2021- yilning 1- yanvar holatiga faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) 24 971 ta bo'lib, shundan xususiy korxonalar soni 3 897 tani (15,6 foiz) tashkil qildi.
Xususiy korxonalar sonining yuqori ko'rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
• Buxoro shahri - 1260 ta
• G'ijduvon tumani - 417 ta
• Buxoro tumani - 398 ta
• Qorako'l tumani - 376 ta
• Olot tumani - 304 ta
✔️ Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
• savdoda - 1 557 ta
• sanoatda - 606 ta
• yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlarda - 423 ta
• qurilishda - 358 ta
• qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida - 223 ta
Axborot xizmati
Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yil 1- yanvar holatiga viloyatimizda ro'yxatdan o'tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 308 tani tashkil etib, ulardan 298 tasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o'tgan yilning mos davriga nisbatan 24 taga oshgan.
Axborot xizmati
Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga ko'ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning soni 298 tani tashkil etmoqda. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 24 taga ko'p.
Axborot xizmati
2021- yilning 1- yanvar holatiga ko'ra, viloyatimizda jami 3 047 ta oilaviy korxonalar ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ulardan 2 867 tasi faoliyat yuritmoqda.
Axborot xizmati
Buxoro viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan joriy yilning 8- yanvar kuni Buxoro viloyati "Suv ta'minoti MChJ" korxonasida “Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari" mavzusida seminar o’tkazildi.
Tadbirda Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘lim bosh mutaxasisi Mahmudov Sirojiddin va Fattoyev Husenjon so‘zga chiqib 2020- yil 11- noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorning mazmuni va ijrosi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha Xalqaro davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma’lumot berishdi.
Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxasislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.
Axborot xizmati