Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Buxoro viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: 65 223 79 29

2021- YIL 1- FEVRAL HOLATIDA DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4830
2 / 17
Guruch - 8562
3 / 17
Kartoshka - 3832
4 / 17
Karam - 1939
5 / 17
Pomidor -10081
6 / 17
Bodring - 16743
7 / 17
Sabzi - 1813
8 / 17
No‘shpiyoz - 1911
9 / 17
Olma - 9713
10 / 17
Mol go‘shti - 56621
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 53227
12 / 17
Tovuq go‘shti - 19314
13 / 17
Turli baliqlar - 22594
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3845
15 / 17
Sariyog‘ - 51183
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 10926
17 / 17
Tandir non (dona) - 2866

2021- yil 22- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.pressichi1i2200221

Matbuot anjumanida ta‘kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qaroriga asosan, Davlat statistika qo‘mitasi, davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma'lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portali (data.gov.uz)da o‘z vaqtida aks ettirilishi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas'ul etib belgilandi.pressichi22200221

Ochiq ma'lumotlarning ochiqlik va sifat darajasi, ularni fuqarolarga va jahon hamjamiyatiga yetkazishning amaldagi mexanizmlari, shuningdek, davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash orqali O‘zbekiston Respublikasining jahon maydonidagi imijini hamda investisiyaviy jozibadorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Davlat statistika qo‘mitasi 2019–2020- yillarda tegishli vazirlik va idoralar hamda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Jahon banki, BMTning Taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlar ko‘magida O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirish va bu orqali respublika ko‘rsatkichlarini xalqaro reytinglarda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishiga doir amaliy ahamiyatga ega vazifalarni bajardi. 

Jumladan, Ochiq ma'lumotlar sohasida yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida “Open Data Tashkent 2019” ochiq ma'lumotlar bo‘yicha xalqaro konferensiya, “Open Data Week Uzbekistan 2019” ochiq ma'lumotlar haftaligi, “Open Data Day Tashkent 2020” seminari, “Open Data Uzbekistan Workshop Agenda” onlayn-tadbiri, “Dunyo va O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasining tarqalishi davrida ochiq ma'lumotlar asosida yechimlar” mavzularida konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlar amalga oshirildi.pressichi32200221

Hozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portalida jami 11 mingga yaqin ma'lumotlar to‘plamlari 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) joylashtirilgan.

✓ “Open data Inception” tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 70 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 6-o‘rinni egalladi.pressichi42200221

✓Londondagi Ochiq ma'lumotlar Instituti (ODI) baholash tizimi bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (stat.uz) eng yuqori –"Platina" (PLATINUM) darajaga erishgan.

✓ Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat kuzatuvi 2020” da “Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Very High OGDI) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy olgan. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan hamda O‘zbekiston eng yuqori ball to‘play olgan.pressichi52200221

✓ Ochiq ma'lumotlar reytingida (Open Data Inventory - ODIN) O‘zbekiston Respublikasi 63 ballni to‘pladi va reytingda 125 ta pozitsiyaga ko‘tarilib, dunyoda 44-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi.

✓ O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasiga qo‘shilgan jahondagi 23 mamlakat, Osiyoda Janubiy Koreya va Filippindan keyingi uchinchi davlat bo‘ldi.

2021- yil 1- avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalining yangi versiyasini ishlab chiqish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

 Matbuot anjumanida amalga oshirilgan bu kabi islohotlarning natijasida davlatimizning xalqaro miqyosdagi imiji va salohiyatini nufuzli reytinglarda aks ettirilishi hamda buning natijasida xalqaro investorlar uchun ishonchli manba bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlandi.pressichi62200221

Matbuot anjumanida Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari OAV vakillari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

Matbuot xizmati

RASMIY STATISTIKA

E'LON QILISH TAQVIMI METAMA'LUMOTLAR Makroiqtisodiy tahlillar MILLIY HISOBLAR
NARX VA INDEKSLAR INVESTITSIYALAR QURILISH Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi
ICHKI SAVDO SANOAT QISHLOQ XO‘JALIGI EKOLOGIYA
XIZMATLAR DEMOGRAFIYA MEHNAT BOZORI AHOLI TURMUSH DARAJASI
IJTIMOIY SOHA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK KORXONA VA TASHKILOTLAR DEMOGRAFIYASI HUQUQBUZARLIK HUQUQBUZARLIK
ATROF-MUHIT BOSHQA MAKROIQTISODIY VA MOLIYAVIY STATISTIKA K-MTUT (XVJ) XALQARO STATISTIKA
TARQATILISHI CHEKLANGAN MA`LUMOTLAR      
Tugmani bosing Tinglash