Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Statistika tarixi

O'zbekistonda statistika tizimining rivojlanish solnomasi

  • 1868y. Turkiston General Gubernatorligi General-Gubernatorining 1868 yil 22 yanvardagi 13-sonli buyrug'iga asosan Turkiston statistika qo'mitasi tashkil etilgan. Qo'mita General - Gubernatorlik kantselyariyasi mudiri raisligida faoliyat yuritgan.
  • 1887y. O'lka General Gubernatorining 1887 yil 29 avgustdagi 98-sonli buyrug'iga asosan Sirdaryo, Samarqand va Farg'ona viloyatlari statistika qo'mitalari tashkil etilgan. Ushbu qo'mitalar Rossiya Ichki ishlar vazirligi Markaziy statistika qo'mitasining bevosita rahbarligi ostida faoliyat yuritgan.
  • 1919y. Turkiston aSSR Markaziy ijroiya komitetining 1919 yil 17 dekabrdagi 140-sonli dekretiga asosan Turkiston aSSR Markaziy statistika boshqarmasi tashkil etilgan.
  • 1924y. SSSR Markaziy statistika boshqarmasi O'rta Osiyo bo'yicha muxtor vakilining 1924 yil 30 noyabrdagi 1-sonli buyrug'iga asosan O'zbekiston SSR Markaziy statistika boshqarmasi tashkil etilgan. Boshqarma 1925 yil 22 martdan O'zbekiston SSR Markaziy ijroiya komitetining qaroriga asosan Samarqand shahriga (Qarshi ko'chasi 18-uy) ko'chirilgan va 1931 yil 7 yanvargacha shu joyda faoliyat olib borgan.
  • 1930y. SSSR Xalq komissarlari soveti va Markaziy ijroiya komitetining 1930 yil 23 yanvardagi qaroriga asosan O'zbekiston SSR Davlat plan komitetining Iqtisodiy-statistik sektori tashkil etilgan.
  • 1931y. SSSR Xalq komissarlari soveti va Markaziy ijroiya komitetining 1931 yil 17 dekabrdagi qaroriga asosan O'zbekiston SSR Davlat plan komiteti huzuridagi Xalq xo'jaligi hisobi boshqarmasi tashkil etilgan. 
  • 1941y. SSSR Xalq komissarlari soveti va TSK VKP(b)ning 1941 yil 21 martdagi qarori hamda SSSR Davlat plan komiteti Markaziy statistika boshqarmasining 1941 yil 27 martdagi 77-sonli buyrug'iga asosan O'zbekiston SSR Statistika boshqarmasi tashkil etilgan.
  • 1944y. SSSR Xalq komissarlari sovetining 1943 yil 15 dekabrdagi 1377-sonli qarori va SSSR Davlat plan komitetining 1943 yil 23 dekabrdagi 1319-sonli buyrug'iga asosan SSSR Davlat plan komitetining O'zbekiston SSR bo'yicha Muxtor statistika boshqarmasi tashkil etilgan.
  • 1948y. SSSR Ministrlar Sovetining 1948 yil 10 avgustdagi 3018-sonli qarori va SSSR Markaziy statistika boshqarmasining 1948 yil 14 avgustdagi 14-sonli buyrug'iga asosan O'zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Statistika boshqarmasi tashkil etilgan.
  • 1960y. O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1960 yil 9 fevraldagi 75-sonli farmoniga asosan O'zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Markaziy statistika boshqarmasi tashkil etilgan.
  • 1978y. O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 1978 yil 26 iyuldagi 492-IX-sonli qaroriga asosan O'zbekiston SSR Markaziy statistika boshqarmasi tashkil etilgan.
  • 1987y. O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1987 yil 24 avgustdagi 1867-XI-sonli farmoniga asosan O'zbekiston SSR Davlat statistika komiteti tashkil etilgan.
  • 1992y. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 5 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat komitetini tashkil etish to'g'risida" gi PF-449-sonli farmoniga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat komiteti tashkil etilgan.
  • 1997y. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 15 maydagi "O'zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo'mitasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirish to'g'risida"gi PF-1870-sonli farmoniga asosan O'zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tashkil etilgan.
  • 2002y. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 dekabrdagi "Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to'g'risida"gi PF-3183-sonli farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 8-sonli qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tashkil etilgan.

     O'zbekistonda statistika xizmatlari rahbarlari

  • 1868y. avgustdan - General-mayor Geyns  
  • 1887y. avgustdan - Ma'lumotlar mavjud emas
  • Ma'lumotlar mavjud emas - Rusinov V.V.
  • Dekabr 1919y. - Dekabr 1924y. - Krasnovskiy D.P.
  • Dekabr 1924y. - Aprel 1927y. - Vasilev Konstantin Petrovich
  • Aprel 1927y. - Oktyabr 1930y. - Truxan V.M.
  • Oktyabr 1930y. - Oktyabr 1937y. - Zokirov Boqijon alimovich
  • Aprel 1938y. - Iyun 1944y. - Jbanov Pavel Semenovich
  • Iyul 1944y. - Mart 1946y. - Yunusov Xilal
  • Mart 1946y. - Aprel 1963y. - Schastnev Nikolay Vsevolodovich
  • Aprel 1963y. - Dekabr 1976y. - Zayko Georgiy Ivanovich
  • Dekabr 1976y. - Yanvar 1984y. - Maxmudov Sulton Mamadalievich
  • Yanvar 1984y. - Fevral 1985y. - Mirsaidov Shukurullo Raxmatovich
  • Fevral 1985y. - Dekabr 1988y. - Sodiqov Mirzokir Komilovich
  • Dekabr 1988y. - Avgust 1992y. - Xojimurotov Shuxrat Murodovich
  • Avgust 1992y. - Oktyabr 1993y. - Voxidov Botir Tolipovich
  • Oktyabr 1993y. - Aprel 1994y. - Nosirov Po'lat Xayrullaevich
  • Aprel 1994y. - Iyul 1995y. - Sayfullin Rinat axmedjanovich
  • Avgust 1995y. - Yanvar 2002y. - Qudratov G`ofurjon Sobirovich
  • Yanvar 2002y. - Yanvar 2003y. - Ibroximov Shavkat G`ulomovich
  • Yanvar 2003y. - Yanvar 2010y. - Qudratov G`ofurjon Sobirovich
  • Yanvar 2010y. - hozirgi kunga qadar - To'rаyev Botir Eshboyevich

  Buxoroda statistika xizmatlari rahbarlari

  • 1959y. - 1978y. - Roziqov Manaf Roziqovich
  • 1979y. - 1985y. - Xamraev Raxim Jumaevich
  • 1987y. - 2003y. - Manakova Svetlana Nikalaevna
  • 2004y. - 2009y. - Xamroev Sayfullo Saydullayevich
  • 2009y. - 2017y. - Giyazov Bahodir Bayazovich

eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 
Dekabr 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1840610
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.