Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Andijonda 7-aprel – Jahon salomatlik kuniga bag‘ishlab salomatlik sayli bo‘lib o‘tmoqda

Viloyat hokimligi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Salomatlik sayli” viloyatning barcha tuman va shaharlari markazlarida o‘tkazilmoqda. 

“Salomatlik sayli”ning asosiy tadbirlari Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tmoqda. Unda viloyat tibbiyot tizimidagi barcha davolash-profilaktika muassasalari, Andijon davlat tibbiyot instituti, institut klinikasi mutaxassislari, xususiy tibbiy muassasalar vakillari, shuningdek, Germaniya va Hindiston davlatlaridan kelgan shifokorlar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda, targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borilmoqda. Yurtimizdagi farmatsevtika kompaniyalari o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda. Ular tomonidan sog‘lom turmush tarzi va dori-darmonlar targ‘ibotiga oid reklama prospektlari, bukletlar, shuningdek, bepul dori-darmonlar tarqatiladi. 

Tadbir doirasida yosh sportchilar, bolalar badiiy jamoalarining ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tmoqda. Farmatsevtika kompaniyalar mahsulotlari, umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar o‘quvchilari tomonidan sog‘lom turmush tarzini aks ettiruvchi rasmlar ko‘rgazmalari tashkil etildi. 

– Salomatlik haftaligi doirasidagi tibbiy ko‘riklarga tajribali shifokorlari, professorlar jalb etildi, – deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A. Mamadaliyev. – Shifokorlarimiz barcha yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha tadbirga tashrif buyurgan aholini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, zarur tavsiya va maslahatlar beradilar. 

Tadbirlarda 500 nafardan ziyod vrachlar, 1,5 ming nafarga yaqin o‘rta tibbiyot xodimlari ishtirok etmoqda. 

“Salomatlik sayli” doirasida «Hamshira – 2018» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi, shuningdek, turli ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimlari ham bo‘lib o‘tadi. 

UzA

eStat 2.0.1.1
(19.04.2018)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
 
Aprel 2018
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1830328
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.