Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Buxoro viloyatida istiqomat qilayotgan urush faxriylariga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 74 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tabrigi va pul mukofoti tantanali topshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 23 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida”gi farmoniga muvofiq amalga oshirilayotgan bunday saxovat tadbirlaridan nuroniylar mamnun

Ayniqsa, har bir urush qatnashchisi uchun ularning xohish irodasiga ko'ra, kimningdir qizini, nabirasini yoki kelinini, shunday kishisi bo'lmaganlarga patronaj hamshirasini boshqa yumushlardan ozod qilgan holda, mehnat boshqarmasi tomonidan oylik maosh belgilangan holda, qonuniy ravishda urush faxriylarining qarovi uchun biriktirilgani ularning bir quvonchiga o'n quvonch qo'shdi.

– Qo'limga qurol olib, urushga kirganimda 17 yoshli yigit edim, – deydi 95 yoshli Baqo ota. – E, shu yoshimda ayovsiz janglarda qanday dahshatlarni ko'rmadim. Urushda avvalo ota-onam, yaqinlarim, qishlog'imni ko'z oldimga keltirar edim. Yaratganga shukr, bizga shunday dorilomon kunlarni ko'rish nasib etdi. Ilohim, tinchligimizga ko'z tegmasin, yer yuzida urush bo'lmasin!

Viloyat hokimi O'ktam Barnoev “Nuroniy” jamg'armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo'limlari, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar va faol yoshlar ishtirokida Kogon tumanidagi “Tutkunda” qishlog'ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Baqo Fayzievning xonadonida bo'lib, Prezidentimiz tomonidan yo'llangan bayram tabrigini o'qib eshittirdi. Bir martalik pul mukofoti, maishiy texnikalar, yumshoq mebellar to'plami va boshqa qimmatbaho sovg'alar topshirdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, viloyatda bugun 49 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilmoqda. Ularning uyi ta'mirlab berilyapti. Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ehtiyojmandlar nogironlik aravachasi va eshitish moslamalari bilan ta'minlanmoqda.

Shu kuni viloyat rahbari Kogon shahri, Kogon va Qorovulbozor tumanlarida yashayotgan yana 7 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi xonadonida bo'lib, bayram bilan qutladi. Ularga ham Yurtboshimizning bayram tabrigini o'qib eshittirdi. Pul mukofotlari va sovg'a-salomlar ulashdi.

Viloyatdagi barcha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezidentimizning 7,5 million, viloyat hokimining 1,5 million so'mlik pul mukofoti, tuman, shahar hokimlari va homiylarning qimmatbaho sovg'alari hamda oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish marosimlari davom etmoqda.

Viloyat hokimligi apparati matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash