Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1KG. SO‘MDA (2020-YIL 1- NOYABR HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4788
2 / 17
Guruch - 8497
3 / 17
Kartoshka - 3589
4 / 17
Karam - 1796
5 / 17
Pomidor -3615
6 / 17
Bodring - 4179
7 / 17
Sabzi - 2144
8 / 17
No‘shpiyoz - 1747
9 / 17
Olma - 8404
10 / 17
Mol go‘shti - 56163
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 52848
12 / 17
Tovuq go‘shti - 17647,3
13 / 17
Turli baliqlar - 22802
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3880
15 / 17
Sariyog‘ - 53734
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 10681
17 / 17
Tandir non (dona) - 2806

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon aholini roʼyxatga olish oʼtkazilmagan. Bu aholi soniga, yosh–jins tarkibiga keskin taʼsir koʼrsatgan oʼzgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy–demografik oʼziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud maʼlumotlarni qoʼllashni sezilarli darajada cheklamokda.

Shu maqsadda maʼlumki, joriy yil 16- martda Oʼzbekiston Respublikasining “Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi Qonun qabul qilindi. Qonunda aholini roʼyxatga olish Oʼzbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi toʼgʼrisidagi ishonchli maʼlumot, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish oʼrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʼrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanishi qayt etib oʼtilgan.

 

Shularni inobatga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabr sanasidagi № 710- sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, Davlat Statistika Qo’mitasi mutasaddi xodimlari hamda Buxoro viloyat statistika boshqarmasi «Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish» bo’limi xodimlari bilan birgalikda Viloyat Kadastr boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan sxematik xaritalar asosida joylarga chiqib o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu o’rganishlar 2023- yilda o’tkazilishi kutilayotgan “Aholini ro’yxatga olish” tadbirining ilk qadamlaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash