Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ShARH

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori statistika sohasidagi davlat siyosatini tubdan takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ustuvor yo`nalishlarining bajarilishini axborot-tahliliy ta`minlashning zamonaviy samarali va shaffof tizimini yaratish maqsadida qabul qilingan.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistik axborotlarni yig`ish, to`plash, saqlash, qayta ishlash va e`lon qilishning yaxlit tizimi shakllantirildi. Har yili 800 dan ortiq statistika ishlari bajarilmoqda, 50 ta statistika kuzatuvlari o`tkazilayapti, statistikaning turli yo`nalishlari bo`yicha 15-17 ta tematik to`plamlar chiqarilib, 9 ta turdagi, jumladan statistika hisobotlarini faqat Internet orqali taqdim etish bo`yicha, interaktiv davlat xizmatlari ko`rsatilmoqda.

Shu bilan birga, Davlat statistika qo`mitasi faoliyatining tahlili shuni ko`rsatdiki, iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, dunyo va mintaqadagi integratsion jarayonlarning chuqurlashishi, O`zbekistonning xorijiy mamlakatlar va yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorligining kengayishi sharoitlarida, huqumatning, tadqiqot markazlari va ilmiy jamoatchilikning, biznes birlashmalari, xorijiy va milliy investorlarning sifatli statistika ma`lumotlari va tahliliy axborotlarga bo`lgan ehtiyojlari sezilarli darajada o`sib bormoqda.

Statistika organlarining amaldagi tashkiliy tuzilmasi axborotlarni samarali yig`ish va tarqatishning zamonaviy talablariga to`liq javob bermayapti. Natijada, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari bajarilishining borishi yuzasidan ishonchli statistik kuzatuvlarni o`tkazish imkoniyatlari yetarlicha darajada ishga solinmagan, respublikada o`tkazilayotgan islohotlar natijalari to`g`risida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish mexnizmidan foydalanilmayapti.

Statistik materaillar sifatini tubdan yaxshilash, shuningdek davlat statistika ishlarini bajarish samaradorligini oshirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2017-2021 yillarda statistika faoliyatining ustuvor yo`nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

Birinchidan, ma`lumotlarni yig`ish va qayta ishlashda foydalaniladigan usullar va uslubiyotlar, makroiqtisodiy, tarmoq va hududiy darajalarda o`rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni qamrab olish bo`yicha xalqaro standartlarga mos bo`lgan, statistik kuzatuvlarning zamonaviy tizimini yanada rivojlantirish;

Ikkinchidan, milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun statistik axborotlarning ochiq-oydinligi va oshkoraligini ta`minlash, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko`rsatkichlari
va materiallarini xalqaro statistik to`plamlarda chop etishni qo`shgan holda, xalqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish;

Uchinchidan, aholi turmush darajasidagi sifat o`zgarishlarini, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari hamda mamlakat hududlarining rivojlanishini, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish bo`yicha qabul qilingan dasturlarning, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishini yanada to`liq aks ettiradigan statistik axborotlarni tezkor va sifatli tayyorlash;

To`rtinchidan, statistik ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash, yetkazish, va tarqatishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, statistik ma`lumotlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini chuqurlashtirish;

Beshinchidan, statistika organlarining tahliliy imkoniyatlarini mustahkamlash, tarqatilayotgan statistik ma`lumotlarni majburiy tartibda tahliliy va ma`lumotnoma materiallar bilan qo`shib olib borish tizimini yaratish, ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun dokladlar, press-relizlar va maqolalarni chop etish;

Oltinchidan, davlat va idoraviy statistik kuzatuvlar tizimini maqbullashtirish, tanlanma statistik kuzatuvlar natijalarining ishonchliligi va sonini bosqichma-bosqich oshirish orqali, sifatli va dolzarb ma`lumotlarni tayyorlashda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining muvofiqlashtiruvchi o`rnini kuchaytirish;

Ettinchidan, mamlakatning ilmiy va ta`lim muassasalari hamda xorijiy statistika tashkilotlari bilan hamkorlikda, statistika sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha ishlarni tizimli asosda tashkil etish.

Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi va uning hududiy organlarining tashkiliy tuzilmasi takomillashtirildi. Bunda, davlat statistika ishlarini bajarish jarayonida barcha tarkibiy bo`linmalarning vakolatlari, funktsiyalari va javobgarligi aniq taqsimlanishini ta`minlovchi boshqaruvning zamonaviy vertikal-integratsiyalashgan sxemasini shakllantirish ko`zda tutilgan. Bu xodimlar sonini oshirmasdan, tayyorlanayotgan statistik va tahliliy materiallarning miqdorini kengaytirish va sifatini oshirish imkonini beradi.

Prezident qarorining yuqori ahamiyati, mamlakat Prezidentining qonun hujjati darajasida, qo`yilgan ustuvor vazifalarga erishish bo`yicha aniq chora-tadbirlar belgilanganligida namoyon bo`lmoqda. Shu maqsadda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, 36 ta dasturiy chora-tadbirlardan iborat bo`lgan, quyidagi asosiy yo`nalishlar bo`yicha, 2017-2021 yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinishi nazarda tutilgan bo`lib:

    tahliliy salohiyatni mustahkamlash, statistik ma`lumotlarni taqdim etish va tarqatishda zamonaviy vositalarni joriy etish;

    davlat statistika organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish va interaktiv xizmatlar sifatini oshirish;

    yig`iladigan ko`rsatkichlar tarkibi va qo`llaniladigan hisob-kitoblar uslublarini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar ko`rsatkichlarini statistikada aks ettirish va hisob-kitob tizimini yaxshilash;

    xalqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Bunda, milliy statistika tizimini xalqaro statistika tizimiga yanada integratsiyalash maqsadida, qarorda O`zbekiston to`g`risidagi statistik ma`lumotlar va boshqa axborotlarni xalqaro nashrlarda joylashtirish maqsadida yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish ko`zda tutilmoqda.

2021 yilgacha bo`lgan davrda faoliyatning yana bir ustuvor yo`nalishi Davlat statistika qo`mitasi va uning hududiy organlari rasmiy saytlarini rivojlantirish, ularda statistik axborotlardan foydalanuvchilarning talabi yuqori bo`lgan tahliliy materiallar va dokladlarni joylashtirish, ma`lumotlarni turli kesimlarda ko`rgazmaliligini, shuningdek “onlayn maslahat” rejimida foydalanuvchilar bilan tezkor muloqot imkoniyatini ta`minlash bo`ladi.

Zamonaviy takomillashtirilgan texnologiyalar va usullarni joriy etish asosida statistik ma`lumotlarni yig`ish va qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini chuqurlashtirish, statistik hisobot shakllarini qisqartirish va soddalashtirish, tarmoqda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tubdan kengaytirish bo`yicha ishlar davom ettiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatida eski yondoshuvlarga chek qo`yish hamda ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash va e`lon qilish jarayonlarining ochiq-oydinligini oshirish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida, shuningdek yangi vazifalar va funktsiyalar bilan to`ldirilgan O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi to`g`risidagi nizomni tasdiqlashni ko`zda tutuvchi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori ishlab chiqilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

statistik faoliyati samaradorligini oshirish, tizimning barcha bo`g`inlari funktsiyalarini takomillashtirish, statistika sohasida davlat siyosatini olib borishda boshqa davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sifatida Davlat statistika qo`mitasining asosiy vazifalarini qayta ko`rib chiqish asosida, foydalanuvchilarning turli guruhlarining dolzarb statistik axborotlarga bo`lgan ehtiyojlarini yanada to`liq qanoatlantirilishini ta`minlash;

mamlakat rivojlanishiga tarmoqlar, sohalar va hududlarning hissasini ifodalaydigan omillar va tendentsiyalarni aniqlash orqali, statistik materiallarning chuqur kompleks tahlilini o`tkazish uchun davlat statistika organlarining o`rni va mas`uliyatini kuchaytirish;

zamonaviy Internet-texnologiyalarni qo`llash orqali, statistik ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash, tahlil qilish va saqlash jarayonlariga yangi samarali yondoshuvlarni, statistik axborotlarni shakllantirish va tarqatishda ilg`or standartlarni joriy etish bo`yicha ishlarni faollashtirish;

mamlakat va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida islohotlarning borishi hamda tarkibiy va bozor o`zgarishlarini, kichik tadbirkorlik va fermerlikning rivojlanishini, aholi turmush darajasining sifati va farovonligining oshishini va h.k.larni ifodalaydigan statistik ma`lumotlarning sifati va to`liqligini oshirish;

muhim maqsadli kompleks dasturlar va Hukumat qarorlarining bajarilishi holatini kelgusida axborot-statistik kuzatishni ta`minlagan holda, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish bo`yicha kontseptual takliflarni tayyorlashda statistika organlari ishtirokini kengaytirish;

respublika iqtisodiyotining barqarorligini va ishonchliligini namoyish etadigan ochiq statistik ma`lumotlarni, press-relizlar va statistikaning turli yo`nalishlari bo`yicha axborotlarni rasmiy saytda joylashtirish, shuningdek xalqaro tashkilotlarga taqdim etish.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” qabul qilingan qarori, makroiqtisodiy barqarorlik ko`rsatkichlari va iqtisodiy o`sish sur`atlarini kuzatib borish uchun axborot asosini mustahkamlash, axborotlarni taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy etish, shuningdek mamlakatda olib boriladigan islohotlar to`g`risida respublika aholisiga va dunyo hamjamiyatiga xolis axborotlarni yetkazish bo`yicha qo`yilgan yana bir qadam hisoblanadi.

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
7
8
9
10
11
12
13
21
22
23
24
25
26
27
 
Avgust 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1840575
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.