Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

 

Profilaktika ishlari olib borilayotgani sababli telefonlar faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz!

 

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1KG. SO‘MDA (2020-YIL 1-SENTABR HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4 716
2 / 17
Guruch - 8 181
3 / 17
Kartoshka - 3 596
4 / 17
Karam - 2 089
5 / 17
Pomidor -2 565
6 / 17
Bodring - 2 539
7 / 17
Sabzi - 3 047
8 / 17
No‘shpiyoz - 1 687
9 / 17
Olma - 8 386
10 / 17
Mol go‘shti - 51 869
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 48 497
12 / 17
Tovuq go‘shti - 18 276
13 / 17
Turli baliqlar - 22 269
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3 786
15 / 17
Sariyog‘ - 53 399
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 8 027
17 / 17
Tandir non (dona) - 2 796

Karantin davrida Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonalarida aholining uyda o‘tirgan holda telefon va internet orqali murojaat qilishi uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Viloyat va tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari o‘rtasida murojaatlarni ko‘rib chiqishni nazorat qilishda, mavjud muammolarni muhokama etish va ularga yechim topishda videokonfrensaloqa xizmati yo‘lga qo‘yildi.

— Boshqacha aytganda, pandemiya paytida qanchalik murakkab bo‘lmasin sanitariya- gigiyena qoidalariga to‘la rioya qilgan holda bir kun ham o‘z ish faoliyatimizni to‘xtatmadik, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Qudratov. — Bu esa joylardagi muammolarga, aholi murojaatlariga oqilona yechim topishda qo‘l keldi.

Shu o‘rinda ayrim dalillarga eʼtiborni qaratish o‘rinli. Jondor tumani 3-sektor hududidagi “Nurafshon” qishlog‘ida joylashgan 21-umumtaʼlim maktabi 1987-yilda qurilgan bo‘lib, 624 o‘ringa mo‘ljallangan edi. O‘quv muassasasi taʼmirtalab holga kelgandi. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida maktabni isitish katta muammoga aylanardi. Jondor tumani Xalq qabulxonasiga murojaatdan so‘ng bu muammo sektor rahbari bilan birga tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda atroflicha o‘rganildi. Bilim dargohi «Yo‘l xaritasi»ga kiritildi. Joriy yilda mazkur maktabni rekonstruksiya qilish va zamonaviy jihozlash uchun 3 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratildi.Qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari poyoniga yetib qoldi.

Yoki boshqa bir misol. “Qirlishon” qishlog‘i Olot tumani markazidan qariyb 35 kilometr uzoqda joylashgan. Hududdagi 134 ta xonadonda 686 nafar aholi istiqomat qiladi. Qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi katta muammo edi. Aholi murojaatlaridan so‘ng davlat byudjetidan 2,9 milliard so‘m ajratilib, qishloqqa 11,5 kilometr uzunlikda ichimlik suvi quvuri tortildi, 1 ta suv inshooti qurildi. Bundan tashqari, hududga kirish joyidagi ko‘prik yangidan barpo etildi. Fuqarolar yig‘inini tuman markazi bilan bog‘lovchi asosiy yo‘lning o‘nqir-cho‘nqir qismi asfalt qilinib, taʼmirlandi.Ushbu yumushlardan viloyatning eng chekka qishloqlaridan biri sanalgan Qirlishonda yashovchilar xursand. Bu kabi misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.

Umuman olganda, Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonalariga 30 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning asosiy qismi (61%) qanoatlantirildi, mingdan ziyod murojaat esa ko‘rib chiqish jarayonida. Mablag‘ va muddat talab etuvchi murojaatlar «Yo‘l xarita»lariga kiritilib, ularning hal qilinishi nazoratga olindi.

Bundan tashqari, Xalq qabulxonalari va sektor rahbarlari hamkorligida 656 marta ommaviy qabul va yoshlar bilan 397 ta uchrashuv o‘tkazildi. O‘rtaga tashlangan masalalarning aksariyat qismi qanoatlantirildi. Shuningdek, uyma-uy yurish orqali 2381 ta muammo aniqlanib, aksariyatiga yechim topildi.Qolgan qismi ijrosi nazoratda.

Istam Ibrohimov

Tugmani bosing Tinglash