Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5-fevralda “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida” PF-5655 sonli farmoni imzolandi.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olish o'tkazilmagan. Aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin ta'sir ko'rsatgan o'zgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik o'ziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud ma'lumotlarni qo'llashni sezilarli darajada cheklamoqda.
Aholini ro'yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo'lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarni yig'ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e'lon qilishning yagona jarayonini o'z ichiga olib, aholi to'g'risidagi ma'lumotlarning asosiy manbai hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Aholini ro'yxatga olishni tashkil etish:
· Respublika darajasida;
· Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida;
· tumanlar va shaharlar darajasida amalga oshiriladi.
Aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha xalqaro tavsiyalar va xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish ishlari uch bosqichni o'z ichiga olib, ularning doirasida tadbirlar ham bosqichma-bosqich, ham bir vaqtning o'zida o'tkazilishi mumkin:
1. Birinchi bosqichda 3 yilga yaqin davrda;1. Ikkinchi bosqichda 10 kundan 60 kungacha bo'lgan davrda;
2. Uchinchi bosqichda 2 yildan 3 yilgacha bo'lgan davrda aholini ro'yxatga olish natijalarini e'lon qilish va tarqatish bilan tugaydi.
Aholini ro'yxatga olish natijalari rasmiy bosma mavzuli nashrlar ko'rinishida, shuningdek, elektron manbalarda (o'zbek, rus va ingliz tillarida), foydalanuvchilarning keng ommasi uchun ommabop nashrlarda (risolalar, press-relizlar, atlaslar, taqdimot materiallarida) e'lon qilinadi.

 


Qorako'l tuman statistika bo'limi.

Tugmani bosing Tinglash