘zbekiston-Qozog‘iston: diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi” mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro anjumanda vazirlik va idoralar, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, ikki mamlakat nufuzli tahliliy markazlari rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Mamlakatlarimiz o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari tobora mustahkamlanmoqda. Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning 2017-yil 16-17-sentabr kunlari mamlakatimizga tashrifi doirasida ikki mamlakat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilingan edi. Ushbu hujjatda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligini keng nishonlash ko‘zda tutilgandi. 

Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining yubiley yili tom ma’noda tarixiy bo‘ldi va ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochdi. Yuksak va yuqori darajalardagi o‘zaro tashriflar dinamikasi o‘sganligi, keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli hamkorlikning faollashgani ham shundan dalolat beradi. 

Joriy yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari bir necha bor uchrashib, o‘zaro hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish borasida kelishib oldilar. Bu uzoq muddatli strategik manfaatlar, ikki davlat oldida turgan vazifalarni hamkorlikda hal etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar yakdilligining yorqin tasdig‘i bo‘ldi. 

Anjumanning sho‘ba yig‘ilishlarida siyosat, iqtisod, transport sohalarida hamkorlikning istiqbollari, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarning davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi roli kabi masalalar ochiq va konstruktiv ruhda muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda. 

Uza

eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
30
31
 
Oktabr 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1827562
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.