Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

“Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Qorako'l tuman hokimligi va viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda so'zga chiqqan tuman hokimi H.G'oyirov barchani yaqinlashib kelayotgan yangi yil va vatan himoyachilari kuni bilan barchani samimiy tabrikladi. Tuman hokimi nutqida yoshlarni Muhtaram O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoyishi ijrosi yuzasidan yurtimiz bo'ylab o'tkazilayotgan Vatanparvalik oyligida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Festival doirasida 28803-sonli harbiy qism tomonidan zamonaviy harbiy texnikalar, qurol-aslahalar namoyish qilindi. Yoshlar mazkur qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishib, harbiy texnikalarga chiqish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Harbiy orkestr ijrosida yangragan kuy-qo'shiqlar harbiy-vatanparvarlik festivali ishtirokchilariga haqiqiy bayramona kayfiyat ulasha oldi.

Tugmani bosing Tinglash