Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Keksalarni e'zozlash yili

      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlash bo'yicha Buxoro viloyati statistika boshqarmasi tomonidan 2015-yil 17-martdagi tasdiqlangan chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi. 

      Unga asosan 2015-yil 27-fevral kuni viloyat statistika boshqarmasidagi tizimda ishlayotgan pensiya yoshidagi  xodimlar  M.Pulatova va  A.Ashurova 2015-yil 2-mart kuni  pensiyaga chiqishlari munosabati bilan ular qimmatbaxo sovg'alar  bilan taqdirlandi va kasaba uyushmasi tomonidan  tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi.

      Chora-tadbirda belgilangan  boshqarma,  tuman va shahar statistika bo'limlari binosi ichki qismlari ta'mirlanib, atroflar obodonlashtirildi va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

      2015-yil 24-mart kuni viloyat statistika boshqarmasidagi tizimda ishlayotgan pensiya yoshidagi  xodimlar  L.Gizatulina pensiyaga chiqishi va  Z.Xodjieva 2015-yil 9-aprel kuni 55 yoshga  kirishi munosabati bilan ular qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi va kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

      2015-yil 10-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasi tomonidan xayriya tadbiri tashkil qilinib, Buxoro shahar bolalar Muruvvat uyidagi 210 nafar nogiron bolalarga 534000 so'mlik  paypoq,  pampers,  kiyim-kechak tarqatildi.

      Keksa avlodga manzilli ijtimoiy yordam berish va ularni moddiy qo`llab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida:

- tizimda ishlayotgan pensiya yoshidagi 3 nafar shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin bir yo`la 330,0 ming so`m miqdorda qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi;

- yubiley sanalari munosabati bilan pensiyaga chiqish arafasidagi va pensiya yoshidagi 1 nafar xodimga 130,0 ming so`m miqdordagi qimmatbaho sovg`alar topshirildi.

     Davlat statistika organlarida avval ishlab ketgan hamda ishlovchi pensiya yoshidagi 21 nafar shaxslarga pensiya hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ularning so`rovlariga asosan zarur bo`lgan ma`lumotlar tayyorlab taqdim etildi.

     “Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmasin” shiori ostida amalga oshirilgan tadbirlar doirasida tizimdagi 2 nafar xodimlarni tarixiy joylar va mustaqillik yillarida barpo etilgan zamonaviy arxitektura ob’ektlari bilan tanishtirish uchun sayyohlik safari tashkillashtirildi. Shuningdek, tizimga ishlab hozirda nafaqada bo’lgan 15 nafar keksalar, pensioner va nogironlarning holidan xabar olinib, ularga umumiy qiymati 820,0 ming so`mlik moddiy yordam ko’rsatildi.

     Boshqarmada 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan statistika tizimida ko'p yillar ishlagan va nafaqaga chiqqan, kam ta'minlangan, nogiron va bemor qariyalar xolidan xabar olindi, ularga moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatildi.            

    2015-yil 6-may kuni boshqarmaning majlislar zalida  nafaqaga chiqqan faxriylar uchun bayram dasturxoni yozib, tadbir tashkil etildi. Faxriylarimiz uchun tayyorlangan bayram dasturxoni namoyish etildi, unda umidli yosh san'atkorlar o'z chiqishlari  bilan tadbir mehmonlariga xush kayfiyat taqdim etishdi. Tadbir so'ngida boshqarma kasaba uyushmasi tomonidan  33 mehnat faxriylariga 50 ming so'm miqdorida pul mablag'lari va  660000 (olti yuz oltmish ming ) so'mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. 
      Boshqarmada ishlayotgan  pensiya yoshidagi 3 ta xodim 7-8 may kunlari viloyat kasaba uyushmasi tomonidan Samarqand shaxriga ekskursiyaga yuborildi. 

      25 may kuni Koreyalik shifokorlar tomonidan 4 nafar pensiya yoshidagi xodimlar ko'z kasalligi tibbiy ko'rigidan bepul o'tkazildi.
      2015 yil 31 may kuni viloyatda o'tkazilgan “Ipak va ziravorlar” festivalining yopilish konsertiga boshqarmada ishlayotgan 11 nafar pensiya yoshidagi xodimlarga taklifnomalar tarqatildi.
      1- iyun “Xalqaro bolalarni himoyalash” kuni   munosabati bilan  shu yilning 30-may kuni boshqarma xodimlarining farzandlariga qo'g'irchoq teatri uchun 70 ta taklifnoma tarqatildi va tadbir oxirida bolalar uchun bayram dasturxoni yozilib, esdalik sovg'alari taqdim etildi. Tadbirda boshqarmaning barcha xodimlari ishtirok etishdi.
      Viloyat statistika boshqarmasida ishlayotgan pensiya yoshidagi 2 nafar 2015-yil 8-iyun kuni M.Sodiqova va 2015-yil 12-iyun kuni T.Dobrenkova xodimlarga pensiyaga chiqishdan oldin ularni qimmatbaho  sovg'alar bilan taqdirlashdi.

     Viloyat statistika boshqarmasida 8 iyul kuni ishlayotgan katta yoshdagi va keksa kishilar o'rtasida “Keksalar zavqi” shashka va shaxmat turlari bo'yicha sport musobaqalari tashkil etildi. Bu tadbirda 8 kishi Qodirova Moyra, Muxamedova Dilbar, Adizova Azima, Tugusheva Djamilya, Sodiqova Manzura, Xo'jaeva Zulfiya, Sharipova Matlab qatnashdilar,  boshqarma kasaba uyushmasi tomonidan g'oliblarga 2 kishiga qimmatbaho sovg'alar har biri 20000 so'mdan choynak bilan mukofotlandi.   

     Sog'liqni mustahkamlash maqsadida boshqarma ishlayotgan keksa Davronova Dildor  2015 yil 22 iyun kuni Toshkent viloyatidagi “Turon”sanatoriyasiga yuborildi.

   2015 yil 3 dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasida ko'p yillar ishlab kelganligini, boshqarmaning yosh kadrlarini tayyorlashga hissa qo'shib kelganini inobatga olib, bo'lim boshlig'i Tugusheva Djamila Yusupovna 58 yoshga to'lishi munosabati bilan boshqarmaning xodimlari ishtirokida tadbir tashkil etilib, sovg'alar bilan taqdirlandi.  

   2015 yil 17 dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasida “Mamlakatimizda mustaqillik yillarida keksalarni e'zozlash” mavzusi davra suhbatida yozuvchi va shoirlardan O'zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo'limi raisi Shodmon Sulaymonov hamda yozuvchilar uyushmasi a'zolari Abdunabi Hamro va Sulaymon Shodievlar bilan ijodiy uchrashuv o'tkazildi. 

 

 

eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 
Avgust 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1829375
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.