Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Buxoro viloyatida 2018 yilning 1 mart holatida jami 16037 ta korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Ushbu korxonalarning 1591 tasi qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi, 2373 tasi sanoat, 1558 tasi qurilish, 3529 tasi savdo, 1027 tasi tashish va saqlash, 999 tasi yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar, 206 tasi axborot va aloqa, 448 tasi sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish va 4306 tasi boshqa tarmoq sohalarida faoliyat ko'rsatmoqda. Viloyatda barcha faoliyat yuritayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning 13026 tasi kichik tadbirkorlik korxonalaridir.

Bundan tashqari, 2018 yilning 1 mart holatida Buxoro viloyatida  7978 ta fermer xo'jaligi va 2585 ta dehqon xo'jaliklari faoliyat ko'rsatmoqda.

2018 yilning yanvar-fevral oylarida 557 ta yangi korxonalar tashkil etildi. Tashkil etilgan sub'ektlarning 553 tasi kichik tadbirkorlik sub'ektlaridir.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash