Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1KG. SO‘MDA (2020-YIL 1- NOYABR HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4788
2 / 17
Guruch - 8497
3 / 17
Kartoshka - 3589
4 / 17
Karam - 1796
5 / 17
Pomidor -3615
6 / 17
Bodring - 4179
7 / 17
Sabzi - 2144
8 / 17
No‘shpiyoz - 1747
9 / 17
Olma - 8404
10 / 17
Mol go‘shti - 56163
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 52848
12 / 17
Tovuq go‘shti - 17647,3
13 / 17
Turli baliqlar - 22802
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3880
15 / 17
Sariyog‘ - 53734
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 10681
17 / 17
Tandir non (dona) - 2806

Joriy yilning 18- noyabr kuni Buxoro viloyat Romitan tuman hokimligi faollar zalida viloyat statistika boshqarmasi hamda tuman statistika bo’limi xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.
Tadbirda masala yuzasidan, boshqarmaning ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i M. Sharipov so‘zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi № 710- sonli qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish jarayonlaridagi mas'uliyatini yanada oshirish hamda 2020- yil 16- martdagi O‘zbekiston Respublikasining aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi 611- sonli Qonuni to‘g‘risida batafsil tushunchalar berdi.


Aholini ro'yxatga olish tadbiri keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo'lib turganligini inobatga olgan holda joylardagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berib o'tdi.


Shuningdek, o'quv-seminar qatnashchilari Aholini ro'yxatga olish varaqalari shakllari bilan tanishtirildi va ularni to'ldirish yo'riqnomasi bo'yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Tadbir so’ngida, aholini ro’yxatga olishga tayorgarlik jarayonlarini borishi to’g’risida istirokchilar tomonidan berilgan savollarga, ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi xodimlari tomonidan javoblar berib o’tildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash