08/06/2021

 Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatda jami 1,8 trln. so'mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020- yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 111,6 % ni tashkil etdi.

 Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 88,5 mlrd. so'mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning viloyatdagi ulushi 5,0 % ga teng.

 Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 1684,8 mlrd. so'mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning viloyatdagi ulushi 95,0 % ga teng.

 Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 340,0 mlrd. so'mlik qurilish ishlari bajarilgan.

 Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1083,6 mlrd. so'mni tashkil qilgan.

Matbuot xizmat

Tugmani bosing Tinglash GSpeech