Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

 

Profilaktika ishlari olib borilayotgani sababli telefonlar faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz!

 

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1 KG. SO‘MDA (2020-YIL 1-IYUl HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4 672
2 / 17
Guruch - 8 026
3 / 17
Kartoshka - 3 949
4 / 17
Karam - 1 222
5 / 17
Pomidor - 3 286
6 / 17
Bodring - 2 656
7 / 17
Sabzi - 2 120
8 / 17
No‘shpiyoz - 1 364
9 / 17
Olma - 9 623
10 / 17
Mol go‘shti - 48 188
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 45 343
12 / 17
Tovuq go‘shti - 18 291
13 / 17
Turli baliqlar - 22 348
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3 767
15 / 17
Sariyog‘ - 51 314
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 7 992
17 / 17
Tandir non (dona) - 2 831


Shu bilan birga, mazkur sohalarga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5717-son, “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5718-son hamda 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmonlari qabul qilingan.

Yuqoridagi huquqiy-normativ hujjatlarga muvofik, fermer hamda dehqon xo‘jalikpari va tomorqa yer egalariga yanada kulay sharoitlar yaratilib, ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning eksportbop mahsulot yetishtirish bo‘yicha bilimini mustahkamlash, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga, shu bilan birga investitsiya iqlimini yaxshilashga alohida e’tibor karatilmokda.

Statistika organlari xodimlari tomonidan joylarga chiqqan holda tegishli tashkilot va idoralar hamda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning hisobot tuzish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslari ishtirokida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha davlat statistika hisobotlarini to‘ldirish va takdim etish tartibi to‘g‘risida muntazam ravishda o‘kuv-seminarlari hamda uchrashuvlar o‘tkazib kelinayotganligiga qaramasdan, hisobotlarning sifatsiz xato va kamchiliklar bilan to‘ldirib taqdim etilishi holatlariga to‘liq barham berilmayapti. Buning natijasida taqdim etilayotgan hisobot ma’lumotlarini statistika organlari tomonidan tahlil qilish va umumlashtirishda turli kiyinchiliklar va tushunmovchiliklar yuzaga kelmokda.

 

Ushbu mulohazalar, joylarda statistik axborotlarning hozirgi kundagi dolzarbligi va mohiyati, xo‘jalik sub'yektlari tomonidan statistika organlariga taqdim etilayotgan davlat statistika hisobotlari ma’lumotlarining holati, davlat statistika hisobotlarini to‘ldirish va takdim etish tartibi bo‘yicha yanada kengrok tushuntirishlar berish zarurligini takozo etmokda.

Kelgusida Buxoro viloyatining barcha sohalari bo‘yicha, jumladan qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, investitsiya sohalariga oid statistik ma’lumotlarining to‘liqligini va shaffofligini ta’minlash zarurligini hamda joylarda yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklar va turlicha yondashuvlarni bartaraf etish va bu yo‘nalishlarda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, Buxoro viloyati hokimining, shuningdek tuman va shahar hokimlarining mazkur masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tashkilot va idoralar, hisobot taqdim etuvchi sub'yektlar mas’ul mansabdor shaxslari uchun Davlat statistika qo‘mitasi rahbar xodimlari xamda Buxoro viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida 2019 yil 9 dekabr kuni Buxoro shahrida, shaxar hokimligi binosida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda, Davlat statistika qo‘mitasi vakillari tomonidan qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, investitsiya sohalariga oid statistik ko‘rsatkichlarning mohiyati bo‘yicha batafsil tushunchalar, davlat statistika hisobotlarining sifatli va to‘liq taqdim etilishi yuzasidan uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Jumladan, Davlat statistika boshqarmasi Investitsiyalar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D. Toshpulatova so‘zga chiqib investitsiya sohalariga oid statistik ko‘rsatkichlarning mohiyati bo‘yicha batafsil tushunchalar, davlat statistika hisobotlarining sifatli va to‘liq taqdim etilishi yuzasidan uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar berib o‘tdilar.

Keyingi o‘rinda Davlat statistika qo‘mitasining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sh. G‘ulomov so‘zga chiqib Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha davlat statistika hisobotlarining to‘g‘ri to‘ldirilishi, o‘z vaqtida, sifatli va haqqoniy taqdim etilishi masalalari yuzasidan ma’ruza qildilar.

Seminar-trening yakunida Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K. Gulboyev so‘zga chiqib kichik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan davlat statistika hisobotlarining to‘g‘ri to‘ldirilishi, o‘z vaqtida va haqqoniy taqdim etilishining ahamiyati to‘g‘risida ma’ruza qildilar.

Davlat statistika qo‘mitasi vakillari tomonidan seminar-trening jarayonida ishtirok etayotgan hisobot topshiruvchi xo‘jalik sub'yektlari raxbarlarida vujudga kelgan savollarga javob berib ularga qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, investitsiya sohalariga oid statistik ko‘rsatkichlarning mohiyati buyicha batafsil tushunchalar, davlat statistika hisobotlarining sifatli va to‘liq taqdim etilishi yuzasidan uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu seminar Buxoro viloyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yanada to‘liq va hakkoniy shakllantirilishiga, pirovardida ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini puxta va sifatli aks ettirilishiga mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash