Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Korrupsiyaga qarshi kurash

Buxoro viloyat statistika boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qabul qilingan chora-tadbirlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan 2017 yil 15 iyun kuni tizim xodimlari uchun kengaytirilgan davra suhbati bo'lib o'tdi

2017 yil 15 iyun kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida “Davlat xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o'z vaqtida oldini olish, aniqlash va ularga chek qo'yishni ta'minlashning dolzarb vazifalari” mavzusida tizim rahbar va xodimlari uchun kengaytirilgan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash va ularga chek qo'yish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipi, davlat statistika organlari xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari to'g'risida xabar qilish majburiyatlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlarni bekor qilish yoki o'zgartirish, korrupsiya sohasidagi tadqiqotlar va korrupsiyaga oid boshqa qator masalalar muhokama etilib, bu borada ishtirokchilarga zarur tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, tizim rahbar va xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiste'mol qilishga yo'l qo'ymaslik, korrupsiya holatlarini oldini olish, amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash maqsadida, ularga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini chuqur yetkazish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Shu bilan birga, davlat statistika organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlari, statistika sohasiga oid qonunchilik va me'yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini aholi, tadbirkorlik sub'ektlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining mansabdor shaxslariga tushuntirish hamda ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktika ishlari atroflicha muhokama etilib, kelgusida bu borada ishlarni  yanada faollashtirish bo'yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. 

O'z navbatida, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasida qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini, shuningdek O'zbekiston Respublikasining O'RQ-418-son Qonunining davlat statistika sohasiga oid talablarini faoliyat ko'rsatayotgan hamda yangi tashkil topgan tadbirkorlik sub'ektlariga tushuntirish ishlarini doimiy ravishda olib borish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Davra suhbatida barcha darajadagi davlat statistika organlarida mazkur yo'nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish va bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasidan tizimli nazorat o'rnatish bo'yicha tegishli vazifalar muhokama etildi.

Mazkur tadbirda Buxoro viloyat statistika boshqarmasi va shaxar, tuman statistaka  bo'limi mas'ul rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati

16 Iyun 2017


 

Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. 

Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. 

Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirish davomida milliy qonunlarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini singdirish masalasiga alohida e’tibor berildi va bu munosabat 2008 yilda qabul qilingan «Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z aksini topdi. 

2010 yilda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istambul harakat dasturiga qo‘shildi. 

So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. 

Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi.

Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.

Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.

Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini keltirib o‘tadi:

  • aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
  • davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
  • korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish.

Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni keltirib o‘tadi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, parlament va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab pillapoyalaridan ko‘tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish tizimlarini joriy etish belgilangan. Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi aniqlanib, ularning ijtimoiy himoyasi, moddiy ta’minoti, har tomonlama rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va tadbirkorlik sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralar qatoridan esa ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish va tezkorligini oshirish, davlat organlarining nazorat-tekshiruv vakolatlarini optimallashtirish hamda ular va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini joriy etish belgilangan.

Ma’muriy jarayonlar sohasida korrupsiyadan ogohlantirish choralari ro‘yxatiga ularning batafsil reglamentini belgilash, ushbu jarayonlarni soddalashtirish va byurokratik rasmiyatchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik kiritilgan.

Qonunda davlat organi xodimi biror bir shaxs tomonidan uni korrupsion huquqbuzarlikni sodir etishga da’vat qilish holati, shuningdek, boshqa ishchilar tomonidan shu kabi holatlarning amalga oshirilishi bo‘yicha unga oshkor bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z rahbari yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etishi belgilangan. Mazkur majburiyatlarning bajarilmasligi qonunchilikka muvofiq tegishli ravishda jazoga tortilishiga olib keladi.

Korrupsion jinoyat to‘g‘risida oshkor qilgan shaxs davlat himoyasi ostiga olinadi. Biroq mazkur qoida yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etganlarga nisbatan amal qilinmaydi.

Qonunning alohida moddasi har kim tashkilotlar va davlat organlari faoliyati, mazkur shaxslar yoki shaxslar guruhiga taalluqli qabul qilinayotgan aktlar to‘g‘risida ma’lumot olish huquqiga ega ekanligini ko‘zda tutadi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va tashkilotlar OAVga korrupsiya bilan bog‘liq hodisalar, dalillari, voqealar va jarayonlan to‘g‘risida jamoatchilik uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi.


“Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2761-son qarori, “Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish tizimini takomillashtirish to'g'risida” gi 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-sonli “Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini Viloyat statistika boshqarmasi tizimida ta'minlash masalasi bo’yicha 2017-yil 28-mart kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida seminar yig’ilish o’tkazildi.

Yig'ilish kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma boshlig'i B.Giyazov so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2752-son qarori hamda u bilan tasdiqlangan 2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturini, statistika boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlanayotganligi, jumladan tizim xodimlariga yangidan qabul qilinayotgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarni doimiy ravishda tanishtirilayotganligi, ularning mazmun-mohiyati belgilangan tartibda tizim xodimlari tomonidan o'rganilib borilayotgani ta'kidlab o'tildi.

Shundan so'ng, Viloyat statistika boshqarmasi yuriskonsulti F.Kadirov so'zga chiqib, mavzu yuzasidan to'xtalib, yangidan qabul qilinayotgan hamda amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini boshqarma va tizim organlariga yetkazishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2761-son qarori ijrosini davlat statistika organlarida ta'minlash vazifalari to'g'risida gapirdi. Shuningdek F.Kadirov yangidan qabul qilinayotgan hamda amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholi va yuridik shaxslarning keng ommasiga yetkazish maqsadida,  Qo'mita tomonidan 2017 yil 7 fevraldagi 2-sonli buyrug'i hamda 21 fevraldagi 9-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tizimida 2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlarni ijrosini ta'minlash yuzasidan davlat statistika organlarini majburiyatlari va bu borada tizim organlarining rahbarlariga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Ta'kidlandiki, tizim organlari veb-saytlarida davlat statistika organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, mansabdor shaxslar va xodimlar faoliyatida mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish hamda korrupsiya holatlarini oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ma'lumotlar doimiy ravishda yangilanib, bu boradagi axborot materiallari veb-saytlarga joylashtirib borilmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan tizimda korrupsiya holatlarini oldini olish, aholiga va hisobot taedim etuvchi sub'ektlar e'tiboriga yetkazish maqsadida, ko'rgazmali stendpariga joylashtirish uchun 3 turdagi korrupsiyaga qarshi kurashishga oid plakatlar hamda tizim organlari tomonidan o'tkaziladigan seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarda tashrif buyuruvchilarga tarqatish uchun maxsus buklet tayyorlandi va tuman, shaxar statistika bo'limlariga yuborildi.

Shuningdek, boshqarma va uning hududiy bo'limlari rahbarlari tomonidan fuqarolarni shaxsan qabul qilish, har bir kelib tushgan murojaatni o'z vaqtida sifatli ko'rib chiqilishini ta'minlash, tadbirkorlik sub'ektlari bilan profilaktika ishlarini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxs murojaatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblar asosida tashkil etish va hududiy statistika bo'limlarida ijro intizomini ta'minlash masalalari tanqidiy muhokama etilib, joylarda ijro nazoratini tashkil etish, bu borada bo'lim boshliqlari va mas'ul xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirish va hududiy bo'limlar faoliyati yuzasidan nazoratni kuchaytirish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yishning avtomatlashtirilgan tizimining bosqichma-bosqich ishlab chiqarilib joriy etilishi, 2017 yil 1 apreldan boshlab Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish Davlat interaktiv xizmatlari Yagona portaliga (Yagona portal) MY.GOV.UZ sayti orqali “Biznesni ro'yxatdan o'tkazish sahifasi” orqali amalga oshirilishi,  Internet tarmog'idagi tizim orqali kechayu-kunduz o'tkazish va hisobga qo'yish ta'minlanishi to'g'risida tushuntirishlar berildi. Adliya vazirligi zimmasiga - Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan va hisobga qo'yishning tartib va muddatlariga rioya qilish ustidan nazorat yuklatilishi to'g'risida aytib o'tildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-sonli qarori “Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risida” gi nizom tasdiqlanganligi va ushbu nizom yuridik va jismoniy shaxslarni - Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi va muddatlarini belgilashi, ushbu nizom talablari banklar va kredit byurolari va nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro'yxatidan o'tkazishga tatbiq etilmasligi to'g'risida gapirildi.

Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va qayta ro'yxatdan o'tkazishga yagona darcha tamoyili bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatish yagona markazlari tomonidan amalga oshirilishi va tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazishda ro'yxatdan o'tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o'zaro hamkorligi reglamenti to'g'risida tushuntirishlar berildi.       

Yig'ilishda, tizimdagi mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan davlat statistika hisobotlarini qabul qilish, qayta ishlash va statistik ma'lumotlarni tayyorlash jarayonlarida ishonchlilik, xolislik, beg'arazlik, ochiq-oydinlik, oshkoralik, statistika hisobotini yig'ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratish prinsiplariga qat'iy amal qilinishi va bu borada nazoratni yanada kuchaytirish zarurligi, bu borada yuz berishi mumkin bo’lgan korrupsiya holatlariga qat'iy chek qo'yish shartligi ta'kidlab o'tildi.

Shu bilan birga, barcha darajadagi rahbarlar tomonidan o'zlariga yuklatilgan funksional vazifalar doirasida ishlarni to'g'ri va samarali rejalashtirish hamda amalga oshirish, amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat'iy rioya etish, hisobot va ijro intizomini mustahkamlash, xodimlarda belgilangan vazifalarning pirovard natijalariga bo'lgan shaxsiy mas'uliyat hissini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi.

 Shuningdek, xodimlar tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat'iy rioya etishlari va sodir etilishi mumkin bo'lgan qonun buzilishi holatlarini oldini olish borasida doimiy ravishda maxsus seminarlar, davra suhbatlari va tushuntirish ishlarini tashqil etish hamda hududiy organlar faoliyati samaradorligini oshirish bilan bog'lik masalalar ham muhokama etilib, bu borada nazorat ishlarini yanada kuchaytirish buyicha tegishli vazifalar belgilandi.

Seminardan fotolavhalar

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati                             29.03.2017


 

eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 
Dekabr 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1840681
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.