2019 yilning 14 avgust kuni Buxoro viloyati hokimligi majlislar zalida O'zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655 sonli Farmoni yuzasidan Davlat stastistika qo'mitasi raisi o'rinbosari M.Ziyadullaev ishtirokida seminar yig'ilishi o'tkazildi.
Mazkur seminarda shahar va tuman hokimlarining birinchi o'rinbosarlari, statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, viloyat hududiy komissiya a'zolari ishtirok etdilar.
Seminarda ko'tarilgan masalalar yuzasidan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi, tegishli korxona va idora vakillariga kerakli tavsiyalar berildi.