Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 Mazkur kengash Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch Okeani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan tashkil etildi.

 

Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to’lash ko`rsatkichlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi boshlig’i Z.Yuldoshev ishtirok etdi.

Shuningdek, kengashda Tailand, AQSH, Janubiy Koreya, Kamboja, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Yangi Zenlandiya, Indoneziya, Filippin, Fiji, Timor Leste, Kook orollari, Vanuatu, Butan, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Eron, Armaniston, Qozog’iston hamda O’zbekiston davlatlarining fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga olish idoralari hamda statistika idoralari rahbar va xodimlari hamda ESCAP, UNICEF kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Kengashda Osiyo va Tinch okeani mintaqalari bo’yicha aholining tabiiy harakati va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga olish masalalari yuzasidan 2020 yilgi vazirlar Konferensiyasiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan ishtirokchi davlatlarning oraliq taraqqiyot ko’rsatkichlari muhokama qilindi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash