Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

O`zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar statistika tashkilotlari o`rtasidagi statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risidagi ikkitomonlama bitimlar:

1. O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi statistika Davlat qo`mitasi o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida Bitim. Toshkent, 20 yanvar 1999 yil.

2. O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan Ukraina Davlat statistika qo`mitasi o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida Bitim. Kiev, 20 may 1999 yil.

3. O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan Ozorboyjon Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida Bitim. Toshkent, 23 iyul 1999 yil.

4. O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan Gruziya davlat statistika departamenti o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida Bitim. Toshkent, 3 fevral 2000 yil.

5. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan Koreya Respublikasi “Koreya Statistiks” o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida Anglashuv Memorandumi. Toshkent, 24 avgust 2011 yil. 

6. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan Qirg’iziston Respublikasi Milliy statistika qo’mitasi o’rtasida anglashuv va hamkorlik memorandumi,Toshkent, 5 oktyabr 2017 yil.

Olmota shahrida (Qozog’iston) “ BRM ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar manbalarini integratsiyalash ” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

28-30 noyabr 2017

2017 yil 28-30 noyabr kunlari “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar manbalarini integratsiyalash” mavzusida Olmota shahrida (Qozog’iston) seminar bo’lib o’tdi. Mazkur ishchi seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Statistika bo’limi, Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi, Atrof muhit bo’yicha dasturi va Qozog’iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligining statistika qo’mitasi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Ta’lim, sog’liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo’limi boshlig’i v.b. D.Raxmatullayev va Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo'limi bosh mutaxassisi A.G’afurovlar  ishtirok etdi.

Seminarda Sharqiy Evropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo (ShEKMO), Mongoliya, Rossiya, Turkiya milliy statistika idoralari vakillari, BMTning statistika bo`limi, BMTning Yevropa bo`yicha iqtisodiy komissiyasi statistika bo’limi, Jahon Banki, BMTning oziq- ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, BMTning Atrof muhit bo’yicha dasturi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda BRM indikatorlarini shakllantirishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar (ma’muriy ma’lumotlar, registr ma’lumotlari, geografik ma’lumotlar)dan foydalanishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro valyuta fondi eksperti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

24 noyabr 2017

Joriy yilning 24 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Xalqaro valyuta fondi eksperti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, to`lov balansi statistikasini shakllantirish, tashqi savdo statistikasi, uy xo`jaliklarini kuzatuvi, sanoat va taqshi iqtisodiy faoliyat statistikasi masalalari muhokama etildi. Uchsharuv iliq va do`stona ruhda o`tdi. 

O`zbekistondagi Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Gyunter Overfeld uchrashuvi bo`lib o`tdi

22 noyabr 2017

Uchrashuvda, O`zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o`rtasida ko`plab sohalardagi samarali hamkorlik yo`lga qo`yilayotganligi e`tirof etilib, ikki davlat statistika organlari o`rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.  

Uchrashuv yakunida Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorchilik bildirdi va kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi. 

Tedjon shahrida (Janubiy Koreya) “Osiyo va Tinch Okeani mintaqalarida aholini ro’yxatdan o’tkazish uslubiyatini ishlab chiqish va uni qo’llash” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

21-22 noyabr 2017

2017 yil 21-22 noyabr kunlari “Osiyo va Tinch Okeani mintaqalarida aholini ro’yxatdan o’tkazish uslubiyatini ishlab chiqish va uni qo’llash” mavzusida Tedjon shahrida (Janubiy Koreya) seminar bo’lib o’tdi. Mazkur seminar Janubiy Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT) va Osiyo-Tinch Okeani mintaqalari bo’yicha aholishunoslik instituti (APPI) tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to’lash ko`rsatkichlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi yetakchi mutahassisi Z.Khudayarova ishtirok etdi.

Seminarda AQSh, Niderlandiya, Mongoliya, Vetnam, Tayland, Shri-Lanka, Janubiy Koreya, O’zbekiston milliy statistika idoralari mutaxassislari, Osiyo va Tinch Okeani mintaqalari bo’yicha aholishunoslik instituti (APPI), Janubiy Koreya milliy universiteti mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etishdi.

Seminarda aholini ro’yxatdan o’tkazishda zamonaviy uslublardan foydalanish texnologiyasini shakllantirish, aholini ro’yxatdan o’tkazishda ma’muriy ma’lumotlardan foydalanishning afzalligi, internet va aholi registri ma’lumotlari bazasi yordamida aholini ro’yxatdan o’tkazishni takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Birlashgan Millatlar tashkiloti va YuNDAF bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning birgalikdagi yig`ilishi

13 noyabr 2017

2017 yilning 13 noyabrida “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida Birlashgan Millatlar tashkiloti va YuNDAF bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning birgalikdagi ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu tadbirda 2017-2020 yillardagi O`zbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar tashkilotining hamkorligini yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy choralar Rejasi (“Yo`l xaritasi”) muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, ishtirokchilar Yo`l xaritasi, Harakatlar strategiyasi (2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi), barqaror rivojlanish sohasidagi Kun tartibi va YuNDAF orasidagi o`zaro bog`liqligi bilan ham tanishtirildi.  

Yig`ilishda BMT Bosh kotibining yordamchisi Jixan Sultono`g`li xonim, BMTning O`zbekiston Respublikasidagi doimiy muvofiqlashtiruvchi vakili Xelena Freyzer xonim hamda tegishli vazirlik va idoralar, shu jumladan Davlat statistika qo`mitasi vakillari ishtirok etdilar. 

Davlat statistika qo`mitasida Yevropa ittifoqi komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

13 noyabr 2017

2017 yil 13 noyabr kuni, Davlat statistika qo`mitasida Yevropa ittifoqi komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, davlat statistika organlarining faoliyati, ekspertlarning ishi uchun zarur bo`lgan statistik ma`lumotlarni o`z vaqtida va qulay tarzda taqdim etilishi masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi. 

Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

10 noyabr 2017

Joriy yilning 10 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy sector bo’yicha Konsultativ missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvdan ko`zlangan maqsad, O`zbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimiga qo’shilishi yuzasidan erishilgan natijalar, shuningdek Missiyaning O`zbekiston Respublikasida faoliyatini davom ettirishi uchun statistik ma’lumotlarni olish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni muhokama qilish edi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi. 

2017 yil 30-31 oktabr va 1-2 noyabr kunlari  Jeneva shahrida (Shveytsariya) “Migratsiya statistikasi” mavzusida ishchi sessiya va seminar bo’lib o’tdi.

30 oktabr va 2 noyabr 2017

2017 yil 30-31 oktabr va 1-2 noyabr kunlari “Migratsiya statistikasi” mavzusida Jeneva shahrida (Shveytsariya) ishchi sessiya va seminar bo’lib o’tdi. Mazkur ishchi sessiya va seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) va Yevrostat tomonidan tashkil etildi.

Ishchi sessiya va seminarda Davlat statistika qo’mitasining Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish va tahlil etish bo`limi yetakchi mutahassisi D.Yeshniyazov ishtirok etdi.

Ishchi sessiya va seminarda BMT YIK a’zo mamlakatlari milliy statistika idoralari vakillari, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Statistika Qo’mitasi, Yevropa Statistika idorasi (Yevrostat), Moskva Davlat universiteti, BMTning Yevropa bo`yicha iqtisodiy komissiyasi statistika bo`limi, UNFPA, UNICEF, UNHCR, Jahon Savdo Tashkiloti, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Ishchi sessiya va seminarda migratsiya statistikasi ma’lumotlarini shakllantirishda ma’muriy ma’lumotlar va uy xo’jaligida tanlanma kuzatuv ma’lumotlaridan foydalanishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

7 noyabr 2017 

2017 yil 7 noyabr kuni, Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, ijtimoiy himoya va kambag`allik darajasini aniqlash sohasida Davlat statistika qo`mitasining o`rni hamda aholini ijtimoiy himoyalash bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirish va taqdim etilishi masalalari yuzasidan muhokamalar bo`lib o`tdi.

Shuningdek, uchrashuvda aholi turmush darajasi statistikasiga oid dolzarb yo`nalishlarda Jahon banki tomonidan texnik va uslubiy jihatdan ko`maklashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

 

 

2017 yil 16-21 аprel kunlari KOSTAT delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 16-21 aprel kunlari Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT)ning 5 kishidan iborat vakillari Davlat statistika qo`mitasiga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif Davlat statistika qo`mitasi va Koreya Respublikasi statistika tashkiloti (KOSTAT) o`rtasida 2011 yil 24 avgustda imzolangan “Statistika sohasida hamkorlik to`g`risidagi Anglashuv memorandumi”ga muvofiq tashkil etildi.

Tashrif davomida 17-18 aprel kunlari Davlat statistika qo`mitasida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida bir qator seminarlar o`tkazildi. Jumladan, KOSTAT vakillari “Koreya Milliy Statistika tizimi”, “Jamoat bilan aloqa”, “Axolini ro’yhatga olish va demografiya statistikasi tizimlari”, “ Xalqaro Migratsiya Statistikasi” mavzularida taqdimotlar o`tkazishib, Koreya Respublikasi tajribasi to`g`risida batafsil axborot berishdi. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi vakillari Qo’mitaning faoliyati, tashkiliy tuzilmasi, vazifalari bilan mehmonlarni tanishtirishdi va hamda “Fuqorolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish va aholining tabiiy harakati statistikasi”, “Inson resurslari boshqaruvi tizimi (inson resurslarini rivojlantirish, baholash), xodimlar boshqaruvi va farovonligini qo'llab-quvvatlash” va “Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlar markazi” mavzularida taqdimotlar namoyish etildi.

 19 – 21 aprel kunlari KOSTAT delegatsiyasi Samarqand va Buxoro viloyati statistika boshqarmalariga tashrif buyurishdi va Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarining tarixiy obidalarini hamda diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.

KOSTAT delegatsiyasining O`zbekistonga tashrifi va Davlat statistika qo`mitasi vakillari bilan uchrashuvlari juda iliq va do`stona ruhda o`tdi.


O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan Qirg`iziston Respublikasi Milliy statistika qo`mitasi o`rtasida o`zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi:

Memorandum joriy yilning 5 oktyabr kuni, Ko`ksaroy qarorgohida,  Qirg`iziston Respublikasi rasmiy delegatsiyasining O`zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich va Qirg`iziston Respublikasi Milliy statistika qo`mitasi Raisi Sultanov Akilbek Shakirovich tomonidan tantanali ravishda imzolandi.

Mazkur memorandum xalqaro iqtisodiy va statistika tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etishda, ayniqsa, statistik ma’lumot bazalarini boshqarish va statistik ma’lumotlarni to’plashda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha tajriba almashish, ilmiy va metodologik tadqiqotlar hamda o’zaro manfaatli loyihalarda hamkorlik qilish, har ikki mamlakatdahi iqjtimoiy-iqtisodiy holat haqidagi nashrlarni almashish, statistic kuzatuvlarni o’tkazish, statistic tizimlarni yaratish va yuritish uchun muhim bo’lgan statistik materiallar va metodologik hujjatlarni almashish hamda statistic ma’lumotni yigish, qayta ishlash va tahlil qilish bo’yicha  mutaxassislarning o’zaro tajriba almashuv tashriflarini tashkil etish kabi yo’nalishlarda keg qamrovli va samarali hamkorlikni ko’zda tutadi.

Shuningdek, memorandumda  statistika sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, tenglik va o`zaro manfaatdorlik asosida ikki tomonlama hamkorlikni yanada ilgari surish maqsadlari o`z aksini topgan.


O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi (Goskomstat) bilan Koreya Respublikasi “Koreya Statistiks” (KOSTAT) o`rtasida Toshkent shaxrida 2011 yil 24 avgust kuni imzolangan statistika sohasida hamkorlik to`g`risida Anglashuv Memorandumi doirasida 2011-2015 yillarda quyidagi ikkitomonlama uchrashuvlar amalga oshirilgan:

05.09-09.09.2016y. Goskomstat vakillarining KOSTAT va Goskomstatda metama’lumotlar almashinuvi standartlari, aholi bandligi va mehnat statistikasi, ma'muriy ma'lumotlarni yig’ish va ulardan foydalanish sohalarida tajriba almashish borasidagi  KOSTATga tashrifi.

Tashrif chog'ida tomonlar yuqorida keltirilgan mavzularda, shuningdek Goskomstat va KOSTATning statistik tizimlari to’g’risida prezentatsiyalar namoish qilishdi. Prezentatsiya chog’ida ishtirokchilar KOSTATning tashkiliy tuzilishi, tarixi, asosiy vazifalari, ko'rsatkichlari va xalqaro hamkorligining ustuvor yo’nalishlari bilan tanishishdi. Shuningdek xar bir prezentatsiyadan so’ng  munozaralar bo'lib o'tdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Goskomstat vakillari  Tedjon shaxridagi statistika rivojlanishi tarixiga bag'ishlangan ko'rgazma zaliga tashrif buyurishdi. Shuningdek, Dongnam (Busan) hududiy  statistika boshqarmasiga tashrif uyushtirildi. Dongnam hududiy  statistika boshqarmasi direktori va xodimlari bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Narx statistikasi kuzatuvi bo’yicha videorolik va presentatsiya namoyish etildi.


30.11 - 04.12.2015y. Goskomstat vakillarining qishloq xo`jaligi va baliqchilik soxasida ro`yxatga olish kuzatuvlari bilan tanishish maqsadida o`tkazilgan treningda qatnashish uchun KOSTATga tashrifi.

Treningning asosiy maqsadi Goskomstat vakillarini Koreyaning qishloq xo`jalik va baliqchilik sohasida kuzatuvlarini o`tkazilish tartibi, ma`lumotlarni yig`ish usullari, kuzatuv natijalarini umumlashtirish va shakllantirish tartibi bilan tanishtirish hamda shu yo`nalishdagi tajribalar bilan o`zaro almashish edi.

Tashrif mobaynida Goskomstat vakillari Busan, Sejon, Xion Doy, Dongnam va Seul shaxarlaridagi xududiy statistik boshqarmalari faoliyati bilan hamda qishloq xo`jaligi va baliqchilik sohasida statistik kuzatuvini tashkillashtirish, olingan ma`lumotlarni tahlil qilish, ma`lumotlarni dasturiy ta`minotga kiritish jarayoni bilan tanishib chiqishdi.

Tashrif dasturiga asosan, Goskomstat vakillari Gijang markaziy boshqarmasiga va axborot markaziga hamda qator fermer va uy xo`jaliklariga tashrif uyushtirishdi.


26.04 - 01.05.2015у. KOSTAT vakillarining O`zbekiston va Koreyaning axoli sonini xisoblashning amaldagi metodikasi bilan tanishish, axolini ro`yxatga olish, qishloq xo`jaligini ro`yxatga olishni tashkillashtirish masalalari bo`yicha Goskomstatga uyushtirgan tashrifi.

Ikki tomonlama uchrashuv mobaynida Goskomstat tomonidan O`zbekiston Respublikasi aholi sonini amaldagi ro`yxatga olish metodikasi, 2011 yilgi axoli sonini tanlanma kuzatuvini tashkillashtirish va o`tkazilish jarayoni, O`zbekistonda qishloq xo`jaligi statistikasi bilan bog`liq masalalarga izox berildi.

KOSTAT vakillari Koreyada muntazam o`tkaziladigan axolini va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olinishi to`g`risida prezentatsiyalarini namoyish qilishdi.

Tashrif doirasida KOSTAT vakillarini Samarqand viloyati statistika boshqarmasiga tashrifi tashkillashtirildi.


25.05 - 01.06.2014y. Goskomstat vakillarining statistik ma`lumotlarni tarqatish jarayonida ma`lumotlarni vizuallashtirish, statistik tizimni yaxshilash borasida Koreya strategiyasini o`rganish, uy xo`jaliklari daromad va harajatlari kuzatuvi jarayonida elektron kundalikdan foydalanish sohalarida tajriba almashish borasidagi KOSTATga tashrifi.

Uchrashuv davomida Goskomstat amaliyotida qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari va qishloq xo`jaligi maxsulotlari narxlari bo`yicha statistik kuzatuvlarni tashkillashtirish borasida fikrlar almashinuvi bo`lib o`tdi. Goskomstat vakillari Koreyaning qishloq xo`jaligi statistikasi va guruch yetishtirish kuzatuvini tashkillashtirish tartibi bilan tanishib chiqishdi.

Uchrashuv doirasida Goskomstat vakillari Dong-nam xududiy statistik boshqarmasi faoliyati bilan tanishishdi.


17.09 - 20.09.2013y. KOSTAT vakillarining ishchi kuchi kuzatuvlarini internetdan foydalangan holda tashkillashtirish, uy xo`jaligi daromad/xarajatlari kuzatuvlarida, uy xo`jaligi turmush darajasi kuzatuvlarida va moliyaviy kuzatuvlarida elektron jurnaldan foydalanish bo`yicha tajriba almashish borasida Goskomstatga tashrifi.

KOSTAT vakillari O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy statistikani qamrab oluvchi sohalar, ularning statistik kuzatuv usullari, statistik kuzatuvlar jarayonida, statistik ma`lumotlarning davriyligini shakllantirishda Goskomstat tomonidan foydalaniladigan statistik xisobot turlari, statistik nashrlar va foydalanuvchilar turlari bilan qisqacha tanishib chiqishdi. Shuningdek, uchrashuv doirasida yuqorida ko`rsatilgan mavzularda namoyish etilgan prezentatsiyalar bo`yicha qiziqtirgan savollar muxokama qilindi.

KOSTAT delegatsiyasi 19-20 sentyabr kunlari tashrif dasturiga binoan Samarqand viloyat statistikasiga tashrif buyurib, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechirishdi.


18.06 – 22.06.2012 y. Goskomstat vakillarining milliy statistika tizimlarining tuzilishi va faoliyati bo`yicha tajriba almashish borasidagi KOSTATga tashrifi.

19 dan 21 iyunga qadar Tedjon va Sunchen shaharlarida O`zbekiston va Koreya statistika vakillarining statistik tizimni muvofiqlashtirish va strategik rejalashtirish, sifat tizimini joriy qilish, statistika tizimida Internet-texnologiyalarni amaliyotda qo`llanishini tashkil etish bilan bog`liq masalalarda muzokaralar bo`lib o`tdi.

Tashrif doirasida tomonlarning tegishli taqdimotlari namoyish etildi.

Shuningdek Goskomstat vakillari KOSTATning hududiy boshqarmalari faoliyati, ularning statistik ma`lumotlarni yig`ish va qayta ishlashda foydalanadigan texnologiyalari bilan tanishib chiqishdi.


22.08 - 26.08.2011 y. KOSTAT vakillarining Anglashuv Memorandumini imzolash, davlatlarning milliy statitika tizimlari bilan o`zaro tanishuvi borasidagi Goskomstatga tashrifi.

2011 yil 24 avgust kuni Goskomstat va KOSTAT o`rtasida statistika sohasida hamkorlik to`g`risida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Ikki tomonlama uchrashuv mobaynida KOSTAT delegatsiyasi O`zbekiston Respublikasi statistika tizimi va davlat statistikasi rivojlanishining yakin istiqboldagi asosiy yo`nalishlari bilan tanishishdi. Tomonlar, shuningdek, statistika sohasidagi hamkorlik mavzusida muzokaralar o`tkazishdi.

Uchrashuv mobaynida KOSTAT vakillari Samarqand viloyat statistika boshqarmasiga tashrif buyurishdi hamda Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechirishdi.


Tugmani bosing Tinglash