Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 5 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasida
2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi farmoniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olish o’tkazilishi belgilandi.

Mamlakat,  uning  iqtisodiy  tumanlari  xalq  xo’jaligini  hududiy  tashkil  qilish  va  rivojlanishida aholini soni, tarkibi, takror barpo qilinishi rejasi, ishlab chiqarish malakalari, kabi ko’rsatkichlar katta ahamiyatga ega. Aholi ko’pgina xususiyatlariga ko’ra mamlakatning turli mintaqalarida bir-biridan farq qiladi. Aholining  takror  barpo  qilinishi  ko’rsatkichlari  yosh  va  jinsiy  tarkibi,  iqtisodiy  faol  aholining  xalq xo’jaligi  tarmoqlari  bo’yicha  taqsimlanishi,  aholining  hududiy  taqsimlanishi  bilan  xarakterlanadi. Aholi dinamikasi. O’zbekiston Respublikasining aholisi 2019 yil 1 yanvar holatida 33,2 mln kishidan  iborat.  aholisining  soniga  ko’ra  O’zbekiston  hamdo’stlik  mamlakatlar orasida Rossiya Federatsiyasi  va  Ukrainadan  keyin  3-o’rinda  turadi  aholini  son  jihatidan  o’sishi  (dinamikasi)  uning takror barpo qilinish jarayoni (tug’ulish, o’lim va tabiiy o’sish), hamda mexanik harakati (migratsiya) bilan chambarchas bog’liqdir. Bu jarayonning kelishiga aholi o’rtacha shakllangan murakkab tarixiy -ananaviy va ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlar ham katta tasir ko’rsatadi. O’zbekiston juda murakkab tarixiy rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Uning ko’hna tarixiy zamining gurkirab rivojlanishi va tanazzuli, jangu jadallar oqibati bo’lgan vayronalilar va ularning yaratuvchisi namunalari, madaniy yuksalish va siyosiy  qarashlar  davrini  demografik  va  migratsion  holatiga  kuchli  tasir  etdi.  1865  yilda  hozirgi O’zbekiston hududida, 3 mln 320 ming aholi yashagan. 1897 yilga kelib esa uning aholisining soni 3 mln  948  ming  kishiga  yetgan,  yani  32  yil  moboynida  19%  ko’paygan,  bu  davrda  aholining  o’sish darajasi atiga 0,55% ni tashkil etgan. 1913-1940 yillarda O’zbekiston aholisi yiliga 1,5% dan o’sib bordi.  Aholining  soni  jihatdan  o’sish  bosqichlarida  II-jahon  urushi  yillari  alohida  ajralib  turadi. urush  tufayli,  erkaklarning  uzoq  muddatga  oilasidan  tashqarida  qolishi,  joylarda  halok  bo’lishi, amalga  oshirilishi  lozim  bo’lgan  ko’plab  nikohlarning  kechiktirilishi,  aholining  jinsiy  tarkibining buzilishi  hollari  faqatgina  urush  yillaridagina  emas,  balki  undan  keyin  ham  ko’p  yillar  davomida aholining  demografik  tarkibiga  tasir  ko’rsatib  turadi.  Urush  yillarida  aholi  dinamikasida  chuqur uzilishlar kuzatilgan bo’lsada, undan keyingi yillarda, demografik statistikada rasman tan olinganidan, aholini to’ldirish davri demografik faolligi tufayli O’zbekistonda aholi soni nisbatan tez o’sdi. 1940-1959  yillarda aholining yillik o’sish suratlari 1,1%ni tashkil qildi. 1959 va 1970 yillarda o’tkazilgan aholi ro’yxatlari orqali u davrida O’zbekiston aholisining yillik o’sish suratlari 3,35% ni tashkil etdi, aholining umumiy soni esa 3,7mln kishi (45%) ko’paydi. Shu davrda O’zbekiston aholisining o’sish suratlari sobiq sovet davri aholisi o’sish suratlariga nisbatan 2,9 martaba yuqori bo’ldi. 1970 va 1979 yillarda o’tkazilgan aholi ro’yxatilari oraliq davrida O’zbekiston aholisining o’rtachi yillik o’sish surati 3%  ni  sobiq  sovet  davrida  0,9%  tashkil  etdi.  Garchi  60  yillardagi  tug’ilish  pasaygan  davr  avlodi tiklanish  (reproduktiv)  yoshga  kirgan  bo’lsada,  aholi  sonining  yuqori  suratlarda  o’sishi  80-yillarda ham  davom  etdi,  1979 va  1989  yillarda  o’tkazilgan  aholi  ro’yxati  malumotlariga  ko’ra,  keyingi  10-yilda O’zbekiston aholisi 4,5 mln kishiga ko’payib, uning o’rtacha yillik o’sish surati 2,6% ni tashkil etdi.  Bu  ko’rsatkich,  O’zbekistonda,  sobiq  sovet  davrining  boshqa  respublikalarida  va  jahonning deyarli barcha davlatlarida  aholining ko’payishi suratlarida kuzatilayotgan tabiiy sustlashish jarayoni sodir  bo’layotganidan  dalolat  beradi. 

Aholi  dinamikasi  malumotlari  shuni  ko’rsatadiki,  sovet hokimiyati  yillarida  O’zbekiston  aholisi  tez  ko’payib  bordi.  1926-199O  yillar  orasida  O’zbekiston aholisi 436,1% ko’paydi. Bu ko’rsatkich Tojikistondan keyin barcha hamdo’stlik davlatlari orasida eng yuqori ko’rsatkich hisoblanadi, yani sobiq sovet davrining ushbu davrdagi aholi ko’payish suratlariga nisbatan 2,2 marta ortiqdir. Aholi sonining o’sib borishi va ancha yuqori suratlar bilan o’sib borishi natijasida O’zbekistonning sobiq sovet davridagi bu salmog’i tobora ortib bordi. Masalan, 1926 yilda O’zbekistonning  sobiq  Ittifoq  aholisi  solmog’idagi  ulushi  3,1%  ni  tashkil  etgan  bo’lsa,  1940  yilda 3,4%ni, 1959 yilda 3.9%ni, 1970 yilda 4,9%ni , 1979 yilda 5,8% ni va 1989 yilda 6,9% ni tashkil qildi.O’zbekiston aholisining bunday yuqori suratlar bilan o’sishi asosan aholining tabiiy ko’payishi hisobiga  ro’y  bermoqda. 

 

 

 

 

                                                                                                                                                                                                                                                 Qishloq xo’jaligi va ekologiya  statistikasi bo’limi boshlig’I  Sh.Shodiyev

Tugmani bosing Tinglash