Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Buxoro viloyatidagi ta'lim muassasalarida ham yangi – 2019/2020-o'quv yili “Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon!” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

Bugun, 4 sentyabr kuni viloyat hokimi O'ktam Barnoev o'zi ta'lim olgan Qorako'l tumanidagi 15-sonli umumta'lim maktabida yangi o'quv yili boshlanishi bilan o'tkazilgan ana shunday tadbirda ishtirok etdi.

Tadbir davomida viloyat rahbari ta'lim maskani o'qituvchi va o'quvchilarini yangi o'quv yili bilan tabrikladi. Shuningdek, viloyat rahbari o'zining hayotidan misollar keltirib, ular erishgan muvaffaqiyatlarda maktabdagi ta'lim va tarbiyaning roli katta bo'lgani, qolaversa, o'quvchilarga maktab davrida yaxshi o'qib, vaqtdan unumli foydalanish muhimligi haqida qisqacha ma'ruza qildi. O'quvchilarga o'quv qurollaridan iborat “Prezident sovg'a”larini topshirdi. Ta'lim maskanida o'quvchi yoshlar pedogogik jamoa uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Ma'lumot uchun, 2019-2020 o'quv yilida umumta'lim maktablarining 1-sinfiga 32 ming 732 nafar o'quvchi qabul qilindi.

2019 yil Investitsiya dasturi doirasida 16 ta umumta'lim maktabida qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 32,6 mlrd so'm, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va “Obod markaz” dasturlari doirasida 30 ta umumta'lim maktabidagi bunyodkorlik ishlari uchun mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan 88,8 mlrd so'm mablag' sarflandi.

Shu bilan birga, viloyatdagi 20 ta kasb-hunar kolleji binolari belgilangan tartibda xalq ta'limi tizimiga o'tkazildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash