Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

 

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1 KG. SO‘MDA (2020-YIL 1-IYUN HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4 619
2 / 17
Guruch - 8 096
3 / 17
Kartoshka - 4 711
4 / 17
Karam - 1 310
5 / 17
Pomidor - 5 690
6 / 17
Bodring - 3 801
7 / 17
Sabzi - 1 795
8 / 17
No‘shpiyoz - 1 748
9 / 17
Olma - 12 377
10 / 17
Mol go‘shti - 48 225
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 45 331
12 / 17
Tovuq go‘shti - 18 008
13 / 17
Turli baliqlar - 22 500
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3 513
15 / 17
Sariyog‘ - 50 596
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 8 206
17 / 17
Tandir non (dona) - 2 825

Kadrlar siyosati va davlat fuqarolik tizimini tubdan takomillashtirish, davlat fuqarolik xizmatchilarida korrupsiyaga qarshi madaniyatni va keskin murosasiz munosabatni shakllantirishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish, yosh mutaxassis kadrlar orasidan istiqbollilarini saralab olish va tarbiyalash, ularning muvaffaqiyatli karyeralarini taʼminlash, davlat fuqarolik xizmatiga jalb qilish, bu jarayonda ijtimoiy adolat tamoyiliga, gender tengligiga qatʼiy rioya qilish bugunning dolzarb vazifasidir.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ana shu sohadagi faoliyatni tartibga solishda katta ahamiyatga ega. Uning ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan.

 

 

Yurtimizda davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar siyosati bo‘yicha yagona davlat faoliyatini muvofiqlashtirish, ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan holda xodimlarni boshqarish, inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usularini joriy etish, milliy kadrlar zahirasini yaratish va boshqarish, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish mazkur agentlikning asosiy vazifasi etib belgilandi. Viloyatimizda 95 ta davlat organi va tashkilotlari hududiy bo‘limlari strukturasi, rahbarlar va ular o‘rinbosarlari, bo‘sh vakant lavozimlar bo‘yicha maʼlumotlar yagona bazasi shakllantirildi.

 

 

 

Ishga qabul qilish tajriba shaklida tanlov asosida amalga oshiriladigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va hududlar doirasida Buxoro shahridagi 45 ta davlat boshqaruvi organida va barcha davlat tashkilotlaridan maʼlumot olinganida, bu tashkilotlar tomonidan jami 89 nafar yosh kadr ishga qabul qilingan. Jumladan, Respublika Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash fakultetini bitirgan 5 nafar nomzodni yuqori lavozimga tavsiya etish borasida viloyat hokimligi bilan hamkorlikda ishlar qilindi. Xuddi shunday, Akademiyada o‘qishga tavsiya qilingan 103 nafar nomzod bilan dastlabki suhbatlar tashkil etilgan.

 

Buxoro shahar hokimligi yig‘ingohida davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish va chet el tajribasini yo‘lga qo‘yish, chet elda tahsil olayotgan va o‘z xizmat vazifalarini o‘tayotgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish borasida amaliy ishlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan konferensiyada yuqoridagi jihatlar alohida eʼtirof qilindi.

 

 

Onlayn videoaloqa tarzida uyushtirilgan muloqotda Respublika Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Buxoro viloyati filiali mutasaddilari, hududdagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda ilmiy tadqiqotchilari, ilm-fandagi izlanishlarini chet ellardagi nufuzli oliy taʼlim dargohlarida amaliyot bilan birga olib borayotgan yosh iqtidorli yurtdoshlarimiz, xorijdagi nufuzli institut hamda universitetlar fan doktorlari, qolaversa, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

 

 

Konferensiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov ishtirok etib, mavzu yuzasidan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

 

 

Taʼkidlanganidek, davlat fuqarolik xizmatchilarini kasbga layoqatliligi va malakasini o‘stirishda yetarli shart-sharoitni yaratish maqsadida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilgan va ayni paytda muhokamaga qo‘yilgan. Bu borada yurtimizda ham dunyoning AQSH, Yaponiya, Koreya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya kabi rivojlangan davlatlarining ilg‘or tajribasini olib kirish ustida ishlar boshlangani maqsadga muvofiq.

 

 

Muhokama qilingan masala yuzasidan Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi viloyat filiali rahbari Zafar Jumayev, Buxoro davlat Tibbiyot instituti rektori Amrullo Inoyatov, ZOOM onlayn dasturi orqali AQSHning “PEOPLEHIVE LLCUS” kompaniyasi rahbari, janob Pavan Abraham, Italiya davlatida innovatsion texnologiyalar va ularni qo‘llashda kadrlar salohiyati, “sunʼiy intellekt” yaratishda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan fan doktori Kiara Bersano xonim, AQSH ning Garvard universitetida tibbiyot qonunchiligi sohasidagi ilmiy tadqiqot ustida izlanayotgan buxorolik yosh olima Nilufar Qahhorova, Koreya Respublikasi Tibbiyot akademiyasi magistranti Kamol Shamsiyev va boshqalar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

 

Bu borada yechimini kutayotgan muammolar xususida ham so‘z bordi.

 

 

 

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

                       

Tugmani bosing Tinglash