2021- yilning 1- yanvar holatiga faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) 24 971 ta bo'lib, shundan xususiy korxonalar soni 3 897 tani (15,6 foiz) tashkil qildi.
Xususiy korxonalar sonining yuqori ko'rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
• Buxoro shahri - 1260 ta
• G'ijduvon tumani - 417 ta
• Buxoro tumani - 398 ta
• Qorako'l tumani - 376 ta
• Olot tumani - 304 ta
✔️ Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
• savdoda - 1 557 ta
• sanoatda - 606 ta
• yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlarda - 423 ta
• qurilishda - 358 ta
• qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida - 223 ta
Axborot xizmati