
Respublikamiz yangiliklari
Ijtimoiy soha xodimlarining jamoat ishlariga majburiy jalb etilayotgani, bu borada ayrim mahalliy rahbarlar tomonidan qonunbuzarlik va ko‘zbo‘yamachilik holatlari kuzatilayotgani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan jiddiy tanqid qilinmoqda.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi islohotlar: muammo va yechimlar» mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-aprel kuni iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitob tizimini takomillashtirish, debitor, kreditor va byudjet oldidagi qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Avval xabar qilinganidek, 2-6 aprel kunlari Olmaotada MDH mamlakatlari mudofaa vazirliklari harbiy oliy o‘quv yurtlari kursantlari o‘rtasida xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik kursantlar unda uchinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018-yil 10-apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi:
Bu yil buyuk davlat arbobi Amir Temur tavalludining 682 yilligi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda yangi bosqichda, xalqchil ruhda amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohang nishonlanmoqda.
Viloyat hokimligi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Salomatlik sayli” viloyatning barcha tuman va shaharlari markazlarida o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Toshkent Sity» xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida barpo etilayotgan zamonaviy inshootlar qurilishi bilan tanishdi.
Мamlakatimiz mudofaa salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademik Sobir Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurdi.
Toshkent shahrida 2018-yil 5-aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining o‘ttiz ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Joriy yil 4 aprel kuni Toshkent Janubiy vokzalidan ilk yo‘lovchi poyezdlar qatnovi boshlandi. Shu kuni barcha shaharlararo mahalliy yo‘lovchi poyezdlari, jumladan, Toshkent – Buxoro poyezdi ilk qatnovni qayta rekonstruksiya qilingan vokzaldan amalga oshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hovlisida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 6-martdagi farmoniga ko‘ra, Samarqand viloyatida yashovchi 35 nafar yurtdoshimiz O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Joriy yil 4-6 aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida oziq-ovqat sanoati sohasiga ixtisoslashgan “WorldFood Uzbekistan – 2018” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ashxobod shahrida 29-31 mart kunlari “Made in Uzbekistan” Milliy sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda turkmanistonlik ishbilarmonlar O‘zbekiston mahsulotlariga katta qiziqish bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni “Forish” tog‘-dala o‘quv bazasida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyadagi nutqi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiya faqat Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlashgagina xizmat qilib qolmaydi. Balki, butun dunyoda diniy ekstremizm, terrorizm bilan kurashda muhim ahamiyat kasb etadi.
- 1 of 21
- keyingi ›