Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 Seminar Koreya Respublikasi statistika idorasi (Kostat) tomonidan Niderlandiya statistika xizmati bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Kambodjiya, Myanmar, Boliviya, Bangladesh, Vetnam, Peru, Indonenziya, Rvanda, Filipin, Butan, Gana, Ozarbajon, Qozog`iston va O`zbekiston Respublikasi statistika idoralari vakillari qatnashdilar.

Davlat statistika qo`mitasidan Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig`i O.Mamadaliev ishtirok etdi.

Seminar davomida mamlakatlar statistika idoralarida biznes kuzatuvlarini tashkil etish bo`yicha amaliyot, xalqaro uslubiyot va ilg`or tajribalar ko`rib chiqildi.

Shuningdek, 2018 yilning 27-29 noyabr kunlari Koreya Respublikasining Inchxon shaxrida bo`lib o`tgan IHTTning 6-chi jahon forumida ishtirok etildi.

Forumda “Statistika, bilim va siyosat” mavzusida halqaro tashkilotlar va mamlakatlar yetakchilari, ekspertlarning ma`ruzalari tinglandi va kun tartibidagi masalalar doirasida muhokamalar tashkil etildi.

Mazkur formuda Davlat statistika qo`mitasidan Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig`i O.Mamadaliev va Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari A.Sultanovlar ishtirok etdilar.

 

Axborot xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash