Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Buxoro viloyat statistika boshqarmasi tizimida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni ko'rib chiqish bo'yicha “Buxoro viloyati statistika boshqarmasining hududiy statistika bo'limlarida statistika sohasiga oid qonunlar, O'zbekiston  Republikasi  Prezidenti farmonlari, qarorlari, Hukumat qarorlari ijrosi, statistika faoliyatini tashkil etish, davlat statistika ishlarining bajarilishi, ijro, mehnat va hisobot intizomi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish masalalari yuzasidan 2017 yil uchun o'tkaziladigan kompleks va maqsadli o'rganishlar reja jadvali” va boshqarmaning mas'ul xodimlari ishtirokidagi Ishchi guruhi tashkil etilib, tasdiqlandi va murojaatlar bilan ishlash ahvoli yuzasidan doimiy monitoring tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini har chorakda umumlashtirib borish ishlari qat'iy nazoratga olingan.
Nazorat qiluvchi organlar sifatida viloyat statistika boshqarmasining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmining samaradorligini oshirish maqsadida 2016 yilning 8 noyabr oyidagi 74-I-sonli buyrug'i bilan viloyat Statistika boshqarmasi huzurida Jamoatchilik maslahat kengashi tashkil etildi hamda ushbu buyruq bilan viloyat Fermerlar uyushmasi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi va boshqarmaning mas'ul xodimlarini jalb qilgan holda Kengash tarkibi tasdiqlandi. 
Shuningdek, Viloyat statistika boshqarmasida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashlarining samarali faoliyat olib borishini ta'minla maqsadida 2017 yilning 21 fevral kuni viloyat Statistika boshqarmasi huzuridagi Jamoatchilik maslahat kengashining vazifalari yuzasidan yig'ilishi bo'lib o'tdi.

"Statistika faoliyatini tashkil etish
 va yig'ma axborot- tahliliy ishlar " bo'limi   
                                                                                02.10.2017

* * *

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning ijrosini ta'minlash bo'yicha Qo'mitaning kompleks chora-tadbirlar rejasi raxbarlik va ijro uchun qabul qilinib, boshqarmaning kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tuman, shaxar statistika bo'limlariga 2017-yil 28-fevralda № 01/1-02-26/3-301-sonli xat bilan yetkazilib ijrosi nazoratga olindi.

Mazkur kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar:

 

“Xalqaro bolalarni himoyalash” kuni   munosabati bilan  shu yilning 27 may kuni boshqarma xodimlarining farzandlariga qo'g'irchoq teatri uchun 55 ta taklifnoma tarqatildi va tadbir oxirida bolalar uchun bayram dasturxoni yozilib, esdalik sovg'alari taqdim etildi. Ushbu tadbirda boshqarmaning xodimlari ishtirok etishdi. 
Tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarga sog'ligini qayta tiklash uchun sog'lomlashtirish oromgohlariga, hamda xodimlarning farzandlariga yoz mavsumida mazmunli dam olish uchun, joriy yilning iyul oyida Viloyat statistika boshqarmasida ishlayotgan 1 ta xodim farzandiga “Moviy gulxan” oromgohiga imtiyozli yo'llanma olib berildi.

21.06.2017

 

* * *

 

Boshqarma xodimlari o'rtasida profilaktik-tushuntirish ishlarini tashkil etish yuzasidan 2017 yilning 27 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida”gi O'RQ-419-sonli Qonunining mazmun va mohiyati (68 nafar xodimlar), 2017 yilning 10 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning mazmun va mohiyati to'g'risida (34 nafar xodimlar), 2017 yilning 28 mart kuni “O'zbekiston Respublikasi   Prezidenti tomonidan yuridik xizmat faoliyatini, qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi  O'zbekiston  Respublikasi  Qonunning qoidalarini amalga oshirish yuzasidan qa'bul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini Davlat statistika qo'mitasi tizimida ta'minlash hamda ulardan kelib chiqadigan vazifalar to'g'risida” seminar yig'ilish (37 nafar xodimlar) o'tkazildi.

Бошқарма ва ҳудудий статистика бўлимларида кўп йиллар ишлаган ва нафақага чиққан кам таъминланган, ёлғиз, ногирон ва бемор қариялар ҳамда ишловчи пенсия ёшидаги ходимларни қўллаб-қувватлаш, рағбатлантириш, уларнинг маданий ҳордиқ чиқаришига ва соғлиқларини мустаҳкамлашга қаратилган чора-тадбирларни амалга оширилмоқда.

2017 йил 4 март куни Вилоят ҳокимлиги томонидан ўтказилган  “8-март Халқаро хотин-қизлар куни” байрам концертига бошқармада ишлаётган 4 нафар пенсия ёшидаги ходимларга таклифномалар тарқатилди. 2017 йил 6 март куни бошқармада байрам муносабати билан  бошқарма ходимларини моддий жиҳатдан қўллаб қувватлаш мақсадида  барча ходимлар моддий  рағбатлантирилиб (75,0 минг сўмдан) мукофот тўлови тўланди. Ходимларнинг маънавий дам олишини таъминлаш мақсадида байрам концерт дастури намойиш этилди.

2017 йил 17 март куни бошқармада “Наврўз” байрам муносабати билан  бошқарма ходимларини моддий жиҳатдан қўллаб қувватлаш мақсадида  барча ходимлар   рағбатлантирилди ва вилоят статистика бошқармасидаги тизимда ишлаётган пенсия ёшидаги ходимларга А.Адизова- 458,0 минг сўм, З.Хожиева-402,0 минг сўм, М.Шарипова-402,0 минг сўм, Т.Пипкова-430,0 минг сўм, Т.Добренькова-430,0 минг сўмдан мукофот тўлови тўланди.

2017 йил 5 февраль куни вилоят статистика бошқармасидаги тизимда кўп йиллар ишлаган Ф.Хакимованинг 50 ёш юбилей муносабати билан эсдалик совға ва 915874 сўм моддий ёрдамлар берилди.

2017 йил 5 май куни бошқарманинг мажлислар залида 9 май “Хотира ва қадрлаш кун” муносабати билан статистика тизимида кўп йиллар ишлаган ва нафақага чиққан фахрийлар учун байрам дастурхони ёзиб тадбир ташкил этилди. Фахрийларимиз учун тайёрланган байрам дастури намойиш этилди ва умидли ёш санъаткорлар ўз чиқишлари билан тадбир меҳмонларига хуш кайфият тақдим этилди. Тадбир сўнгида бошқарма касаба уюшмаси томонидан 33 та меҳнат фахрийларига 70,0 минг сўм (жами 2310 минг сўм) миқдорда пул маблағлари тарқатилди

2017  йил 5 май куни М.Шариповага  пенсияга чиқиши муносабати билан эсдалик совға билан тақдирланди.

2017 йилнинг  7 май куни  9 май “Хотира ва қадрлаш” куни муносабати билан Шофиркон туман статистиа бўлим ишчи ходимлари хамда кўп йиллар ишлаб нафақага чиққан кексалар билан биргаликда Самарқанд вилоятининг тарихий шаҳарлари ва зиёратгоҳларига саёҳат ташкил этилди

Бошқарма ва ҳудудий статистика бўлимларида меҳнат қилаётган ходимлар ва улар оила аъзоларини соғломлаштириш ва дам олишини ташкил этиш касаба уюшмаси томонидан режаси тузилди.

Бошқармада меҳнат қилаётган ходимларни соғлигини қайта тиклаш учун соғломлаштириш санаторийга вилоят касаба уюшмаси томонидан 2 кишига Шакирова Олима 12 майдан “Бўстон санаторияси” МЧЖ га ва Адизова Азима 17 майдан “Ситораи Мохи-Хоса санаторияси” МЧЖга    даволаниш муддати 12 кундан йўлланма берилди.

Бошқарма ва ҳудудий статистика бўлимларида ишловчи ёшларнинг ҳуқуқий маданиятини юксалтириш, демократик давлат қуриш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш жараёнларида уларнинг фаоллигини ошириш, юксак маънавиятли, мустақил фикрловчи, қатъий ҳаётий позиция, кенг дунёқараш ва чуқур билимга эга бўлган ватанпарвар ёшларни тарбиялаш ва давлат сиёсатини амалга ошириш бўйича давлат дастури ижросини жойларда сифатли таъминлашга қаратилган тизим ёшлари ўртасида давра суҳбатлари ва семинарлар ўтказилди.

25.05.2017

Tadbirlardan foto lavhalar

 

* * * 

 

Boshqarma va hududiy statistika bo'limlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish maqsadida, boshqarmaning rasmiy veb-saytiga sohaga oid davlat xizmatlari ko'rsatishni, ma'muriy tartib-taomillarini qo'llashga oid masalalar yuzasidan qabul qilinadigan barcha qaror va hujjatlar joylashtirib borilmoqda.

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni ko'rib chiqish bo'yicha boshqarmaning chora-tadbirlar rejasini 2017-yil 9-martda tasdiqlandi  va tuman, shaxar statistika bo'limlariga yetkazilib ijrosi nazoratga olindi.

Viloyat statistika boshqarmasi tizimida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni ko'rib chiqish bo'yicha “Buxoro viloyati statistika boshqarmasining hududiy statistika bo'limlarida statistika sohasiga oid qonunlar, O'zbekiston  Republikasi  Prezidenti farmonlari, qarorlari, Hukumat qarorlari ijrosi, statistika faoliyatini tashkil etish, davlat statistika ishlarining bajarilishi, ijro, mehnat va hisobot intizomi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish masalalari yuzasidan 2017-yil uchun o'tkaziladigan kompleks va maqsadli o'rganishlar reja jadvali” va boshqarmaning mas'ul xodimlari ishtirokidagi Ishchi guruhi tashkil etilib, tasdiqlandi va murojaatlar bilan ishlash ahvoli yuzasidan doimiy monitoring tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini har chorakda umumlashtirib borish ishlari qat'iy nazoratga olingan.

Nazorat qiluvchi organlar sifatida davlat statistika organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmining samaradorligini oshirish bo'yicha boshqarmaning rasmiy veb-saytida nazorat organi sifatida olib borilayotgan faoliyatga doir idoraviy hujjatlar, axborotlar va ma'lumotlarni muntazam ravishda joylashtirib borilmoqda.

Nazorat qiluvchi organlar sifatida viloyat statistika boshqarmasining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmining samaradorligini oshirish maqsadida 2016-yilning 8-noyabr oyidagi 74-I-sonli buyrug'i bilan viloyat Statistika boshqarmasi huzurida Jamoatchilik maslahat kengashi tashkil etildi hamda ushbu buyruq bilan viloyat Fermerlar uyushmasi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi va boshqarmaning mas'ul xodimlarini jalb qilgan holda Kengash tarkibi tasdiqlandi.

Joriy yilning   11-12 mart kunlari o'tkazilgan umumxalq xasharda boshqarma tuman va shaxar statistika bo'limlari xodimlari faol ishtirok etishdi. Boshqarma,  tuman va shahar statistika bo'limlari binosi ichi ta'mirlanib, atroflar obodonlashtirildi va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shanbalikdan ishlab topilgan bir kunlik ish haqi viloyat “Mahalla” jamg'armasi hisob raqamiga ko'chirib berildi.

Kelgusida ham chora-tadbirlarda ko'rsatilgan vazifalarni bajarilishini ta'minlash yuzasidan ishlar davom ettiriladi.

(umumxalq hasharidan foto lavhalar)

 

eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 
Oktabr 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1828614
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.