Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 20 mart kuni Buxoro viloyatida Davlat statistika qo'mitasining sayyor Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 20 mart kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasining majlislar zalida Davlat statistika qo'mitasining navbatdagi sayyor Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Davlat statistika qo'mitasi Raisining ijtimoiy statistika bo'yicha o'rinbosari Ziyadullaev Maxmudjon Djurakulovich, Davlat statistika qo'mitasi mas'ul xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i Djumanazarov Ulug'bek Ochilovich, boshqarma boshlig'i o'rinbosarlari, boshqarmaning tarmoq hamda tuman va shahar statistika bo'limlari boshliqlari va mas'ul xodimlar ishtirok etdilar.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining 2019 yil I-yarim yillik ish rejasiga asosan Buxoro viloyati statistika boshqarmasi va tuman, shahar statistika bo'limlarida o'tkazilgan kompleks o'rganish natijalari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari muxokama qilindi.

Shuningdek, yig'ilish yakunida sayyor Hay'at yig'ilish qarori qabul qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi. Yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Buxoro viloyati statistika organlarida amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijrosini ta'minlash bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash