Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Ko‘hna va navqiron Buxoro mehmonlarni o‘z bag'riga chorlamoqda

Festival shukuhi qalblarga ko’chdi

Uch kun davom etgan festivalning yopilish marosimi—Buxoro me’morchilik san’atining betakror namunasi bo’lgan Poyi Kalon majmuasidagi maydonda bo’lib o’tdi. Sayyohlik va hunarmandchilik bayramidan bir olam taassurot olgan chet ellik turistlar, mamlakatimizdagi xorijiy elchixonalar diplomatik korpusi, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari, respublikamiz turli burchaklaridan kelgan mehmonlar chehrasida quvonch balqib turibdi. Buxoroning buguni va porloq ertasi, mustaqillikni mustahkamlash uchun shijoat ko’rsatayotgan shahar ahli va yoshlar ko’zlarida esa g`urur va surur chaqnagan.

Soat 20.00. Chorlov sadolari yangraydi. Minbarga ko’tarilgan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Muhiddin Esanov va Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti direktori Pilxo Paklar XV an’anaviy "Ipak va ziravorlar" festivalining yuksak saviyada o’tkazilishiga hissa qo’shgan xalqaro tashkilotlar, olimlar, hunarmandlar, san’atkorlarga, volontyor sifatida xorijiy mehmonlarga xizmat ko’rsatgan yoshlarga minnatdorchilik izhor etishdi. Shuningdek, ular respublikamiz rahbariyati, xalqaro jamoatchilik, mutasaddi tashkilotlar, viloyat mehnat ahli kuch-g`ayrati, sa’y-harakatlari bilan Buxoroi sharif jahon turizmining yirik markaziga aylanishiga, milliy hunarmandchiligimiz yanada ravnaq topishiga ishonch bildirdilar. Festivalda faol ishtirok etib, g`olib deb topilgan xorijiy hamda respublikamiz viloyatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Toshkent shahrilik hunarmandlarga g`oliblik sertifikatlari va esdalik sovg`alari topshirildi.

Shundan so’ng tadbir ishtirokchilariga shoir Shodmon Sulaymon sstenariysi asosida rejissyor Rauf Avezov hamda rejissyor yordamchisi Hotamjon Axunov tomonidan ulug` shoir Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni asosida teatrlashtirilgan dasturi, “Buyuk Ipak yo’li” kompozistiyasi namoyish etildi.

Respublikamiz poytaxtidan tashrif buyurgan O’zbekiston Xalq artistlari G`ulomjon Yoqubov, Nasiba Abdullaeva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Yulduz Turdieva, Alisher Turdiev(Alisher Fayz), Ma’suma Boltaboeva, xonandalar Malika Egamberdieva, Rohila Ro’zimova, “Via Sharq”, “Surxon” guruhlari, viloyatimiz taniqli san’atkorlari, yosh ijrochilari kuylagan Buxoro shashmaqomi va mavrigi taronalari, mumtoz va zamonaviy qo’shiqlar dillarga zavq-shavq bag`ishladi. "Buxoro go’zallari", "Buxorcha" va "Buxoro mavjlari" ansambllarining raqqosalari hamda ommaviy o’yinlarda ishtirok etgan talaba qizlarning xoreografik chiqishlari konstertning bezagi bo’ldi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilgi festivalni Xorazm, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Toshkent, Andijon singari o’nta viloyat aholisi o’rnatilgan ulkan monitorlar orqali to’g`ridan to’g`ri kuzatib, festival shukuhini his etishdi.

Dastur Malika Egamberdieva ijrosidagi “O’zbekiston” taronasi bilan nihoyalanayotganda barcha san’atkorlar, tomoshabinlar final qo’shig`iga jo’r bo’lishdi.

Buxoro.uz                                                                                                                                 28-05-2016


 

Milliy liboslar namoyishi

Jahon xalqlari ko’zini quvontiruvchi milliy matolarimiz, ulardan tikilgan milliy liboslar ham azaliy qadriyatlarimizdan biri sifatida e’tirof etiladi.

Ommaviy madaniyat xuruji tobora xavf solayotgan bugungi globallashuv davrida yoshlarimizni aynan milliy liboslar orqali an’analarga sodiq etib tarbiyalashdagi ahamiyati nihoyatda cheksizdir.

Festival doirasida adras, atlas va boshqa matolardan milliy va zamonaviy dizayn uyg`unligida tikilgan liboslar ko’rgazmasi shu jihatdan yoshlarimizda katta taassurot qoldirdi.

Unda 15 ta dizayner tomonidan 200 dan ortiq kollekstiya taqdim etildi.

Hakamlar hay’ati  tomonidan iqtidorli dizayner Shahnoza Kamolovaning ishi 3-o’ringa, Anvar Sa’dullaev kollekstiyasi  esa 2-o’ringa munosib ko’rildi. Birinchi o’rin esa tojikistonlik dizayner Saidjamol Mansurovga nasib qildi.

Shuningdek ko’rgazma davomida Shahnoza Kamolova, Shamsiya Nabieva, Shahina To’raeva, Aziz Ro’ziev, Mohigul Jumaeva, Amira To’laeva  singari iqtidorli dizaynerlar tadbir tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanishdi.

Buxoro.uz                                                                                                                                 28-05-2016


 

Kurash bahslari shiddatli o’tdi

Xalqimizda or, nomus, matonat va shijoat azaldan ulug`lanib kelingan. Aynan ushbu jihatlar kurash sportida alohida ko’zga tashlanganligi uchun ham ushbu sport turi xalqimizning lozim topilsa birinchi raqamli milliy o’yini sifatida qadrlanadi.

Quvonarlisi shundaki, istiqlol yillarida kurash shunchaki milliy o’yin darajasidan o’sib, yildan yilga professional sport turi sifatida shakllandi. Uning rasmiy qonun qoidalari ishlab chiqilib, nafaqat yurtimiz, balki qit’a va jahon miqyosida turnir va chempionatlar o’tkazilmoqda. Bu orqali “Halol”, “Yonbosh”, “Chala”, “Dakki”, “Tanbeh” singari sof o’zbekona so’zlar ushbu sport turi atamasi sifatida jahon bo’ylab keng iste’molda qo’llanmoqda.

Mamlakatimizda kurashning bir necha turlari mavjud. Milliy kurashda esa asosan Buxoro kurashining ko’pgina elementlari asos qilib olingan.  Shu nuqtai nazardan “Ipak va ziravorlar” festivali doirasida o’tkazilgan kurash musobaqasi buxoroliklar va xorijlik tomoshabinlarning kuchli qiziqishiga sabab bo’ldi.

“Ark”  qo’rg’onida To’y kurashi tartibida o’tkazilgan musobaqada polvonlar o’rtaga qo’yilgan sovrin “tovoq”lar uchun o’zaro bel olishdilar. Unda chinni, gilam, mikroto’lqinli pech va boshqa qimmatbaho buyumlar qo’yilgan yuzdan ortiq “tovoq”lar bo’yicha murosasiz kurashlar bo’lib o’tdi.

Xususan, mikroto’lqinli pech, zamonaviy televizor “tovoq”lari uchun bahslarda buxorolik Nurbek To’raev hamda Erkin Doniyorovlar zafar quchishdi.

Nihoyat musobaqa yakunida o’rtaga tanlovning eng qimmatbaho sovrini qo’yildi. Tovoqqa tuya jonlig’i tikilgan bahsda surxondaryolik polvon Muhsin Hisomiddinov o’z tengsizligini namoyish etdi.

Buxoro.uz                                                                                                                                 28-05-2016


 

Milliy qadriyatlar in’ikosi

“Ipak va ziravorlar” festivalining ikkinchi kunida ham xalq amaliy san’ati ustalari, taniqli folklor va teatr guruhlari, xonandalari, musiqachilar, raqqosalar, baxshilar, qiziqchilar, chavandozlar, dizayner-rassomlar, hunarmandlar, oshpazlar, bir so’z bilan aytganga, madaniyat va san’at  sohasi vakillari o’z ko’rgazmalari bilan chiqishdi. “Toqi Sarrafon”, Toqi Telpakfurushon”, “Toqi Zargaron”, “Poyi Kalon” majmuasi, “Nodirdevonbegi”, “Ko’kaldosh” va “Abdulazizxon” madrasalari, “Timi Abdullaxon” karvonsaroyi, Ipakchilik markazlarida tashkil etilgan ko’rgazma-yarmarkalarda kandakorlik, zardo’zlik, miniatyura, to’qimachilik, ganjkorlik, milliy o’yinchoqlar va xalq amaliy san’atining ko’plab asarlari namoyish qilindi. Ikki yuzdan ortiq savdo peshtaxtalarida Urgutlik, shahrisabzlik va vodiylik tadbirkorlar ellikdan  ziyod ziravorlaru, yuzga yaqin shifobaxsh o’tlarni taklif etdilar. Shuningdek, chustlik pichoqchilar, rishtonlik kulollar, marg’ilonlik atlas va adras to’quvchilari, buxorolik zardo’z va kandakorlar, surxondaryolik kashtado’zlar, tojikistonlik va qirg’izistonlik tikuvchi-dizaynerlar o’z mahsulotlari bilan qatnashdilar.

Fursatdan foydalanib, festivalda ishtirok etayotgan xorijiy sayyohlarning fikri bilan qiziqdik:

Crag Thompson (AQSh):

Buxoroga ipak va ziravorlar festivalida ishtirok etish uchun keldim. Festival haqida internetda o`qigandim. Boshlanishidanoq bu festival menga yoqyapti.

 Xalqingizning an’analari, san’ati, milliy madaniyatining turli qirralari bilan tanishish imkoniga ega bo’lganimdan mamnunman. Ayniqsa, yoshlar tom ma’noda yayrashmoqda. Kayfiyatlari a’lo. Insonni lol etuvchi madaniyatdan hayratdaman.

      Bu ko’tarinki kayfiyat kishilarni Ona Vatanga mehru-muhabbat tuyg’ularini oshirib, ertangi kunga bo’lgan ishonchlarini yanada mustahkamladi.Chinakam zavqu shavq, xursandchilikka yo’g’rilgan festival dasturlari qalblarga quvonch, olam-olam kayfiyat bag’ishladi.

Angelica Baischnall ( Germaniya):

Shu kunlarda biz 8 kishidan iborat guruhimiz bilan Buyuk ipak yo`li bo`ylab safarga otlanganmiz. Festivalni tomosha qilish uchun kecha Xivadan qaytib keldik. Bunday festival tashkillashtirilishi Buyuk ipak yo`li nufuzini yanada ko`taradi deb o`ylayman.

Qo`chqor urishtirish musobaqasi uziga xos odat ekan. Men bunday manzarani birinchi marta ko`ryapman. Lekin haqiqatdan ham hayajonli musobaqa ekan.

Eduard Braulet, Fransiya:

— Men O’zbekistonning milliy madaniyati, san’ati, xalq an’analari va urf-odatlariga lol qoldim. Ayniqsa, folklor dastalarning chiqishlari meni maftun etdi. Shuningdek, mazkur festivalning faqatgina madaniyat va san’at qirralari bilan chegaralanib qolmay, sport rivojiga ham katta yo’l ochib berayotirki, Buxoroyi sharif tengsiz pahlavonlaru barkamol sportchilar bilan boy ekanligini namoyon bo’lmoqda. Bundan faqat hayratlanish, zavqlanish mumkin.

Stisvery Jisserent, Franstiya:

— “Ipak va ziravorlar” xalqaro turistik festivali o’n beshinchi bor o’tkazilayotgan ekan. Tantananing yuqori saviyada tashkil etilganiyu, pavilonlarning betakror savdo mahsulotlari bilan to’laligi kishi e’tiborini tortmay qo’ymaydi. Har biri o’ziga xos. Ipak tolalar kishi organizmi rivoji uchun “toza havo” rolini o’tasa, har bir ziravor “salomatlik qo’rg`oni” sifatida suvdek zarurat bo’lib xizmat qilar ekan.

Buxoro.uz                                                                                                                                 27-05-2016


 

Palov sayli

  Festival o’n  beshinchi bor o’tkazilishiga qaramay, unga qiziqish juda yuqori bo’lmoqda. Avvaliga xalq sayllariga besh ming nafar kishi ishtirok etishi rejalashtirilgan bo’lsa, mazkur galdagi festival kunlari bu ko’rsatkich 80 mingdan oshib ketdi. 400 nafardan ziyod folklor ijrochisi, 200 nafar xalq amaliy san’ati ustasi, 50dan ziyod milliy liboslar dizayneri, 30 nafardan ziyod chavandozlaru, oshpazlar festival salohiyatini oshirdi. Ayniqsa, “Gavkushon” madrasasida o’tkazilgan “Palov sayli”da mamlakatimizning eng sara palov ustalari ishtirok etishib, o’z pazandaliklarini namoyon etishdi. 15 nafarga yaqin oshpaz bellashgan mazkur saylda Buxoro shahrilik Sherzod Sharipov birinchi o’rinni, Buxoro tumanilik Abbos Naimov ikkinchi o’rinni qo’lga kiritib, qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Buxoro.uz                                                                                                                                 27-05-2016


 

Turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokamasi

Buxoroda o’tkazilayotgan “Ipak va ziravorlar” xalqaro festivalining ikkinchi kuni “Buxoroga xorijiy sarmoyalar, zamonaviy texnologiyalar va innovastion loyihalarni jalb qilish – turizm sohasini rivojlantirish, xizmat ko’rsatish tizimini yangilash hamda xalqaro tan olingan madaniy meros ob’ektlarini saqlab qolishning bosh mezoni sifatida” mavzusidagi xalqaro konferentsiya bilan boshlandi.

Shu kuni tongdanoq viloyatga tashrif buyurgan diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakillari, jahondagi taniqli olimlar maxsus ajratilgan avtobuslarda qadim sharq ma’naviyati darg’alaridan biri hazrat Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasiga yo’l olishdi. Muhtaram Yurtboshimiz tashabbuslari bilan qayta chiroy ochgan ushbu ziyoratgoh tarkibidagi konferents zalda nufuzli xalqaro anjuman ish boshladi.

Dastlab konferentsiyada Prezident Islom Karimovning yurtimizda turizmni rivojlantirish masalalari bo’yicha bildirgan fikrlari aks ettirilgan lavhalari namoyish etildi. Shundan so’ng ishtirokchilar e’tiboriga Ko’hna va boqiy Buxoro, bu Yerdagi obidalar, madaniy meros ob’ektlari tarixi va bugungi holati haqidagi film namoyish etildi.

Konferentsiyani viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi M. Esanov ochib berdi.

- Sharq durdonasi deya e’tirof etilgan Buxoroi sharif qadim Buyuk ipak yo’li chorrahasi sifatida o’rta asrlarda fan, madaniyat, savdo-sotiq va sayyohlik markazlaridan biri sifatida dovrug` qozongan, - dedi viloyat rahbari o’z kirish so’zida. -  Istiqlolning ilk yillaridanoq muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda milliy an’analar, madaniy qadriyatlarni qayta tiklash va asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, ushbu yo’nalishning uzviy bo’g`ini hisoblangan turizmni rivojlantirish, uning istiqbollarini shakllantirish, tarixiy obidalarni restavrastiya qilish, ularni muhofazalash, xalqaro sayyohlar va mehmonlarga sifatli servis xizmat ko’rsatish shart-sharoitlarini takomillashtirish orqali mamlakat iqtisodiyotida turizm ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buning natijasida yurtimiz turistik salohiyati yildan yilga oshib bormoqda.

Birgina viloyatimiz miqyosida oladigan bo’lsak, so’nggi besh yilda hududda sayyohlar oqimi 15-20 foizga oshdi. Ularning aksariyatini Ispaniya, Yaponiya, Malayziya, Indoneziya, Buyuk Britaniya singari xorijiy mamlakatlar vakillari tashkil etadi. Viloyatimizga tashrif buyurgan sayyohlarga etarli shart-sharoitlarni yaratish uchun turistik kompaniyalar soni 38 taga, mehmonxonalar 92 taga etkazildi. Ayni vaqtda ushbu mehmonxonalarda bir kunda 4,5 ming nafardan oshiq turistlarni qabul qilish imkoniyati mavjud.

Shu barobarida viloyatimizdagi mavjud imkoniyatlardan to’liq foydalanilganda ushbu raqamlar ko’lami yana bir necha barobarga ko’payadi.

 Xususan, kelgusida xalqaro miqyosda tan olingan ko’plab tarixiy yodgorliklarimizni muhofaza etish va turistik marshrutlarga qo’shish, ekoturizm, xalq tabobati, shashmaqom, folklor singari nomoddiy madaniy meroslarimizdan unumli foydalanish orqali viloyatda sayyohlarni yanada keng jalb etish imkoniyatlari mavjud.

Bugungi konferenstiya ishida xalqaro diplomatik korpus vakillari ishtirok etayotganligidan foydalanib, Buxoroda turizm sohasini rivojlantirish, xizmat ko’rsatish tizimini yangilash hamda xalqaro tan olingan madaniy meros ob’ektlarini saqlab qolishning bosh mezoni bo’lmish xorijiy sarmoyalar, zamonaviy texnologiyalar va innovastion loyihalarni jalb qilish masalalariga ham to’xtalishni joiz deb topdik.

Viloyatimiz investistion salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari nihoyatda keng bo’lib, avvalo qulay geografik hududda, M-37, A-380 xalqaro yo’llari kesishmasida joylashgan. Xalqaro yuklarni tashishda Turkmaniston orqali dengiz yo’liga bog`langan. Jahonda o’z nufuziga ega bo’lgan “Buxoro” xalqaro aeroporti, qulay temir yo’l qatnovi ham bu borada imkoniyatlarimiz anchayin kengligidan darak beradi. Agar joriy yilda Toshkent-Buxoro yo’nalishida atigi 3,5 soatda manzilga etib keladigan zamonaviy tezyurar poezdlarining yo’lga qo’yilishini inobatga olsak, hududda yo’lovchi va yuk tashish ko’lami yanada oshadi.

O’z navbatida hududda sanoat sohasining etakchi tarmoqlaridan bo’lmish engil sanoat va qurilish va qishloq xo’jaligi  mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati ham yuqori ekanligini qayd qilmoqchiman. Masalan, jahonda etalon sifatida qabul qilingan paxtaning “Buxoro-6” navi, ham tabiiyligi, ham ta’mi, ham tarkibidagi foydali mikroelementlar miqdori, shifobaxshligi nuqtai nazaridan jahonda noyob sanalgan meva-sabzavot va poliz mahsulotlari shu hududda etishtiriladi.

Endilikda, shu kabi xom ashyolarimizni jahon standartlari talablari asosida qayta ishlash va eksport qilish masalalarini hal etishni asosiy yo’nalish sifatida belgilaganmiz.

Shu nuqtai nazardan ta’kidlab o’tilgan mazkur yo’nalishlarda biz bilan ishlash hamda investistiya kiritish, zamonaviy texnologiyalar va innovastion loyihalarini viloyatimiz hududida qo’llash istagida bo’lgan xorijiy korxonalar va kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga tayyorligimizni bildiramiz.

Ruxsatingiz bilan bu boradagi tajribalarimiz xususida ham qisqacha to’xtalib o’tsam.

Viloyatda 2011-2015 yillarda jami 3 mlrd. 827,9 mln. AQSh dollar miqdorida xorijiy investistiyalar kiritildi.

2015 yilda xorijiy sarmoyalar hisobidan 522 mln AQSh dollari miqdorida kapital mablag` o’zlashtirilib, shundan 423 mln. dollari to’g`ridan-to’g`ri chet el investistiya va kreditlari va 99 mln. dollari Hukumat  kafolati ostidagi xorijiy investistiyalar va kreditlari  hisobiga to’g`ri keldi.

Biz bilan hamkorlik qilayotgan xorijiy korxonalar sifatida Rossiyaning “Lukoyl”,  Janubiy Koreyaning “POSCO”, “Hyundai Engineering”, Germaniyaning “KNAUF”, Xitoyning CNPC kabi yirik kompaniyalar nomini keltirish mumkin.

Bu boradagi ishlar ko’lamini yanada oshirish, qulay investistiya muhitini yaratish maqsadida bevosita mamlakatimiz rahbari, muhtaram Yurtboshimiz tomonlaridan qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to’g`ridan-to’g`ri qo’yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investistiya muhitini yaratish, respublika mintaqalariga xorijiy sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etilishini rag`batlantirish, xorijiy investorlar hamda xorijiy investistiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar va imtiyozlar tizimini yanada mustahkamlash maqsadida respublika qonunchiligi tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investistiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun keng ko’lamdagi kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklar tizimini  yaratildi.

Buning natijasida, birgina 2015 yilning o’zida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan 5,8 mlrd so’mlik soliq,  1 trillion 951,1 mlrd.so’mlik bojxona to’lovlaridan imtiyoz va preferenstiyalar qo’llanildi.

Albatta bu kabi imtiyozlar kelgusida mamlakatimiz, shu jumladan viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojida xorijiy investorlarni yanada kengroq jalb etishda, har ikki tomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Konferentsiya ishida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti direktori Pilxo Pak, viloyat hokimligi tashqi va iqtisodiy aloqalar, investistiya va savdo boshqarmasi boshlig`i Hojiakbar To’raev, “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo’limi boshqaruvchisi Sherzod Mahmudov, “DAEWOO TEXTILE  BUKHARA” korxonasi bosh direktori Byon Chung Soblar so’zga chiqib, anjumanning asosiy maqsadi Buxoroni dunyo turizm markaziga aylantirish, xalqaro hamkorlikni yanada yo’lga qo’yish, shuningdek, savdo-sotiq va milliy hunarmandchilikni rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.

Kunning ikkinchi yarmida konferentsiya uch yo’nalishdan iborat sektsiyalarga bo’linib o’z ishini davom ettirdi.

Buxoro.uz                                                                                                                                 27-05-2016


 

Hunarmandchilik va ziravor mahsulotlari namoyishi

Labi Hovuz atrofida tashkil etilgan 200 ga yaqin povilonlarda savdo-sotiq qizg’in pallada. Buyuk ipak yo’lining qadimiy bozorlarini eslatuvchi mazkur do’konlarda nafaqat, yurtimiz ustalari, balki chet ellik hunarmandlar ham bor. Ana shunday xorijiy mehmonlardan biri Hindistonning New Dehli shahridan Santosh Lalni suhbatga tortdik.

-Mazkur festivalga o’z zargarlik buyumlarim bilan ishtirok etayotgan bo’lsamda, bu zaminning har qadami qadimdan oltinga teng ekanligiga yana bir karra amin bo’ldim, - deydi u. – Qolaversa festival davomida o’zbek, xususan, buxoro zargarlik maktabi haqida olgan bilimlarim men uchun nihoyatda qimmatli bo’ldi.

- Ushbu festivalda o’zimiz tayyorlagan kulolchilik buyumlarini olib kelganmiz, - deydi Farg’ona viloyati Rishton tumanilik hunarmand Ravshan Tojiddinov. –tadbir davomida yurtimizda nafaqat kulolchilik, balki to’qimachilik, temirchilik, kandakorlik, gilamdo’zlik, zardo’zlik, kashtachilik va boshqa hunarmandchilik turlari tobora ravnaq topib borayotganligi, xalqimiz, xorijiy mehmonlarning ushbu mahsulotlarga qiziqishi va talabi nechog’li yuqori ekanligiga amin bo’ldim.

Tadbir davomida  G’ijduvon kulolchiligi, kandakorlik, temirchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo’zlik, ipak gilamchiligi hunarlari, shuningdek, rassomlik va miniatyura maktabi mahorat namoyishlari ham bo’lib o’tdi.

Festivalda ziravorchilar ham odatdagidek shifobaxsh va xushbo`y ziravorlari bilan ishtirok etishdi.  Jumladan, Buxoro shahridan ishtirok etayotgan ziravorchi Dilmurod Matlabov o`z so`zlarida ziravorlarning inson salomatligiga foydasi haqida alohida ta`kidlab o`tdi:

,,Yurtimizning tabarruk tuprog’ida unib, saxiy quyosh nurlarida to’yingan ziravorlarimiz ovqatga xushbo`y tam berishi bilan birga, tarkibida inson organizmi va uning salomatligi uchun kerak bo`ladigan vitaminlar ham mavjud. Masalan, sedana-ichki organizmlar faoliyatini maromida ushlash bilan birga, oshqozon- ichak faoliyatini yaxshilaydi. Respublikamizning tog`li hududlaridan olib kelinadigan kiyiko`ti esa buyraklar faoliyatini yaxshilaydi, o`lmaso`t jigar va o`tpufagi uchun juda foydali.

Buxoro.uz                                                                                                                                 26-05-2016


 

Milliy o’yinlar namoyishi

Ipak va ziravorlar festivali doirasida Ark qal’asining oldida Buxoro shahri xalq estrada-sirk guruhlari dorbozlari qiziqarli chiqishlari bilan festival mehmonlari zavqiga-zavq qo`shdilar. Qal’aning ort tomonidagi maydonda esa yuzlab tomoshabinlar qiyqiriqlari ostida xo’roz va qo’chqor urishtirish musobaqalari o’tkazildi.

Viloyatimizning qator tumanlaridan keltirilgan jangovar qo’chqorlar bahsida Buxoro tumani vakili  Abdulaziz Safarovning qo’chqori barchadan ustun keldi. Xo’rozlar jangida ham shu tuman vakili Sanjar Ramazonovning xo’rozi g’olib deb topildi.

- Aslida gap g’alabada emas, - deydi Abdulaziz Safarov. – Muhimi yurtimizda asriy qadriyatlarimiz qayta tiklanib, qadr topmoqda. Qolaversa bunday ko’ngilochar o’yinlar tinch, osoyishta mamlakatga yarashadi. 

Buxoro.uz                                                                                                                                 26-05-2016


 

Ipak va ziravorlar festivali boshlandi

25-26 may kuni Kogon temir yo`l vokzali, "Buxoro" xalqaro aeroporti va yirik avtomagistrallarning viloyatimizga kirish hududlarida tez-tez karnay-surnay navolari yangrab turdi. Bu joylarda jamoatchilik vakillari viloyat va Buxoro shahar hokimligi, "O`zbekturizm" milliy kompaniyasi hududiy boshqarmasi va "Hunarmand" uyushmasi viloyat bo`limi, “Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan XV "Ipak va ziravorlar" festivaliga tashrif buyurgan mehmonlarni gullar tortiq etib, kutib oldilar.

Qulay va ko`rkam mehmonxonalarga joylashtirilgan festival ishtirokchilari mamlakatimizning Qoraqalpog`iston Respublikasi, barcha viloyatlari va poytaxti, Tojikiston, Qirg`iziston, Afg`oniston va boshqa davlatlaridan kelgan hunarmandlar, sayyohlik tashkilotlari mutaxassislari, xorijiy davlatlarning Toshkentdagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlarning vakillari shaharning diqqatga sazovor joylari, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

26 may kuni ertalab Buxoroi sharifning Eski shahar qismi odatdagidan gavjum bo`ldi. Bu yerda sayyohlik tashkilotlari vakillari, hunarmandlar, viloyat musiqali drama va qo`g`irchoq teatrlari artistlari, shahar va tumanlardagi folklor-etnografik jamoalari, oliy va o`rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari, maktab o`quvchilari to`plandilar. XV "Ipak va ziravorlar" festivali ishtirokchilarining anjuman ochilishiga bag`ishlangan tantanali yurishi Ark qo`rg`onidan boshlandi.

Buyuk Ipak yo`li qadimiy karvonlarini eslatuvchi bayram qatnashchilari kolonnasi karnay-surnaylar va doyralar sadosi ostida Poyi Kalon majmuasi, Zargaron, Telpakfurushon toqlaridan o`tib, shaharning keng ko`chalari bo`ylab Labihovuz majmui tomon yo`l oldi. Milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy boyliklarimiz, urf-odatlarimizni aks ettiruvchi bu tantanali yurish qatnashchilari orasida Ibn Sino, Imom al-Buxoriy kabi ulug` allomalarimiz, xalqimiz milliy qahramonlari siymosini, turli mamlakatlar va elatlar liboslarini kiyib, raqs tushayotgan yigit-qizlarni, muqaddas shahar obidalari chiroyi oldida hayratda turgan chet ellik sayyohlarni yurtimiz shirinliklari bilan siylayotgan yoshlarni ko`rish mumkin edi.

Tantanali yurish ishtirokchilari Nodirdevonbegi madrasasi yoniga kelib to`xtaganida doyra sadolari ayni avjiga chiqdi. So`lim xiyobon bayramga chiqqan shaharliklar, respublikamizning turli mintaqalari va xorijdan kelgan mehmonlar bilan yanada gavjum edi. Bu yerda festivalning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Marosimda so`zga chiqqan Buxoro shahar hokimi Valijon O`rinov an’anaviy sayyohlik va hunarmandchilik bayrami—XV "Ipak va ziravorlar" festivalini ochiq deb e’lon qildi hamda xalqlar o`rtasida do`stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashga, milliy qadriyatlarimizni targ`ib qilishga, xalq amaliy san’atini, turizm va tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan bu anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, tadbirda so’zga chiqqan Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti direktori Pilxo Pak festival nufuzi yildan yil tobora kuchayib borayotganligi, shu bois unga tashrif buyuruvchi sayyohlar va rasmiy mehmonlarning soni oshayotganligini qayd etish asnosida, festival orqali jahon ahli o’zbek xalqining o`lmas va boqiy qadriyatlari, san`ati, ma`daniyati va hunarmandchilik durdonalaridan bahramand bo`lishayotganini alohida ta`kidlab o`tdi.

Ushbu marosim konsert das­turiga ulandi. Unda festival mehmonlari— yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan folk­lor-etnografik ansambllari, shuningdek, akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi viloyat bo`limining san’atkorlari qo`shiq va raqslari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi.

Buxoro.uz                                                                                                                                 26-05-2016


 

Ertaga XV "Ipak va ziravorlar" an’anaviy festivali boshlanadi

26-28 may kunlari Buxoroda XV "Ipak va ziravorlar" an’anaviy festivali bo’lib o’tadi. Milliy hunarmandchilikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, madaniy merosni asrash va Buxoroni jahon sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish maqsadi ko’zlangan ushbu festival viloyat hokimligi, "O’zbekturizm" milliy kompaniyasining Buxoro mintaqaviy bo’limi, O’zbekiston "Hunarmand" uyushmasining viloyat boshqarmasi tomonidan turli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Festivalda respublikamiz barcha hududlaridan xalq ustalari ishtirok etishadi. Ular mustaqillik tufayli tiklangan o’lmas milliy qadriyatlardan biri hisoblangan hunarmandchiligimiz namunalari—tabiiy ipakdan tayyorlangan atlas, adras va boshqa matolar, zardo’zi kiyim-kechaklar, kashtachilik, zargarlik, kulolchilik buyumlari, mis va yog’och o’ymakorligi mahsulotlari, miniatyura san’ati asarlarini namoyish etadilar. Yana bir muhim jihati, tadbirda qator xorijiy mamlakatlar hunarmandlari ham o’z ko’rgazmalari bilan qatnashadi.

Tabiiyki, sayyohlarni asosan xalqimizning milliy o’ziga xosligi qiziqtiradi. Ular festivalda o’zbek oshxonasi bilan tanishishlari, taomlarimiz va shirinliklarimizni tatib ko’rishlari mumkin. Shuningdek, mehmonlar milliy xalq o’yinlari zavqidan bahramand bo’libgina qolmay, bevosita ularda ishtirok etish, kuch sinashish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Festival dasturidan mamlakatimiz barcha hududlari folklor jamoalarining boy repertuardan iborat chiqishlari o’rin olgan.

Tadbirga qiziqish katta. Buxoroga respublikamizda faoliyat yuritayotgan ko’plab xorijiy davlatlar elchixonalari vakillari, BMT, YuNESKO, Butunjahon turizm va sayyohlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar mutasaddilari, shuningdek, chet el turkompaniyalari rahbar va mutaxassislari, xorijlik jurnalistlarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Bu qiziqish o’tgan yil "Ipak va ziravorlar" festivali yuqori saviyada o’tkazilgani va jahon ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgani bilan ham bog’liq.

— Shu yil bahor oyining boshida,—deydi "O’zbekturizm" milliy kompaniyasi viloyat bo’limi rahbari Sherzod Mahmudov,—Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridagi turkompaniyalar mutaxassislari Buxoroga kelib, festival haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar. Ularga viloyatimizning turizm salohiyati to’g’risida materiallar va o’tgan yil o’tkazilgan "Ipak va ziravorlar" tadbirlari tasvirga tushirilgan disklar taqdim qilindi. Kuni-kecha Rossiyadagi ikkita turkompaniya vakillari yuzga yaqin sayyohlarning festivalga borishlarini bildirishdi.

Xo’sh, festival mehmonlari va qatnashchilarini qabul qilish, ularga xizmat ko’rsatish uchun qanday imkoniyatlar bor? Suhbatdoshimizning ta’kidlashicha, bugungi kunda Buxoro shahri va uning atrofida 92 ta mehmonxona bo’lib, ular bir kunda to’rt ming nafar kishini qabul qiladi. Buxorodagi turfirmalar mijozlarga zamonaviy xizmat ko’rsatish bo’yicha etarli salohiyatga ega.

Festivalda respublikamizdagi 700 ta turkompaniya vakillari ham ishtirok etadi. Bu ularning xorijlik hamkasblari bilan sayyohlarni mamlakatimizga jalb qilish borasida o’zaro kelishuvlari uchun juda qulaydir.

Tadbir O’zbekistonning milliy madaniyati, xalqimiz urf-odatlari, hunarmandchiligi bilan yaqindan tanishtirish, yurtimizning sayyohlik imkoniyatini targ’ib etishga xizmat qilish bilan cheklanmaydi. Festival doirasida "Buxoroga xorijiy sarmoyalar, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion loyihalarni jalb qilish—turizm sohasini rivojlantirish, uning xizmat ko’rsatish tizimini yangilash hamda xalqaro e’tirof etilgan madaniy merosini asrab qolishning bosh mezoni sifatida" mavzuiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ham bo’lib o’tadi.

Nufuzli tadbir Buxoroning YuNESKO tomonidan Butunjahon madaniy merosi ob’ektlari ro’yxatiga kiritilgan eski shahar hududida o’tkazilishi tarixiylik va zamonaviylik nuqtai nazaridan yanada ahamiyatlidir.

Buxoro.uz                                                                                                                                 25-05-2016


 

Ko‘hna va navqiron Buxoro mehmonlarni o‘z bag'riga chorlamoqda

Joriy yilning 26-28 may kunlari Buxoro shahrida XV marotaba o‘tkazilayotgan “Ipak va Ziravorlar” festivali bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu festival doirasida ko‘plab qiziqarli tadbirlarni tashkil qilish ko‘zda tutilgan va har biri mahalliy va chet ellik mehmonlarni befarq qoldirmaydi.

Festival avvalo milliy liboslarda kiyingan yoshlar va keng aholi ishtirokida ko‘xna ananalarimiz va qadriyatlarimizni torg‘ib etgan holda tantanali yurish tashkil qilinadi. Mazkur tadbir ijodiy guruh tomonidan sahnalashtirilgan dastur asosida Buxopo shahrining tarixiy kismida o‘tkaziladi.

“Ipak va Ziravorlar” festivalga tashrif buyurgan respublika va xorijlik hunarmandlar, ziravorchilar hamda tadbirkorlar mahsulotlarining savdo yarmarkasi tashkil qilinadi.

Xalkaro miqyosdagi tadbirlar, tanlov hamda ko‘rgazmalarda muvaffakiyatli ishtirok etib kelayotgai usta-hunarmandlar (zardo‘zlik, kandakorlik, kulolchilik, miniatyura san’ati, temirchilik, gilam va atlas to‘qish, kashtachilik va h.k.) tomonidan mahorat maktabliri o‘tkaziladi hamda milliy hunarmandchilik ustaxonalaridagi faoliyat namoyish etiladi.

Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzinn targ‘ib qilish, milliy o‘yinlarimizning tarixi, istiqlol yillarida ularni qayta tiklash hamda rivojlantirishga qaratilgan yuksak e’tibor, bu yo‘nalishda erishilgan yutuqlarimizni xorijiy sayyohlarga namoyish qilish maqsadida turli milliy kurash musobaqalari, xo‘roz urushtirish, qo‘chqor jangi, dorbozlik kabi bir necha asrdan beri saqlanib kelayotgan xalq uyinlari tashkil etiladi.

Yurtimizning turli hududlaridan kelgan mashhur oshpazlar o‘rtasida uyushtiriladigan “Palov sayli” ko‘rik tanlovi milliy oshxonamiz muhlislari uchun haqiqiy “Oshpazlar jangi”dan baxramand bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

Zamonaviy kiyim-kechaklar modasi va kiyinish madaniyati mavzusi ham festival dasturiga kiritilgan bo‘lib, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati xamda “Hunarmand” uyushmasi bilan xamkorlikda yosh dizaynerlar tomonidan milliy va zamonaviylikni o‘zida mujassam etgan atlas va adrasdan tikilgan liboslar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

“Byxopo tarixiy ijtimoiy-madaniy ananalarining zamonaviy tamaddum talablari kesimidagi rivoji” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga esa mamlakatimizdagi diplomatik korpuslar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijiy mehmonlar va investorlar taklif etiladi, ular ishtirokida viloyatning yuqori turistik salohiyati, uni rivojlantirishning istiqbollari xorijiy investorlar bilan hamkorlik masalalari, sayyohlik va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada takomillashtirish, sohada faoliyat yurituvchi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, turli investitsion loyihalar muhokama qilinadi na investorlarni jalb qilishga qaratilgan takdimotlar o‘tkaziladi. Konferensiya yakunlariga ko‘ra, hamkorlik shartnomalari va investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Festivalning ko‘ngilochar dasturlari qatoriga turli viloyatlarning folklor jamoalari tomonidan Buxoro shahri tarixiy joylarida qiziqarli madaniy dasturlar namoyishi hamda yurtimizning taniqli va yosh iste’dodli san’atkorlari ijrosidagi gala konsert tashkil qilinadi.

Festival so‘nggida esa madaniy merosimiz hamda "Ipak va ziravorlar” festivalining mazmun mohiyatini ochib beruvchi sahnalashtirilgan badiiy-kompozitsion dastur hamda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash tadbiri o‘tkaziladi.

Tadbirkorlik sub’ektlari, turoperatorlari chet ellik mehmonlarni ushbu tadbir uchun 26-28 may kunlari Buxoro shahriga jalb qilishlarini so‘raymiz.

www.uzbektourism.uz

eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 
Dekabr 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1840620
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.