Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1KG. SO‘MDA (2020-YIL 1- NOYABR HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4788
2 / 17
Guruch - 8497
3 / 17
Kartoshka - 3589
4 / 17
Karam - 1796
5 / 17
Pomidor -3615
6 / 17
Bodring - 4179
7 / 17
Sabzi - 2144
8 / 17
No‘shpiyoz - 1747
9 / 17
Olma - 8404
10 / 17
Mol go‘shti - 56163
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 52848
12 / 17
Tovuq go‘shti - 17647,3
13 / 17
Turli baliqlar - 22802
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3880
15 / 17
Sariyog‘ - 53734
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 10681
17 / 17
Tandir non (dona) - 2806

Joriy yil 13- noyabr kuni Davlat statistika qo'mitasi hamda Jahon banki ekspertlari ishtirokida vebinar o‘tkazildi.

Tadbirda Davlat statistika qo'mitasi vakillari va Jahon banki ekspertlari siyosiy va institutsional harakatlarni ko'rib chiqish, O'zbekistonda yashil o'sish yo'nalishida yagona maqsadli, sektor uchun dairesel iqtisodiyotning (CEAO) harakat ko‘rinishini tavsiya etish, xususan, pandemiya davrida ekologik tiklanishni qo'llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashdi.

Aytish lozimki, 2020 yil mart oyida Jahon banki Qozog'iston, O'zbekiston va boshqa mamlakatlarda aylanma iqtisodiyotni rivojlantirishga ko'maklashish maqsadida Koreya yashil o'sish trast fondi (KGGTF) tomonidan moliyalashtiriladigan texnik yordam ko'rsatish faoliyatini boshladi. Ushbu faoliyat Jahon bankining iqlim va atrof-muhit bo'yicha Markaziy Osiyo (CLIENT) dasturi doirasida amalga oshiriladi.

Texnik yordam ko'rsatish faoliyati iqlim o'zgarishi va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

Ishtirokchilar KGGTF tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan texnik yordam ko'rsatish faoliyati davlatlar o‘rtasida maqsadli loyihalarni amalga oshirish, xodimlar salohiyatini oshirish va axborot almashish sohasida hamkorlik qilish alohida ta’kidladi.

Vebinarda kelgisida ham hamkorlikda maqsadli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash