Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Maqola
Shu yil 7-12 iyun kunlari Buxoro shahridagi “Buxoro” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha hazrat Bahouddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkaziladi, deb Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy veb-sayti xabar qiladi.
 
Ilk marotaba tashkil etilayotgan xalqaro turnirda Eron, Hindiston, Italiya, Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi kabi dunyoning 50ga yaqin davlatidan 100dan ortiq nomdor polvonlar g‘oliblik uchun bellashishi kutilmoqda.
 
Xalqaro turnirda erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg.gacha hamda 100 kg.dan yuqori vazn toifalarida kuch sinashsa, ayollar 52, 63 va 78 kg.gacha bo‘lgan vaznda g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Musobaqada o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar 3000 AQSh dollari, 2-o‘rin sohiblari 2000 AQSh dollari hamda 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan polvonlar esa 1000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.
 
Dasturga muvofiq, 8 iyun kuni kechki payt “Buxoro” stadionida turnirning tantanali ochilish marosimi va katta konsert tashkil etilsa, 9-10 iyun kunlari kechki payt shu stadionda kurash bellashuvlari o‘tkaziladi.
 
Tugmani bosing Tinglash