Shu bois 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 yil 14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida «Obod yurt» umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi”gi farmoyishi e'lon qilindi. Ushbu farmoyishga ko‘ra umumxalq hasharini ko‘tarinki kayfiyatda, har yilgidan ham o‘zgacha bir shukuh bilan o‘tkazish belgilab olindi.
Hashar, avvalo, inson qalbidan boshlanadigan, unga ezgulik, mehr- muhabbat urug‘ini qadaydigan xalqimizga xos qadriyatdir.
Hozirgi paytda hasharni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida barcha davlat hamda jamoat tashkilotlari tomonidan puxta hozirlik ko‘rilib yuqori darajada o‘tkazilmoqda. Jumladan, Buxoro viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ham umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishdi. Boshqarma hududidagi daraxtlarni oxaklash, turfa xil daraxtlar hamda gul ko‘chatlari o‘tqazish, mavjudlariga shakl berish ishlari bajarildi.
O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, boshqarma hovlisi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltrildi.