Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Sog'lom ona va bola yili

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487- sonli qarori bilan tasdiqlangan  “Sog'lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlash bo'yicha Davlat statistika Qo'mitasi tomonidan  2016 yil 23 martdagi tasdiqlangan chora-tadbir rejasi  ishlab chiqildi  va  tuman, shahar statistika bo'limlariga yuborildi.

2016 yil 29 mart kuni viloyat statistika boshqarmasida xotin-qizlar raisi A.Adizova boshchiligida  “Nikoh va oila”, “Sog'lom bolani tarbiyalash-bizning umumiy vazifamiz”, “Ona va bola sog'lom bo'lsa, oila baxtli, jamiyat mustahkam bo'ladi” mavzusida boshqarma xodimlari, xotin-qizlar va yoshlar o'rtasida davra suhbati tashkil etilib, unda boshqarma xodimlaridan 35 kishi qatnashdi.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati                             29.03.2016


 

2016 yil 22 aprel kuni viloyat statistika boshqarmasidagi 3 nafar xotin-qizlar, shu jumladan 1 nafar homilador ayollar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

2016 yil 28 aprel kuni boshqarma xodimlari tomonidan yigitlar o'rtasida “palov tayyorlash” musobaqa tadbiri tashkil qilindi, g'oliblarga diplom va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Viloyat statistika boshqarmasida 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan statistika tizimida ko'p yillar ishlagan va nafaqaga chiqqan, kam ta'minlangan, nogiron va bemor qariyalar xolidan xabar olinib, ularga moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatildi.

2016 yil 6 may kuni boshqarmaning majlislar zalida nafaqaga chiqqan faxriylar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Faxriylarimiz uchun tayyorlangan bayram dasturida Buxoro shahar San'at kolleji o'quvchilaridan umidli yosh san'atkorlar o'z chiqishlari bilan tadbir mehmonlariga xush kayfiyat taqdim etishdi. Tadbirda boshqarma kasaba uyushmasi tomonidan 33 ta mehnat faxriylariga shirinlik dasturxoni tashkil etilib, ma'muriyat tomonidan ularga pul mukofotlari tarqatildi.

Mehnat faxriylarini qutlash marosimi

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati                             19.05.2016


 

Madaniy hordiq chiqarish maqsadida boshqarmada ko'p yillar ishlayotgan 15 ta xodimlar kasaba uyushmasi  tomonidan 2016 yil  21 may kuni Buxoroning 7 pir ziyoratgohlarga sayohatga yuborildi.
Sog'liqni mustahkamlash maqsadida boshqarmada ko'p yillar ishlayotgan xodimlar Xodjieva Zulfiya va Sodiqova Manzura viloyat kasaba uyushmasi  tomonidan 2016 yil  23 maydan 12- kuni davomida “Sitorai moxi xosa sanatoriyasiga” yuborildi.
2016 yil 26-28 may kuni viloyatda o'tkazilgan  XV “Ipak va ziravorlar” festivalining yopilish konsertiga boshqarmada ishlayotgan 10 nafar pensiya yoshidagi xodimlarga taklifnomalar tarqatildi.
“Xalqaro bolalarni himoyalash” kuni munosabati bilan  shu yilning 28 may kuni boshqarma xodimlarining farzandlariga qo'g'irchoq teatri uchun 100 ta taklifnoma tarqatildi va tadbir oxirida bolalar uchun bayram dasturxoni yozilib, esdalik sovg'alari taqdim etildi. 
29 may kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ularning oilalari va farzandlarining dam olishini unumli tashkil etish maqsadida istirohat bog'iga va “ARK”  muzeyiga 15 kishiga kasaba uyushmasi tomonidan taklifnoma berildi.   
Farzand ko'rganligi munosibati bilan G.Xakimovaga ma'muriyat tomonidan 100,0 ming so'm moddiy yordam ko'rsatildi.

Etti pir ziyoratgohi foto lavhalar

"Xalqaro bolalarni himoyalash kuni" foto lavhalar

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati                             17.06.2016


 

Sog'liqni mustahkamlash maqsadida boshqarmada ko'p yillar ishlayotgan xodim Davronova Dildora 2016 yil  27 iyundan 12 kun davomida Namangan viloyatining “Chortoq”  sanatoriyasiga yuborildi.

Tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarga sog'ligini qayta tiklash uchun sog'lomlashtirish oromgohlariga, hamda xodimlarning farzandlariga yoz mavsumida mazmunli dam olish va sog'liqlarini tiklash uchun,  2016 yil 14 iyundan 14 kun davomida Viloyat statistika boshqarmasida ishlayotgan 2 ta xodimlarning Pulatova Nafisa va Isamova Manzilaning farzandlariga “Moviy gulxan” oromgohiga imtiyozli yo'llanma olib berildi.

Viloyat statistika boshqarmasi kasaba uyushmalari mablag'lari hisobidan, boshqarmada mehnat qilayotgan kam ta'minlangan oiladagi ayol  Bozorova Guljamolga  elektr choynak tovari bepul taqdim etildi.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati                             18.07.2016


 

Viloyat statistika boshqarmasi majlislar zalida tashkil etilgan Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan boshqarmada samarali mehnat qilayotgan mehnat faoliyati davomida mamlakatimiz taraqqiyotiga yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo'shayotgan xodimlarning 10 nafari “O'zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan, 5 nafari Davlat statistika qo'mitasining faxriy yorlig'i bilan, 23 nafari viloyat statistika boshqarmasining faxriy yorlig'i bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan boshqarmaning barcha xodimlariga moddiy rag'batlantirildi.

Viloyat statistika boshqarmasida kasaba uyushmasi bilan birgalikda jori yilning 30 sentyabr kuni “Ayollar va yoshlar o'rtasida  sog'lom turmush tarzini shakllantirish” maqsadida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, turnik va boshqa turlari bo'yicha musobaqasi tashkil etilib, g'oliblar diplom va  sovg'alar bilan taqdirlandi.

2016 yil 15 sentyabr kuni “Qurbon hayiti” bayrami bilan viloyat statistika boshqarmasida hovlisida halisa tayyorlandi. Boshqarma xodimlari hamda ushbu sohada ishlab nafaqaga chiqqanlar uchun dasturxon yozildi.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati                             20.09.2016


Boshqarma xotin-qizlarining jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishiga keng jalb qilish tadbirlari o'tkazilib, ularning gimnastika bilan shug'ullanishlari uchun xotin-qizlar o'rtasida musobaqalar o'tkazilib ushbu tadbirda 15 nafar xodim ishtirok etdi.

Chora-tadbirda belgilangan boshqarma, tuman va shahar statistika bo'limlari binosi ichki qismlari ta'mirlanib, atroflar obodonlashtirildi va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati                             19.10.2016


eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 
Dekabr 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1840551
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.