Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1KG. SO‘MDA (2020-YIL 1-SENTABR HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4 716
2 / 17
Guruch - 8 181
3 / 17
Kartoshka - 3 596
4 / 17
Karam - 2 089
5 / 17
Pomidor -2 565
6 / 17
Bodring - 2 539
7 / 17
Sabzi - 3 047
8 / 17
No‘shpiyoz - 1 687
9 / 17
Olma - 8 386
10 / 17
Mol go‘shti - 51 869
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 48 497
12 / 17
Tovuq go‘shti - 18 276
13 / 17
Turli baliqlar - 22 269
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3 786
15 / 17
Sariyog‘ - 53 399
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 8 027
17 / 17
Tandir non (dona) - 2 796

Bu voqyea yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining, xalqimizga xos bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish, olijanoblik va mehr-muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu fazilatlarning yana bir amaliy ifodasidir.

Avf etilgan shaxslarning 41 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 3 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtirildi, bir so‘z bilan aytganda, 44 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilindi. Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Jazoni ijro etish muassasalaridan o‘z uylariga qaytgan hamyurtlarimiz orasida 2 nafar buxorolik ham bo‘lib, ularning oilalari bag‘riga qaytishi onalari, ayollari, farzandlari qalbini shodlikka to‘ldirdi.

Farmonga muvofiq, ularning ikkalasi ham muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod etilgan.

Bugun, 8 fevral kuni Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev boshchiligidagi sektorlar rahbarlari, viloyat mutasaddilari hamda ana shu 2 nafar Buxorolik mahkumlar va ularning oila-a'zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev avf etilganlarga xalqimizga xos bag‘rikenglik fazilatini namoyon etgan Prezidentimizning ishonchini oqlab, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishi lozimligini ta'kidladi.

Suhbat davomida ushbu fuqarolar kelgusida ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanib, shu yurt ravnaqi uchun o‘z hissalarini qo‘shish niyatida ekanliklarini bildirishdi.

Mutasaddilarga Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish,  moddiy-ma'naviy qo‘llab-quvvatlash va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash