Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




«Toshkent City» shahar ichidagi yangi shahar bo‘ladi

«Toshkent City» shahar ichidagi yangi shahar bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Toshkent Sity» xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida barpo etilayotgan zamonaviy inshootlar qurilishi bilan tanishdi. 

Davr shiddat bilan o‘zgarib, zamonaviy texnologiyalar hayotimizga tobora chuqur kirib kelayotgan hozirgi kunda shaharsozlikda innovatsion loyihalar, yangi qurilish usullari va yondashuvlar paydo bo‘lmoqda. Bunday yondashuvlar rivojlangan davlatlarda «Kelajak shahri» yoki “Yangi shahar” deb atalmoqda. 

Poytaxtimizning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etilayotgan «Toshkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazi shunday zamonaviy markazlardan bo‘ladi. Loyihaga muvofiq bu yerda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, Kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, ijtimoiy va boshqa obyektlar barpo etiladi. 

Bugungi kunda «Toshkent Sity» hududida Kongress-xol va zamonaviy mehmonxona qurilishi jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. 

Kongress-xol oliy darajadagi mehmonlar ishtirokida xalqaro anjumanlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi paytda xorijlik quruvchi-muhandislar tomonidan «Jet grout» texnologiyasi asosida qoziq qoqish va poydevor ishlari bajarilmoqda. Jami 4 ming 100 ta shunday qoziq qoqiladi va ularning umumiy uzunligi 50 kilometrga yetadi. 

Yigirma qavatdan iborat besh yulduzli mehmonxona eng zamonaviy qulayliklarni o‘zida mujassam etadi. Ushbu mehmonxonada ham nufuzli anjumanlar o‘tkazish uchun zallar, restoranlar, salonlar, basseynlar quriladi. Ikkala inshootdan bir-biriga maxsus ko‘prik orqali o‘tish mumkin bo‘ladi. 

Prezidentimiz loyihalar bilan tanishar ekan, mazkur inshootlarni eng zamonaviy texnologiyalar va me’morlik andozalari asosida barpo etish kerakligini ta’kidladi. 

– «Toshkent Sity» shahar ichidagi yangi shahar bo‘lishi kerak, bu shaharcha katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan O‘zbekistonimizning bor salohiyatini o‘zida to‘la namoyon etishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Qurilishni tezlashtirish, inshootlarni 2019 yil avgust oyida foydalanishga topshirish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi. 

UzA

eStat 2.0.1.1
(19.04.2018)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
 
Aprel 2018
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1830324
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.