Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Shu bois keyingi yillarda majburiy mehnatga barham berish boʻyicha qator hujjatlar qabul qilindi, zarur chora-tadbirlar koʻrildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 29-oktyabr kuni barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik borasidagi javobgarligini oshirish toʻgʻrisida farmoyish qabul qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Ushbu farmoyishga muvofiq, gʻalla ekish va sugʻorish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani bois Mirzayev Zoyir Toirovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiningQishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Hujjatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga qishloq xoʻjaligi ishlari chogʻida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilish holatlari yuzasidan tekshirish oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, joylardagi davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlariga majburiy mehnatning barcha shakl va koʻrinishlariga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar berilgan.

Tugmani bosing Tinglash