Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Buxoro viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: 65 223 79 29

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1KG. SO‘MDA (2020-YIL 1- DEKABR HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4811
2 / 17
Guruch - 8508
3 / 17
Kartoshka - 3619
4 / 17
Karam - 1767
5 / 17
Pomidor -7089
6 / 17
Bodring - 8740
7 / 17
Sabzi - 1793
8 / 17
No‘shpiyoz - 1784
9 / 17
Olma - 9148
10 / 17
Mol go‘shti - 55800
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 52826
12 / 17
Tovuq go‘shti - 17336,3
13 / 17
Turli baliqlar - 22279
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3874
15 / 17
Sariyog‘ - 53830
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 10077
17 / 17
Tandir non (dona) - 2814

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jizmoniy va yuridik shaxslar uchun davlat organlariga murojaat qilishda qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2018 yil 1 fevraldan e`tiboran O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi axborot tizimining yangi talqini ishga tushirildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasining axborot tizimi jismoniy va yuridik shaxslarga o`z murojaatlarlarini Internet tarmog`ida pm.gov.uz manzilidagi veb-sayti orqali davlat organlari rahbarlariga yuborish imkoniyatini beradi. 

   Siz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi axborot tizimining 2-bo`limidagi Davlat qo`mitalari ro`yxatidan Davlat statistika qo`mitasini tanlab, o`z murоjaatingizni yuborishingiz mumkin.

 

 

Faqat taxminlarga tayanib ish ko‘rgan odam yutqazadi. Tavakkalchilik, bashoratgo‘ylik maʼlum jabhalardagina zarur. Aniq statistika esa har sohada kerak. Busiz rivojlanish haqida gapirish o‘rinsiz. Ayniqsa, hozirgi tez o‘zgarib borayotgan zamonda! Bugun biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan mavzu ham bevosita statistikaga daxldor. Yaʼni aholini ro‘yxatga olish haqida. Xo‘sh, bu amaliyot nima uchun kerak? Nega keyingi bir yilda bu haqda ko‘p gapirilyapti? Nima, bizda shu paytgacha aholi ro‘yxatga olinmaganmidi?

 

Tasavvur qiling, xonadoningizda 10 kishi yashaydi. Demak, bozor-o‘char qilishda ular sonini hisobga olasiz. Falon kilo go‘sht, falon litr yog‘, falon kilo un, qanchadir guruch va hokazo... Xonadon bekasi ana shu noz-neʼmatlarni pishirib, dasturxonga tortishda ham, tabiiyki, uydagi odamlar sonini inobatga oladi: 10 kosada taom keltiradi. Faqat xonadon aʼzolari yoshi, xohishi va taʼbidan kelib chiqqan holda ovqat kimgadir kattaroq kosada, kimgadir kichikroq idishda, kimgadir yog‘sizroq, kimgadir sergo‘shtroq qilib suziladi. Oilangizdagilar uchun kiyim-kechak xarid qilishda ham xuddi shunday yo‘l tutasiz. O‘g‘lingiz yo qizingizni biror to‘garakka bermoqchisiz? Bu o‘rinda uning qiziqishi, qobiliyati, salohiyati, imkoniyatini hisobga olasiz!

 

Endi savol tug‘iladi: qanday qilib bu borada to‘g‘ri va oqilona qaror qilishga erishyapsiz? Javob aniq: chunki sizda oila aʼzolaringizning har biri haqida aniq va to‘liq maʼlumotlar bazasi bor!

 

Aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq chora-tadbirlar zaruratini ana shunga qiyoslash mumkin. Masalan, Qoraqalpog‘istonda xonadonlar issiq bo‘lishi, odamlar qora qozoni qishin-yozin qaynab turishi uchun necha ming tonna ko‘mir, qancha saksovul, necha ming kub metr gaz kerak? Buxoroda-chi? Xorazmda necha kishi ishsiz? Surxondaryoda yana nechta taʼlim muassasasi qurish lozim? Farg‘onada nechta oila uy-joyga muhtoj? Samarqandda qancha tug‘uruq yoshidagi ayol bor va mavjud tug‘uruqxonalardagi o‘rinlar soni ana shu ko‘rsatkichga mutanosibmi? Sirdaryoda aholi xonadonlari, asosan, qaysi yillarda qurilgan? Surxondaryoda chiroq o‘chmasligi uchun bir oyda qancha elektr energiyasi ishlab chiqarish zarur? Andijonda nechta oila bitta xonadonda yashaydi? Toshkent shahrida, aslida, qancha kishi istiqomat qiladi?..

 

Ko‘ryapsizmi, aholini ro‘yxatga olish, yaʼni birgina shu amaliyot bilan qanchadan-qancha savollarga javob, qanchadan-qancha muammolarga yechim topish mumkin!

 

Biroq yuzaki va taxminiy ko‘rsatkichlar bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Reja va dasturlarning manzilliligi, islohotlarning samaradorligi bu boradagi maʼlumotlarning aniq va ishonchliligiga bog‘liq. Shu bois ham azaldan donolarimiz yetti o‘lchab, bir kesmoqni nasihat qilib keladi. Xalq maqoli esa yana ham hikmatli: sanamay, sakkiz demang!

 

Jondor tuman statistika bo‘limi boshlig‘i

Sh. Xodjayev

 

 

Tugmani bosing Tinglash