Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Innovatsion faoliyat, ya’ni yaratuvchilik qo‘llab-quvvatlanadi, ishlanmalarni hayotga tatbiq etish tezlashadi

“Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”. 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yangilik yaratishga, innovatsiyani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu fikrlari qonunchilikda ham aks etmoqda. “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgani buning amaliy ifodasidir. 
O‘zA muxbiri mazkur qonun mohiyati va ahamiyati haqida to‘liq ma’lumot olish uchun Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i Xudoyor Meliyevga murojaat qildi. 
– Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Zero, innovatsiya – bu kelajak degani. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari tomonidan ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya va ishlanmalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi qo‘yilgan. 
Shundan kelib chiqib “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qo‘llab-quvvatlash shakllari o‘rin oldi. Unda innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishga oid qoidalar nazarda tutilmoqda. 
Innovatsiya - ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarning natijasida jamiyat ehtiyojlari va yoki boshqa ijobiy ta’sir uchun yaratilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat va boshqalar), ishlab chiqarish jarayoni, yangi marketing usuli, yangi ish o‘rinlari yoki tashqi aloqalar hisoblanadi. 
Loyihada innovatsion faoliyat bilan innovatsion faoliyatga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni yaratish nazarda tutilgan. Davlat byudjeti mablag‘larini sarflab yaratilgan intellektual mulk obyektlari va texnologiyalarga bo‘lgan huquqlarni uni yaratuvchilarga berish tartibga solinmoqda. 
Mazkur tartib istiqbolli ilmiy tadqiqotlarning aprobatsiyasi, joriy etish va sanoatda o‘zlashtirishni rag‘batlantirish mexanizmini takolmillashtiradi. Innovatsiya va innovatsion faoliyatni moliyalashtirish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan innovatsion va venchur fondlar jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi. 
Ushbu qonuning qabul qilinishi innovatsion faoliyat yuritish uchun huquqiy maydon yaratadi. Innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan ishlanmalarning hayotga tezroq tadbiq etiladi. 
Ayni paytda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokamaga qo‘yilgan qonun loyihasi jamoatchilik takliflari asosida yanada takomillashtiriladi. 

UzA

eStat 2.0.1.1
(03.01.2018)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
 
Fevral 2018
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1829867
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.