Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

2019-yilning 8-iyul kuni Davlat statistika qo`mitasida Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari mutaxassislari ishtirokida Ochiq ma`lumotlar ekotizimini shakllantirishda xalqaro tajribani o`rganish masalalariga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi.

Seminarda Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i A. Sultanovning 2019-yilning 1-4-iyul kunlari Kiev shahrida (Ukraina), YeXHTning O`zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko`magida tashkil etilgan ochiq ma`lumotlar ekotizimini shakllantirishda xalqaro tajribani o`rganish masalalariga bag`ishlangan seminar-treningda ishtirok yakunlari yuzasidan taqdimot o`tkazildi.

Seminar davomida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash