Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Yirik tijorat yuridik shaxslar, ularning alohida bo‘linmalari (sug‘urta tashkilotlari, banklar, fermer xo‘jaliklaridan) tashqari 1-moliya shakli (oylik) hisobotini 18 oktyabr sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishlari shart!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 26-27 sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Fransiyada boʻldi. Tashrif davomida Fransiya parlamenti va Tashqi ishlar vazirligi, Yevropa Parlamenti vakillari bilan muzokaralar oʻtkazildi. 

Yevropada istiqbol va xavfsizlik instituti hamda Fransiya Maʼmuriyat milliy maktabi bilan birgalikda tashkil etilgan davra suhbatida 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik jarayonlari hamda Oʻzbekiston – Fransiya munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi. 

Fransiyalik hamkorlar Oʻzbekistonda roʻy berayotgan ijobiy oʻzgarishlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat hayotidagi rivojlanish tendensiyalari Parijda katta qiziqish bilan kuzatilayotganini taʼkidladi. Oʻzbekistonning millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni saqlash sohasidagi siyosati Yevropa mamlakatlari uchun namuna boʻlib xizmat qilishi qayd etildi. 

Uchrashuvlar doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan iqtisodiyot va valyuta bozorini liberallashtirish, sanoatni modernizatsiya qilish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, sud-huquq va huquqni muhofaza qilish tizimlarini takomillashtirish, hukumat va jamiyat oʻrtasida ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish kabi ustuvor yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholandi. 

Fransiyalik ekspertlar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan jadal oʻzgarishlarni mamnuniyat bilan qayd etar ekan, Toshkentning Markaziy Osiyoda ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va hamkorlik muhitini yaratish boʻyicha saʼy-harakatlari alohida ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Boy madaniyat, ulkan siyosiy va iqtisodiy salohiyatga ega Oʻzbekiston mintaqaviy taraqqiyotning yetakchi kuchiga aylanishiga ishonch bildirildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining vazmin, ochiq va konstruktiv tashqi siyosati tufayli nafaqat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlamoqda, balki xalqaro imidjini ham yuksaltirmoqda. Shu maʼnoda, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan, jumladan, Afgʻoniston muammosiga yangicha nazar bilan qarash imkonini bergan mintaqaviy va xalqaro tashabbuslar alohida qayd etildi. 

Mezbonlar Oʻzbekiston bilan Fransiya oʻrtasidagi siyosiy muloqot yuksak darajaga chiqqani hamda turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda yuqori surʼat kuzatilayotganini taʼkidladi. 

Shu munosabat bilan Parij Prezident Shavkat Mirziyoyevning boʻlajak tashrifiga katta umid bogʻlamoqda. Bunda savdo-iqtisodiy sohada aniq natijalarga erishishga birinchi galdagi vazifa sifatida qaralmoqda. Fransiyalik ekspertlar oliy darajadagi muzokaralar mamlakatlarimiz munosabatlarida yangi sahifa ochishiga ishonch bildirdi. 

Davra suhbati yakunida Oʻzbekistonning yetakchi tadqiqot markazlari bilan Yevropada istiqbol va xavfsizlik instituti, Fransiya Maʼmuriyat milliy maktabi va “Yevrokontinent” tahlil markazi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar imzolandi. 

 

OʻzA

Tugmani bosing Tinglash