Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Gender statistikasi

Gender statistikasi bu -  ayollar va erkaklarning gender nuqtai nazaridan farqini aniqlash va buni tizimli ravishda o`rganib borish uchun, ayol va erkaklarning muhim ahamiyatga ega bo`lgan barcha yo`nalishlardagi haqiqiy o`rnini holisona aks ettiruvchi statistika hisoblanadi.

Gender statistikasi inson to`g`risida ma`lumotlar yig`iladigan barcha statistik mavzularga daxldor bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga olgan bo`ladi: (1) jinsiy tarkibi bo`yicha ma`lumotlar, (2) gender masalalarini (gender ko`rsatkichlarini) aks ettiruvchi statistika, hamda (3) statistikaning barcha sohalariga gender yondashuvini joriy qilish.
     Gender statistikasi tushunchasining tayanch nuqtasi bo`lib, ikki tushuncha ya`ni, “jins” va “gender” tushunchalari o`rtasidagi farq nazarda tutiladi. Ayrim hollarda ushbu toifalar (jins – erkak, ayol; va gender – maskulin, femin) bir xil mazmundagi tushunchalar sifatida aks ettiriladi. Lekin bu unday emas:

Jins – ayollar va erkaklarning o`zgartirib bo`lmaydigan nisbiy biologik farqlarini ifodalovchi termindir. Jins oldindan to`la belgilangan, universal va vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydi.   

Gender, yoki ijtimoiy jins – ayollar va erkaklar o`rtasidagi o`zgaruvchan ijtimoiy-madaniy farqlarni, rollarni, axloq andozalarini, “tabiiy” (“tug`ma”) bo`lmagan, ya`ni jamoat tasavvuridagi me`yorlar va an`analar asnosida ular tomonidan o`zlashtirilgan sifat va boshqa ta`riflarni ifodalovchi termindir. Ayollar va erkaklarga hos bo`lgan tushunchalar to`g`risidagi ayol va erkaklarning tasavvuri, turli sohalarda vaqt o`tishi bilan o`zgarishi mumkin (o`zgarmoqda ham).

Gender tenglik – erkaklar va ayollar ijtimoiy sohada teng tarzda ahamiyatga, teng huquq va mas`uliyatga, xamda teng sharoitlarga (manba va imkoniyatlarga teng tarzda erishish) ega bo`lsalar va ulardan qonunda belgilangan tarzda rasmiy tenglik (“hujjat asosidagi tenglik”) asosida foydalana olsalargina, tenglik o`z aksini topadi.

Gender statistikasi nima uchun kerak?

Gender statistikasi ko`p maqsadlar uchun hizmat qiladi, lekin birinchi navbatda, u ayol va erkaklarning turli holatlari va sharoitlariga taalluqli bo`lgan yashirin muammolarini aniqlash uchun kerakdir. Shunga ko`ra gender statistikasi muvaffaqiyatli rejalashtirish, manzillilikni kuchaytirish, samarali monitoring yuritish va rivojlanish dasturlarining ta`sirini baholash uchun zarurdir. Shuni inbobatga olgan holda, gender statistikasi – adolat va tenglikni ilgari surish, shuningdek aholining barcha guruhlari hayoti darajasini yaxshilash uchun xizmat qiladigan vositadir. Shu tariqa, gender statistikasi barqaror va har tomonlama rivojlanish va iqtisodiy o`sishga o`z hissasini qo`shadi.

O`zbekistonda gender statistikasining holati

O`zbekistonda mustaqillik yillarida gender tenglikka erishish choralarini ro`yobga chiqarish yo`lida juda katta ishlar amalga oshirildi. Oilaning ijtimoiy muhofazasi, onalik va bolalik masalalariga ma`sul bo`lgan Bosh vazir o`rinbosari rahbarligida 1991 yilda Xotin-qizlar qo`mitasiga asos solinganligi bilan institutsional rivojlanishda sezilarli o`sishga erishildi. Xotin-qizlar qo`mitasi barcha hududlarda va jabhalarda vakolatli bo`lgan takomillashgan tizimga ega. Qo`mita raislari orasida viloyat darajasidagi 14 ta xokim o`rinbosarlari, shuningdek munitsipal va tuman darajasidagi ma`muriyat rahbarlarining 219 ta o`rinbosarlari faoliyat ko`rsatishadi.

Xotin-qizlar qo`mitasi, hamda Tashqi ishlar vazirligi va Inson huquqlari bo`yicha milliy markaz Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to`g`risidagi Konventsiya, Pekin harakati dasturining bajarilishi, Mingyillik rivojlanish maqsadlari bilan yuklatilgan xalqaro majburiyatlar bo`yicha hisobotlarda Davlat statistika qo`mitasi bilan uzviy hamkorlikda ish olib boradi.

O`zbekistonda gender statistikasi bo`yicha ma`lumotlarni yig`ish bir qator manbalarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Jinsiy guruhlar, aholini ro`yxatga olish va statistik kuzatuvlar bo`yicha mavjud ma`muriy hisobotlarga qo`shimcha ravishda, ko`p ko`rsatkichli klaster kuzatuvi (MICS), hamda DHS, LSS va uy xo`jaliklari kuzatuvi asosida shakllangan ma`lumotlar mavjud.

Mazkur ishlar jamiyatni demokratlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish bilan shart qilingan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yangi jihatlarini holisona aks ettirishga yo`naltirilgan, milliy statistika sohalarini rivojlantirishning bir qismi sifatida amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston gender statistikasi sayti

eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 
Avgust 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1829420
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.