Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




2018 yilning iyun oyida O`zbekiston Respublikasi iste`mol sektoridagi inflyatsiya darajasi

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO`MITASI

2018 yilning iyun oyida O`zbekiston Respublikasi iste`mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 

2018 yil iyun oyida birinchi marta joriy yilning so`nggi davrida iste`mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari umumiy darajasida pasayish kuzatilgan bo`lib, iste`mol sektoridagi deflyatsiya darajasi oy davomida 0,4 %ni tashkil etdi.

2018 iyilning yanvar-iyun oylarida iste`mol narxlari indeksi dinamikasi

(o`tgan oyga nisbatan, %)

Oy davomida tovarlar narxi o`rtacha 0,6 %ga pasaygan bo`lsa, xizmatlar esa aksincha, 0,3 %ga qimmatlashgan.

2018 yilning yanvar-iyun oylarida iste`mol narxlari indeksi

(o`tgan oyga nisbatan, %)

Quyidagi ma`lumotlar shuni ko`rsatmoqdaki, iste`mol sektorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining pasayishi natijasida deflyatsiya holati qayd etilgan bo`lsa, nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlarida esa aksincha, inflyatsion jarayonlar kuzatildi.

2018 yilning iyun oyida iste`mol narxlari indeksi

(o`tgan oyga nisbatan, %)

Asosiy guruhlar bo`yicha narxlarning o`zgarishi tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, nooziq-ovqat mahsulotlar hamda xizmatlar narxining qimmatlashishi umumiy iste`mol narxlari indeksi (keyingi o`rinlarda INI)ga 0,4 foiz darajasida (f.d.) ta`sir etib, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining pasayishi esa INIning 0,8 f.d.da kamayishiga olib keldi.

2018 yilning iyun oyida tovar va xizmatlarning asosiy guruhlari bo`yicha
narxlarning o`zgarishi va ularning umumiy INIga ta`siri

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi

Yuqorida qayd etilganidek, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida o`rtacha 1,8 %ga arzonlashganligi, umumiy INIning 0,8 f.d.da pasayishiga zamin yaratdi.

2018 yilning iyun oyida asosiy guruhlar bo`yicha
oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksi

(o`tgan oyga nisbatan, o`sish va pasayish, %)

Meva va sabzavot mahsulotlari narxlarining pasayishi, jumladan, tuxum, shakar, yog` va moy mahsulotlarining arzonlashgani umumiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasiga sezilarli ta`sir ko`rsatib, umumiy INIning 1,5 f.d.da pasayishiga olib keldi. Shular bilan bir qatorda go`sht, non, alkagol va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining qimmatlashishi umumiy INIning ko`tarilishiga yordamlashdi (0,7 f.d.da ta`sir etdi).

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi tarkibiga kiruvchi tovarlar narxlari orasida qimmatlashish borasidagi yetakchilik yorma va dukkaklilarga (o`sish 15,3 %), pasayish bo`yicha esa kartoshka hamda sabzavot mahsulotlari hissasiga to`g`ri keladi (pasayish mos ravishda 38,9 % va 29,1 %).

2018 yilning iyun oyida asosiy guruhlar bo`yicha oziq-ovqat
 mahsulotlarining iste`mol narxlari o`zgarishi

(o`tgan oyga nisbatan, %)

 Spirtli ichimliklar narxlarining qimmatlashishining asosiy sabablaridan biri, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 5 mart kunidagi “O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3583-son Qaroriga asosan 2018 yilning 1 iyunidan boshlab pivo va aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadlariga yo`naltirilgan qo`shimcha to`lovlarning joriy qilinganligidir. Biroq, shuni alohida qayd etish lozimki, joriy yilning iyun oyi davomida spirtli ichimliklar chakana savdosi faoliyati bilan shug`ullanuvchi aksariyat korxonalar o`zlaridagi qoldiq mahsulotlarini o`zgarmagan narxlarda sotgan. Spirtli ichimliklar narxlariga qo`llanilgan qo`shimcha to`lovlar ikkinchi yarim yillikdan boshlab ushbu tur mahsulotlar narxiga o`z ta`sirini o`tkazishi kutilmoqda.

Boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan alkagolsiz ichimliklar narxlari birmuncha sezilarli darajada qimmatlashdi (0,9 %).

Qolgan turdagi oziq-ovqat mahsulotlari o`rtacha narxlari darajasida jiddiy o`zgarishlar kuzatilmadi.

Nooziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi

Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining 0,8 %ga qimmatlashishi umumiy INIning 0,3 f.d.da oshishiga olib keldi.

Avtomobillar uchun yoqilg`i hamda qurilish materiallaridan tashqari ushbu guruhning asosiy turdagi mahsulotlari narxlari orasida sezilarli o`zgarishlar kuzatilmadi.

Asosiy turdagi nooziq-ovqat mahsulotlari guruhlari bo`yicha narxlarning o`zgarishi quyidagi ko`rinish shaklida namoyish etilgan:

2018 yilning iyun oyida asosiy turdagi nooziq-ovqat mahsulotlari
guruhlarining iste`mol narxlari indeksi

(o`tgan oyga nisbatan, %)

Aholi uchun avtomobillarga gaz to`ldirish shahobchalari orqali sotilayotgan propan narxining qimmatlashishi asosiy turdagi nooziq-ovqat mahsulotlar guruhi indeksining ko`tarilishida asosiy ta`sir omili sifatida qayd etilgan. Respublika bo`yicha oy davomida ushbu mahsulotning narxi o`rtacha 63,3 %ga qimmatlashdi. Mamlakatning ba`zi hududlarida uning narxi 2 barobar va undan yuqori darajada ham qimmatlashgan (Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari shular jumlasidandir). Birjadagi kotirovka narxlari hamda yoqilg`i-moylash materiallari bozorida shakllanayotgan holatlar propan narxlari darajasining sezilarli darajada qimmatlashishiga o`z ta`sirini o`tkazdi.

Qurilish materiallari narxlari oy davomida o`rtacha 1,5 %ga qimmatlashdi. Sement va gulqog`ozning narxi guruh tarkibidagi boshqa mahsulotlarga nisbatan birmuncha sezilarli darajada qimmatlashdi.

2018 yilning iyun oyida asosiy turdagi qurilish materiallari guruhlarining
iste`mol narxlari indeksi

 (o`tgan oyga nisbatan, %)

Xizmatlar iste`mol narxlari indeksi

Iyun oyi davomida aholi uchun xizmatlar tariflari narxlarida jiddiy o`zgarishlar kuzatilmadi va bor yo`g`i 0,3 %lik o`sish holati qayd etildi. Bu esa o`z navbatida umumiy INIga 0,1 f.d.da ta`sir etdi.

Narx tariflarining nisbatan barqaror sur`atlarda oshib borishi qatorida yo`lovchi tashish transporti xizmatlari narxi o`rtacha 1,4 % va maishiy turdagi xizmatlar esa 0,4 %ga qimmatlashdi.

2018 yilning iyun oyida aholi uchun alohida turdagi xizmatlar 
guruhining iste`mol narxlari indeksi

(o`tgan oyga nisbatan, %)

Qashqadaryo viloyati hokimining qarori asosida joriy yilning iyun oyidan boshlab hudud bo`yicha shahar avtobus transportida yo`l xaqi 66,7 %ga oshirildi. Xorazm viloyati xokimining qaroriga asosan viloyat bo`yicha shahar avtobus transporti xizmatlari 42,9 % hamda yo`nalishli taksi xizmatlari narxi 11,1 %ga ko`tarildi. Shuningdek, Farg`ona viloyati hududida ham yo`nalishli taksi xizmatlari o`rtacha 9,4 %ga qimmatlashgan.

Mahalliy transport poezdlari uchun yo`l harajati hujjatlari narxining oshishi va Shveytsariya frankining so`mga nisbatan biroz oshishi hisobiga temir yo`l transporti xizmatlari narxlari biroz ko`tarildi.

Evroga nisbatan milliy valyutamiz kursining mustahkamlanishi natijasida “O`zbekiston havo yo`llari” MAK chiptalari narxlari birmuncha arzonlashdi.

Stat.uz

eStat 2.0.1.1
(19.04.2018)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 
Iyul 2018
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1829756
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.