Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Buxoroda Prezident sovrini uchun hazrat Bahovuddin Naqshband xotirasiga bag'ishlangan birinchi xalqaro turnir yakunlandi. Xabar berganimizdek, 8-10 iyun kunlari azim Buxoroda kurash bo'yicha Prezident sovrini uchun hazrat Bahovuddin Naqshband xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Unda Yevropa,Osiyo hamda Afrikaning 20ga yaqin davlatidan jami 135 nafar (shundan 95tasi xorijlik) polvon g'oliblik uchun gilamga tushishdi. Musobaqaning ikkinchi kunida erkaklar o'rtasida 73, 81 hamda 100 kilodan yuqori, ayollar orasida esa 63 va 78 kg.gacha bo'lgan vazn toifalarida bellashuvlar o'tkazildi.

Unda Yevropa,Osiyo hamda Afrikaning 20ga yaqin davlatidan jami 135 nafar (shundan 95tasi xorijlik) polvon g'oliblik uchun gilamga tushishdi. Musobaqaning ikkinchi kunida erkaklar o'rtasida 73, 81 hamda 100 kilodan yuqori, ayollar orasida esa 63 va 78 kg.gacha bo'lgan vazn toifalarida bellashuvlar o'tkazildi.

Dastlab ayollar o'rtasida 63 kilogacha bo'lgan vazn toifasida g'oliblar aniqlandi. Bu vazndagi kurashchi qizlar orasida hamyurtimiz Shahnoza Bozorovaning imkoniyatlari yuqori baholanayotgan edi. Va yakunda shunday bo'ldi ham. Navoiy viloyati vakili bo'lgan O'zbekiston chempioni buxorodagi nufuzli xalqaro turnirda ham o'zining mahoratini namoyish etdi va bu bilan o'zi uchun xalqaro arenalarga yo'l ochdi. Finalda Bozorova hindistonlik Suhanobonu Shayx ustidan sof g'alabaga erishdi va 3 ming AQSH dollarini qo'lga kiritdi. Ushbu vazn toifasida 3-o'rinni hamyurtimiz Zarnigor Odilova hamda Xitoy Taypeyi vakilasi Chia Lin Liular qo'lga kiritdi.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan navbatdagi 78 kilogacha bo'lgan vazn toifasida ham bosh sovrin hamyurtimizga nasib etdi. Farg'onalik Pokizaxon Kamoliddinova finalda qozoq sportchisi Mereke Ayalani mag'lub etdi. Bu vaznda shohsupaning uchinchi pog'onasidan yana bir vakilimiz Sadoqat To'raeva hamda Xitoy taypeyilik Chia Jing Kao joy oldi.

Erkaklar o'rtasidagi bellashuvlar o'ta murosasiz kechdi. 73 kilogacha bo'lgan vazndagi polvonlar o'rtasida g'oliblikka da'vogarlar ko'pchilikni tashkil etardi. Ammo ular orasida musobaqada Toshkent shahri nomidan ishtirok etgan O'rol Sodiqov barchadan yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega ekanini isbotladi. Finalda O'rol polvonga turkmanistonlik Muhammad Temirov raqib bo'ldi. Murosasiz kechgan bahsda hamyurtimiz raqibi ustidan sof g'alabaga erishdi. Bu vazn toifasida 3-o'ringa hamyurtimiz Ma'ruf G'aybullaev hamda tojikistonlik Zarafshon Temirovlar sazovor bo'ldi.

Vazni 81 kilogacha bo'lgan polvonlar o'rtasidagi bellashuvlar ham muxlislarda bir olam taassurot qoldirdi. Negaki ushbu vaznda ham bir-biriga munosib raqiblar jamlangan edi. Ammo ular orasida hamyurtimiz Sarvar Shomurodovga munosib raqib topilmadi. Hal qiluvchi final bahsida Sarvar eronlik Omid Taztakka hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ushbu vazn toifasida faxrli 3-o'rinni Tojikiston vakili Haqnazar Nazarov hamda Buxoro farzandi Madiyor Erkinovlar qo'lga kiritdi.

Muxlislar katta qiziqish va hayajon bilan kutgan eng og'ir vazndagi polvonlar orasida kechgan bellashuvlarda avval boshdanoq bosh sovringa Osiyo va jahon chempioni, Indoneziyada o'tkazilgan Osiyo o'yinlari g'olibi surxondaryolik Muhsin Hisomiddinov asosiy da'vogar ekanligi ma'lum edi. Unga eronlik Axan Faroush jiddiy raqobat taqdim etishi kutilayotgan bir pallada u yarim finalda Tojikiston vakili Dadaxon Qurbonalievga yutqazib qo'ydi. Natijada fors yurti vakili uyiga 1000 AQSH dollari bilan qaytadigan bo'ldi. Ikkinchi yarim final juftligida Muhsin xorazmlik Boltaboy Boltaevdan ustun keldi.

Hal qiluvchi final bellashuvida M.Hisomiddinovga kutilmaganda tojik kurashchisi jiddiy raqobat taqdim etdi. Faqat kichik ustunlik, ya'ni raqibi sust harakat qilgani uchun berilgan tanbeh bahosi Muhsinga musobaqa g'olibligini taqdim etdi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar mos ravishda 3000, 2000 hamda 1000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tugmani bosing Tinglash